A. S. Kushbakova (Samdchti, magistrant) O‘zbek- ingliz matnlarida pragmatikaning qo‘llanilishi annotatsiya
Download 54 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaqola pragmatika haqida 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
A.S.Kushbakova (SamDCHTI, magistrant) O‘ZBEK- INGLIZ MATNLARIDA PRAGMATIKANING QO‘LLANILISHI Annotatsiya. Tilshunoslikning pragmatika sohasi bo’yicha dunyo bo’ylab ko’pchilik tilshunos olimlar ilmiy ishlar olib borgan. Pragmatika ham tilshunoslikning boshqa bo’limlariga o’xshab muhim soha hisoblanadi. Ushbu maqola pragmatika atamasini yaqindan tushunishga yordam beradi va u bo’yicha ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi. Kalit so’zlar. Pragmatika, tilshunoslik, metod, xorijiy til, nutq, tarjima , til vositalari, matn, og'zaki nutq, presuppozitsiya. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng yurtimizda xorijiy tillarga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Chunki butun dunyo bo’ylab glaballashuv jarayoni, rivojlanishlar davri davom etadi. Shu sababdan muhtaram birinchi prezidentimiz I. A. Karimov shunday fikrlar bildirgan: “Bugun jahon hamjamiyatidan o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun chet ellik sheriklari bilan hamjamiyatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yoqdir. Yurtimizda olib borilayotgan islohatlarda «Mamlakatimizda bir necha xorijiy tillarni biluvchi zamonaviy kadrlar tayyorlash, xorijiy tillar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borish, til o‘rgatish metodologiyasini takomillashtirish» ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanishi jahonning rivojlangan mamlakatlarida ilm-fan va texnika sohalarining so‘ngi yutuqlaridan mamlakatimiz yoshlarini bohabar etishda adekvat tarjimalarni amalga oshirish va buning uchun tarjimashunoslik sohasiga doir ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish bugungi kunning muhim masalalaridan biri sifatida ko‘riladi. O‘zbek tilidan ingliz tiliga amalga oshiriladigan tarjima jarayoni, uning o‘ziga xos xususiyatlari, unda tarjimon ahamiyat berishi lozim bo‘lgan masalalar, tarjima jarayonida asliyatning pragmatik xususiyatlari va uni tarjimada qayta tiklashning o‘ziga xosliklari, ish faoliyatida tarjimonga engillik berishi mumkin bo‘lgan jihatlar va u yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldi olinadi. Har bir tarjima jarayonida ma’no kasb etuvchi gaplar va tagma’noga ega so‘zlar sifatida ikki bosqichdan o‘tadi. Shunday bo‘lsada toki nutq faoliyatining madaniyatlararo shakli mavjud emas ekan tarjimon uchun tarjimaning pragmatik muammolari ham mavjud bo‘ladi [1] Tilshunoslikning fan sifatida o‘rganish ob’ekti va predmetini aniqlash antik davrlardan beri falsafiy va metodologik nazariy muammo sifatida tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Mazkur muammoning murakkabligi tilning mohiyati ko‘pqirrali va rivojlanib boruvchi hodisa ekanligi bilan izohlanadi. Tilshunoslikning ko‘p asrlik tarixida tadqiqotchilar tomonidan tilning ichki qurilishini har tomonlama izchil izohlashga imkon beradigan nazariy mezonlar ishlab chiqilgan. Har qanday soha rivojlanishi uchun unga qiziquvchilar bo’lishi zarur. Qaysi sohada qiziquvchilar ko’p bo’lsa ana o’sha soha tez rivojlanishni boshlaydi. Shu tariqa pragmatika ham rivojlandi. “Pragmatika”- aslida yunoncha so’zdan olingan bo’lib “pragma, pragmatos – ish- harakat” degan ma’noni anglatadi. U tilshunoslikda belgilar tizimiga munosabatni o’rganuvchi fan sifatida kiritilgan. Dastlab pragmatika to’g’risidagi g’oyalarni amerikalik olimPirs tomonidan jamoatga taqdim