67
Sergak turgin, charchama,
Ozod
yurtim bor deb ayt,
O‘zbekiston askari!
Yuzing yorug‘ bo‘lib qayt,
Ardoqlaydi Vatanni,
Faxr aylab bitgum bayt –
Bag‘ishlab jon-u tanni,
O‘zbekiston askari!
N. Hasanova
11-
topshiriq.
Berilgan maqollarni o‘qing va mazmunini so‘zlab
bering.
1. Adashganni yo‘lga solgan mard.
2. Aybiga
iqror mard kishi,
Yashirmoq qo‘rqoq ishi.
3. Yomon odam yovdan qochar,
Nomard odam siring ochar.
4. Yigitga mardlik yarashar.
5. Mard aytmas,
Aytsa qaytmas.
Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Vatan sarhadlari deganda nimani tushunasiz?
2. Vatan haqida 3 – 4 ta maqol topib yozing.
3. Hol deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
4. Vatan haqida qanday hikoyalarni yoki roman o‘qigansiz? Aytib
bering.
Uyga vazifa. „Harbiylar hayoti“ haqida kichik matn yarating.
http://eduportal.uz