etilgan. Shundan so’ng , yana bir mashhur amerikalik olim Ch. Morris shu g’oyani rivojlantiradi va pragmatika atamasini semiotika bo’limining nomi sifatida fanga olib kiradi. Pragmatika insonning ijtimoiy faoliyatini oʻzida qamrab oluvchi nutq jarayo-ni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon boʻladi. Lingvistik pragmatika aniq shakl, tashqi koʻrinishga ega emas; uning doirasiga soʻzlovchi subyekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi oʻzaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bogʻliq koʻplab masalalar kiradi. Masalan, nutq subʼekti bilan bogʻliq holda quyidagi masalalar oʻrganiladi: bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (biron-bir axborot yoki fikrni yetkazish, soʻroq, buyruq, iltimos, maslahat vaʼda berish, uzr soʻrash, tabriklash, shikoyat va boshqalar); nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, soʻzlashish qoidalari; soʻzlovchining maqsadv; soʻzlovchi tomonidan adresatning umumiy bilim jamgʻarmasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va boshqa hislatlariga baho berilishi; soʻzlovchining oʻzi bayon qilayotgan xabarga munosabati kabilar. Pragmatikada nutq adresati, oʻzaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan aloqa vaziyati singari omillar bilan bogʻliq holda ham koʻplab masalalar oʻrganiladi. Pragmatika gʻoyalari evristik (yoʻnaltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi, informatsion-qidiruv tizimlari va boshqalarni ishlab chiqishda qoʻllanadi. O’tgan asrdan boshlab o’zbek tilshunosligida ham pragmatika sohasida bir qancha ishlar olib borildi va hozirda ham A. Mahmudov, M. Hakimov, Sh. Safarov, J. Burhonov, U. Rahimov, D. Lutfullayeva kabi tilshunos olimlarimiz bu sohani rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shishmoqda. Sh.Safarov pragmalingvistikaga berilgan ta’riflarni umumlashtirib, tadqiqotchilarning bu boradagi asosiy g’oyalarini quyidagicha tasniflaydi: kommunikativ faoliyat tavsifining tayanch nuqtasi faoliyat tushunchasidir, lison muloqot ishtirokchilarining o‘zaro munosabatini harakatga keltiruvchi vositadir; M.Hakimov esa quydagicha ta’riflaydi: lisoniy faoliyat voqelanishi bevosita muloqot muhiti bilan bog’liq hodisadir. Sh.Safarov ta’kidlaydiki, lisoniy faoliyatning pragmatik xususiyatlari, bu xususiyatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni o‘rganish tilning ijtimoiy mohiyatini aniqlash uchun muhimdir. Bu lisoniy muloqotning ijtimoiy va ruhiy-psixologik qonuniyatlar bilan moslashgan holda ro‘yobga chiqishini va shu asnoda til tizimi rivojlanishini tasdiqlovchi dalillar topish imkonini beradi. Til tizimi taraqqiyotining boshlang‘ich nuqtasi (davri) pragmatikadan boshlanadi [2] Ma’lumki, bevosita muloqot muhiti, asosan, matnda o‘zining bor imkoniyatlari va xususiyatlarini namoyon etadi. Shunga ko‘ra lingvistik birliklarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish matn lingvistikasini chuqur o‘rganishni talab etadi. Zero, so‘zlovchining axborot uzatishdan maqsadi, tinglovchining axborotni qanday qabul qilganligini matnda yanada aniqroq bilishimiz mumkin. Bugungi kunda matnni tadqiq etish pragmalingvistika yo‘nalishiga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi bilan yanada avj oldi.[3] Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, bunday maqsad va mazmunning og‘zaki va yozma matnda verbal va noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Pragmatika til belgilarining nutqdagi harakatini o‘rganuvchi tilshunoslikning tadqiqot doirasidir. Lingvistik pragmatika aniq shaklga ega emas. Uning tarkibiga so‘zlovchi va tinglovchiga, ularning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabatiga bog‘liq masalalar majmui kiradi. Gapiruvchi shaxsning tinglovchi diqqat-e’tiborini tortish, ularga kommunikativ ta’sir qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini jalb qilish yoki aksincha, chalg‘itish, hayajonga solish, to‘lqinlashtirish, ishontirish yoki aldashga urinishida so‘zning, so‘z birikmasining ekspressiv-emotsional baholovchi konnotativ ma’nosini, ya’ni pragmatik ma’nosini tadqiq qilish ehtiyoji vujudga keldi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, bunday maqsad va mazmunning og‘zaki va yozma matnda verbal va noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi turlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Pragmatika til belgilarining nutqdagi harakatini o‘rganuvchi tilshunoslikning tadqiqot doirasidir. Lingvistik pragmatika aniq shaklga ega emas. Uning tarkibiga so‘zlovchi va tinglovchiga, ularning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabatiga bog‘liq masalalar majmui kiradi. Gapiruvchi shaxsning tinglovchi diqqat-e’tiborini tortish, ularga kommunikativ ta’sir qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini jalb qilish yoki aksincha, chalg‘itish, hayajonga solish, to‘lqinlashtirish, ishontirish yoki aldashga urinishida so‘zning, so‘z birikmasining ekspressiv-emotsional-baholovchi konnotativ ma’nosini, ya’ni pragmatik ma’nosini tadqiq qilish ehtiyoji vujudga keldi. Tarjima bu qayta yaratish san’ati, yuksak badiiy ijoddir, ijod bo‘lganda ham tarjima muallifidan izlanish, mehnat, sabr-toqat talab qiladigan, turli xil materiallar ustida mashaqqatli ish olib borishni talab qiladigan ijoddir.[4] Tarjima qilish jarayonida ikki holat ro‘y beradi, ya’ni birinchidan, tarjima qilish uchun o‘girilayotgan narsani tushunish, anglash va talqin qilish kerak. Bu hodisa ona tilida ro‘y beradi. Ikkinchidan, asar o‘girilayotgan tilda muvofiq ifoda vositalari, ya’ni so‘z, so‘z birikmasi, grammatik formalarni topish lozim. So‘zlovchi biror nutq yaratar ekan, u o‘zining bu faoliyati bilan qabul qiluvchiga (tinglovchi) qandaydir axborotni etkazishni, kechmishlarini bayon etishni, atrofimizda kechayotgan yangiliklarni etkazishni nazarda tutadi. Bu orqali so‘zlovchi retseptorga ma’lum ta’sir ham o‘tkazadi. Retseptorga nutq orqali ko‘rsatiladigan ta’sir pragmatik xususiyatlar orqali amalga oshiriladi. Pragmatik tadqiqotlarda asosiy e’tibor til birligining kontekst, nutq vaziyati, til egalarining voqelik haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari kabi nolisoniy omillar bilan bog’liq jihatiga qaratiladi. Hatto kishilar o‘rtasidagi munosabatni ifoda etuvchi nutqiy etiketlar, nutqning ijtimoiy xoslanishi, ifodaning subyektiv modal aspektiga aloqador kirish, baho bildiruvchi so‘z va vositalar, insonning ichki subyektiv ruhiyatini ifoda etuvchi diskurs hamda presuppozitsiya hodisasi ham pragmatikaning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Anglashiladiki, pragmatik tadqiqotlar til birligining nolisoniy omillar bilan bog’liq bevosita kuzatishda berilmagan imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi. Pragmatik tadqiqotlarning barcha til sathi birliklariga tatbiq etilishi til tizimi va uning birliklariga xos ko‘zga ko‘rinmas jihatlarni aniqlash imkonini tug’diradi. Hozirgi kunda o‘z tadqiq obyektiga ega fonopragmatika, mazmuniy nomuvofiqlik, morfopragmatika, leksopragmatika, sintaktik pragmatika yo‘nalishlari pragmatik xususiyatlarning barcha til sathi birliklarida namoyon bo‘lishidan dalolat beradi. Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling