A. samatov, I. B. Rustamova


Download 9.88 Mb.
Pdf просмотр
bet1/31
Sana05.12.2019
Hajmi9.88 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

G‘.A.  SAMATOV,  I.B.  RUSTAMOVA,
U.A.  SHERIPBAYEVA
QISHLOQ  XO'JALIGI 
IQTISODIYOTI  VA 
MENEJMENTI

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O'RTA  MAXSUS 
TA’LIM  VAZIRLIGI
G‘.  A.  SAMATOV,  I.B.  RUSTAMOVA , 
U.A.  SHERIPBAYEVA
QISHLOQ XO‘JALIGI 
IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI
O 'zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  о ‘rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi 
tomonidan  5620100  —  «Agrokimyo  va  agroturpoqshunoslik»  yo'nalishi  talabalari 
uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan
Cho ‘Ipon nomidagi nashriyot-matbaa  ijodiy uyi 
Toshkent  -  2012

УДК:  338.24:63(075) 
КВК  65.32уа73 
0 ‘-16
Taqrizchilar:
О. Murtazayev 
—  Samarqand  qishloq  xo'jaligi  instituti  «Qishloq  xo'jaligi 
iqtisodiyoti  va  boshqaruvi»  kafedrasi  mudiri,  iqtisod fanlari  doktori,
Т.К. Kushayev 
—  Toshkent  irrigatsiya  va  melioratsiya  instituti
 
«Suv 
xo'jaligini  boshqarish»  kafedrasi  dotsenti,  iqtisod fanlari  nomzodi.
Samatov,  G‘.  A.
O '-16 
Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti:  darsiik  / G ‘.A. 
Samatov, I.B. Rustamova, U.A. Sheripbayeva; O'zbekiston Respub­
likasi  Oliy va  o'rta  maxsus  ta’lim  vazirligi.  — Toshkent:  Cho'lpon 
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,  2012.  — 320 b.
ISBN 978-9943-05-506-3
1. Rustamova, I.B.
2.  Sheripbayeva,  U.A.
Darslikda  «Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti»  fanining 
ilmiy-uslubiy  asoslari,  agrosanoat  majmuasining  mamlakat  iqtisodivo- 
tining  ko‘p  tarm oqli  tizimidagi  o ‘rni,  qishloq  xo'jaligi  korxonalari 
faoliyatining tashkiliy iqtisodiy asoslari,  qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini 
bashorat  qilish  va  rejalashtirish,  qishloq  xo'jaligi  infratuzilmasi,  yer-suv 
resursiari,  mehnat  resursiari,  mehnat  bozori,  qishloq  xo'jaligining  mod­
diy-texnika  resursiari  va  ulardan  foydalanish  samaradorligi,  qishloq 
xo'jaligida shartnomaviy munosabatlarni  amalga oshirish asoslari,  qishloq 
xo'jaligini  rivojlantirishda  investitsiyalar  va  ularning  iqtisodiy  mohiyati, 
dehqonchilik,  chorvachilik tarmoqlari  iqtisodiyoti va boshqaruvi,  qishloq 
xo'jaligini  intensivlashtirishning  iqtisodiy  asoslari,  ijtimoiy  ishlab 
chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi,  qishloq xo'jaligi ishlab chiqari­
shining  samaradorligini  oshirish  yo'llari,  qishloq  xo'jaligi  yalpi  va tovar 
mahsulotlarini  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish,  qishloq  xo'jaligi 
ishlab  chiqarishini  joylashtirish,  ixtisoslashtirish  va  integratsiya jarayon­
larining  iqtisodiy  mohiyati,  qishloq  xo'jaligida  menejment  va  boshqa 
muhim  masalalar  yoritilgan.
ISBN 070  00,13  r' 1'  ''лл  э
УДК:  338.24:63(075) 
КВК 
65.32уа73
r o t - t  
и  Д  m a r
'|Т д а ‘.А.  Samatov,  I.B.  Rustamova.  U.A.  Sheripbayeva,  2012 
©   Cbajl  on  nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi,  2012

KIRISH
Mamlakatimiz  agrar  tarmog'ida  iqtisodiy  islohotlarning  amalga 
oshirilishi natijasida vujudga kelgan ko'p ukladli iqtisodiyot, eng awalo, 
xususiy mulkka asoslanuvchi fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojla­
nishi hamda iqtisodiy barqaror xo'jalik yuritish subyektlariga aylanishiga 
bog'liq  holda  rivojlanmoqda.  Chunki,  bozor  iqtisodiyotining  asosini 
ko'p  ukladli  iqtisodiyot  tashkil  etsa,  ko'p  ukladlilik,  o'z  navbatida, 
xususiy  mulk ustuvorligiga tayanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida qishloq xo'jaligi korxo­
nalari  faoliyatini  boshqarish  tizimini  takomillashtirishning  aharniyati 
ortib  bormoqda.
Ishlab  chiqaruvchilarning  maqsadi  —  moddiy  resurslar,  mehnat 
hamda  mablag'ni  oqilona,  tejamli  sarflab,  xaridorgir,  raqobatdosh 
mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga o'z vaqtida, sifatli 
holda yetkazib berish natijasida ko'proq foyda olishdir.  Bu maqsadlarga 
erishishda «Qishloq xo'jaligi  iqtisodiyoti va menejmenti» fanini chuqur 
o'rganish  zarur.  Chunki  qishloq  xo'jaligi  mutaxassislarining  iqtisodiy 
va  boshqaruv  masalalariga  tayyorgarlik  darajasiga  talab  to'xtovsiz 
ortmoqda.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani tarmoqda amalga 
oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining 
nazariy  asoslari,  yo'nalishlari  va  samaradorligini  mavjud  tadqiqot 
usullari  yordamida  o'rganish  orqali  talabalarda  tarmoq  iqtisodiyoti 
bo'yicha iqtisodiy mushohada yuritish, uni  rivojlantirishga oid muam- 
molarni  qo'yish,  hal  etish,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish, 
yo'nalishlarini  belgilab  berish,  ishlab  chiqarishni  to'g'ri  boshqarishni 
tashkil  etish  qobiliyatini  shakllantirib,  bozor iqtisodi  talablariga javob 
bera oladigan agrar soha mutaxassislari va  iqtisodchilarini tayyorlashga 
ko'maklashadi.
Bozor  iqtisodiyoti  tamoyillari  amal  qilayotgan  hozirgi  sharoitda 
turh  xo'jalik yuritish shakllarida faoUyat ko'rsatayotgan qishloq xo'jahgi
3

korxonalari o‘z faoliyatlarini intensiv yo‘nalishda tashkil etar ekanlar, 
ular,  albatta,  iqtisodiy  samaradorlik,  samara,  tannarx,  foyda,  inten­
sivlashtirish,  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish,  infratuzilma  tu- 
shunchalarining  mazmunini  aniq bilishlari  lozim  va bu  tushunchalar 
ular  faoliyatining  maqsadi  bilan  bevosita  bog‘liq.
Mazkur  darslikda  boshqaruv  subyektining  boshqaruv  obyektiga 
maqsadli  ta’sir o ‘tkazishining,  boshqaruvchining  o‘zi boshqarayotgan 
ishlab  chiqarish  jamoasida  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish!  uchun 
faoliyatini  muvofiqlashtirishini  ta’minlash  usullari  keltirilgan.
Menejment  usullari  vositasida  iqtisodiy  jarayonlarga  va  ishlab 
chiqarish  qatnashchilariga  moddiy,  moliyaviy,  energiya  va  mehnat 
resurslarini  imkoni  boricha kam  sarf qilib,  yuqori  natijalarga  erishish 
maqsadida ta ’sir  etiladi.  Ishlab  chiqarish  samaradorligi  ko‘p jihatdan 
boshqaruv usullari  mukammalligi va to‘g‘ri shakllanganligi bilan uzviy 
bog‘liqdir.
Fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining muhim elementi hisoblanadi. Bu boradagi asosiy vazifalami 
amalga  oshirishda  «Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti» 
darsligida  o‘z  ifodasini  topgan  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  va 
uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishida 
boshqaruv faoliyati va uning usullari,  qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 
iqtisodiy  samaradorligini oshirish  usullari,  qishloq  xo'jaligida yetish­
tirilgan mahsulot tannarxi va uni pasaytirish yo‘llari,  qishloq  xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini intensivlashtirish omillari,  dehqonchilik va chorva­
chilik  iqtisodiyoti,  uni  boshqaruvi  masalalari  ustuvor  ahamiyatga  ega 
bo‘lib,  darslik zamonaviy  qishloq xo‘jaligi  ishlab  chiqarishida faoliyat 
yuritadigan  bilimli  mutaxassislami  tayyorlashda va qishloq  xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini rivojlantirishda qishloq  xo‘jaligi iqtisodiyoti muam- 
molarini yechishda  dasturiy  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.
Agroiqtisodiy fanlarga bo‘lgan talab o‘zgarib borayotgan bir davrda 
«Qishloq  xo‘jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti»  darsligi  islohotlaming 
hozirgi  bosqichida  yuzaga  kelayotgan  muammolarni  hal  qilishga 
qaratilgan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini 
ilmiy  asoslash,  moddiy  resurslarni  tejashni  ta ’minlaydigan  yangi 
texnologiyalami  joriy  etish,  tuproq  unumdorligini  oshirish,  o'sim ­
liklarning  serhosil  navlarini  yaratish,  urug‘chilik  tizimini  takomil­
lashtirish,  zotli  chorva  mollarini  ko‘paytirish,  yer-suv  munosabatlari 
va  o‘simliklarni  himoya  qilishni  takomillashtirishning  samaradorligi 
. masalalarini  o‘zida  mujassamlashtirgan.
4

Darslik bakalavrlar,  magistrlar,  aspirantlar, o'qituvchilar va rahbar 
xodimlar uchun  mo'ljallangan.  Ushbu  darslikni  tayyorlashda  qishloq 
xo'jaligi  iqtisodiyoti va menejmenti bo'yicha  samarali ilmiy tadqiqot 
ishlarini 
olib borgan olimlardan -  R,  Husanov, B.Salimov, A.Qadirov, 
Ch.Murodov,  Q.Choriyev,  A.Abdug‘aniyev,  O'.Umrzoqov,  S.G'ulo- 
mov,  T.Farmonov,  A.Toshboyev  tadqiqotlari  natijalaridan,  mahalliy 
va  xorijiy  adabiyotlardan,  makroiqtisodiy  statistik  ko‘rsatkichlardan, 
qishloq  xo'jaligi  korxonalari  faoliyatining  natijalaridan  keng  foyda- 
lanilgan.
Mualliflar  darslik  bo'yicha  taklif,  mulohaza  va  tanqidiy  fikrlarni 
samimiyat  bilan  qabul  qiladilar.

1  bo‘lim.  «QISHLOQ  XO'JALIGI  IQTISODIYOTI  УА 
MENEJMENTI»  FANINING  NAZARIY,  USLUBIY  VA 
TASHKILIY  ASOSLARI
1-bob.  «QISHLOQ  XO‘JALIGI  IQTISODIYOTI  VA
MENEJMENTI» FANINING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1.  «QisMoq  xo'jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti» 
fanining  predmeti  va  vazifaiari
Fan va ishlab chiqarish Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muhim 
elementlari hisoblanadi.  Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quv-uslubiy, ilmiy- 
tadqiqot  va  ta ’lim  dasturlarining  rivojlanishini  hamda  fan  va  ishlab 
chiqarish integratsiyasi jarayonini zamonaviy bilim, g‘oyalarsiz tasawur 
qilib  bo‘lmaydi.
Bozor  munosabatlari  sharoitida  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishi 
munosabatlarining ilmiy asoslarini yaratish lozim bo'ladi. Hozirgi kunda 
qishloq  xo'jaligi  yangi  bosqichga  kirib  bormoqda.  Qishloq  xo'jaligi 
ishlab  chiqarishining  o'ziga  xos  qonuniyati  asosida  amalga  oshirilishi 
boshqarish jarayonlarini  ma’lum  qoidalarga  amal  qilgan  holda  olib 
borilishini talab  qiladi.  Qishloq xo'jaligi  sohasida  ilmiy  izlanishlar ohb 
borayotgan  olimlar,  amaliyotchilarning  maqsadi va vazifaiari  ana  shu 
qonuniyat,  qoida va  yo'nalishlami  aniqlab  borishga  qaratilgan.
Ishlab  chiqarish  kuchlari  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining 
ilmiy  asoslarini  yaratish  qishloq  xo'jaligini  rivojlantirishda  nihoyatda 
muhim  ahamiyat kasb  etadi.
Qishloq  xo'jaligida  talabga javob  beradigan  quyidagi  —  huquqiy, 
tashkiliy,  iqtisodiy va  ijtimoiy  munosabatlar tizimi  yaratildi,  ya’ni:
— mulkchilikning turli shakllari barpo etilishi natijasida erkin mulkiy 
munosabatlar vujudga keldi, tadbirkorlikning har xil turlarini yaratish
ularni  rivojlantirish  yo'llari  izlanmoqda,  yer-suv  islohotlari  amalga 
oshirilmoqda;
—  tarmoqning  cheklangan  ishlab  chiqarish  resursiari  (yer-suv, 
kapital, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni sotish,  daromad,  foyda va ulaming taqsim- 
lanishi, investitsiyalami jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq 
ishlab  chiqarishini  maqsadga  muvofiq  joylashtirish,  ixtisoslashtirish 
hamda agrosanoat integratsiyasini xalqaro munosabatlar asosida tashkil
6

etish  bilan  bog'liq  bo‘lgan  iqtisodiy  munosabatlar  tizimi  yaratilib, 
ular takomillashtirilmoqda.
Yuqorida  ta’kidlangan  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini yaratishda 
qishloq  xo'jaligining  o'ziga  xos  xususiyatlarini  e’tiborga  olgan  holda 
tabiiy ,  ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan 
oqilona  foydalanish  taqozo  etiladi.
Qishloq xo'jaligining  barqaror iqtisodiy  asosini,  takror ishlab 
chiqarish  jarayonini  rivojlantirishni  ta ’minlaydigan  iqtisodiy 
munosabatlar  tizimini  yaratish,  ularni  hayotga  joriy  etish 
masalalarini,  y o ‘llarini  o ‘rganish,  qishloq  xo ja lig i  ishlab 
chiqarishini ilmiy  me ’yorlar doirasida  boshqarish  va  boshqarishni 
tashkil etish «Qishloq xojaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining 
predmeti  hisoblanadi.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani kishilaming  ishlab 
chiqarish  munosabatlarini  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  bilan  o'zaro 
aloqalarini, bog'liqligini o'rganadi, shu bilan birga iqtisodiy qonunlaming 
harakat qilish mexanizmini va ulaming namoyon bo'lish shakllarini yaratish, 
ulardan samaraii foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. U jamiyatning 
rivojlanishi va o'zgarishidagi qonuniyatlami, ulaming shakllarini o'igangan 
holda  voqea-hodisalami  birgalikda,  o'zaro  aloqadorlikda  va  sabab- 
oqibatda aks ettiruvchi tushunchalar,  ya’ni iqtisodiy qonunlarga tayangan 
holda qishloq xo'jalik iqtisodiyotini aniq sharoitda harakati yo'nalishlarini 
yoritadi.  Xo'jaliklarda  ulardan  samaraii  foydalanishning  iqtisodiy 
ko'rsatkichlarini hisoblash usullarini  ishlab  chiqadi.
Qishloq  xo'jaligida  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlaridagi  kabi 
kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish,  jamg'arish,  qiymat,  talab  va 
taklif,  pul  muomalasi,  mehnat  unumdorligining  o'sib  borishi  kabi 
obyektiv iqtisodiy qonunlar tizimi  amal  qiladi  (1.1-rasm).
Г  Takror ishlab 

chiqarish
Qiymat
{
 
Pui

r------------------- ^
Iqtisodiy
\
^  muomalasi  ,
V
/
qonunlar tizimi
7
Jamg'arish
Talab va taklif
f
 
Mehnat 
^  unumdorligi
1.1-rasm.  Iqtisodiy qonunlar tizimi.
7

«Qishloq  xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani qishloq xo'jaligi 
taimog'ida  qo'llaruladigan  mashinalar tizimi,  agrotexnika,  meliorativ 
va boshqa tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini oshirishni, tarmoqdagi 
boshqaruv faoliyatlarini takomillashtirish yo'llarini  hamda tarmoqdagi 
ishlab chiqarish munosabatlarini  moddiy ishlab chiqarishning boshqa 
sohalari  bilan  bog'liqligini  o'rganadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligi korxonalarini,  jum ­
ladan,  fermer xo'jaliklarini  boshqarish  eng  mas’uliyatli  va  murakkab 
vazifadir.  Hozirgi paytda qishloq xo'jaligi  tez rivojlanayotgan tarmoq- 
lardan  biri  bo'lib,  to'g'ri  boshqarish butun  iqtisodiy  tizimning  ishlab 
turishi  uchun  o'ziga xos  mas’uliyat  hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarining faoliyat doirasining kengligi xo'ja­
lik  faoliyatini  uzluksiz  kuzatib  borishni  talab  qiladi.  Shuning  uchun 
ham  qishloq xo'jaligi korxonalarini axborotlar texnologiyasi,  iqtisodiy 
matematik  usullar  va  kompyuterlar  yordamida  boshqarishni  tashkil 
etish tobora  ko'proq  ahamiyat kasb  etadi.
Qishloq  xo'jaligi  korxonalarini  umumiy  ilmiy  nazariya  asosida 
boshqarish,  uning qonuniyatlarini chuqur tadqiq qilish, boshqarishning 
samarali  texnik  vositalarini  yaratish,  boshqarish  faoliyatini  takomil- 
lashtirishning yangi imkoniyatlarini  aniqlaydi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarini boshqarish  tizimi:
  boshqarilayotgan  obyektlar holati  haqida  axborot  olish  va tahlil 
qilish;
•  boshqarish  bo'yicha  qarorlar  qabul  qilish;
•  obyektlarga  boshqaruv  ta ’sirlarini  o'tkazish;
•  obyektlaming yangi holati haqida  axborot  olish  va tahlil qilish.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko'p jihatdan menejment  usullarining 
mukammalligi  va  to 'g 'r i  shakllanganligi  bilan  uzviy  bog'liqdir. 
Menejment usullari bu — boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga 
maqsadli  yo'naltirilgan  ta ’sir  o'tkazish  usullari  bo'lib,  ya’ni  uning 
vazifasi  boshqaruvning  ishlab  chiqarish  jamoasi  oldiga  qo'yilgan 
maqsadlami  muvofiqlashtirishni  ta ’minlashdan  iboratdir.
Boshqaruv usullari  «Qishloq xo'jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti» 
fanida  muhim  o'rinni  egallab,  boshqaruvning  qonun  va  tamoyillari 
bilan  uzviy  bog'liqdir.  Mehnat jamoasiga  ta ’sir  etish  usullari  orasida 
boshqaruv  mexanizmi  uchun  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  boshqa­
ruvning  obyektiv  qonunlari  talablariga  muvofiq  keluvchilarigina  eng 
maqbul  va  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblanadi.  Buning  mohiyati

shundaki,  boshqaruv  usullari  bozor  iqtisodiyotiga  mansub  qonunlar 
tizimi  bilan  uzviy  bog‘liqdir.
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta ’sirida o‘zgaradi, ya’ni: 
yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish 
konsentratsiyasini  amalga  oshirish;  korxona  salohiyatining  o‘zgarishi 
natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o'tkazilishi; ishlab chiqarishni 
ixtisoslashish darajasining o'zgarishi; mehnatning texnika bilan ta’min- 
lanish  darajasining  yaxshilanishi;  ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  va 
jadal  tartibga  solishning  mavjud  usullarini  takomillashtirish  hamda 
yangilarini  joriy  qilish  (tarmoqli  rejalashtirish  va  boshqarish;  ishlab 
chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni 
avtomatlashtirilgan tizimini qo'llash va h.k.)ni kiritish mumkin.  Bosh­
qaruv  usullari  bevosita  ijtimoy-iqtisodiy  munosabatlarga  ta ’sir  etuv- 
chi  ishlab  chiqarish  usulining  rivojlanishi  va jamiyat  ishlab  chiqarish 
kuchlarining  o'sishi bilan  o'zgarib  boradi.

•  qishloq xo'jaligi ishlab  chiqarishida cheklangan yer-suv,  mehnat 
resurslari,  investisiyalar  va  ulardan  tadbirkorlik  bilan  samaraii 
foydalanishni;
•  qishloq  xo'jaligining  respublika  iqtisodiyotidagi  o 'm i  va  aha- 
miyatini;
•  agrar-iqtisodiy  islohotlar,  ularni  rivojlantirish yo'llarini;
•  qishloq  xo'jaligida  faoliyat  ko'rsatayotgan  korxonalar,  ularning 
ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  ular  faoliyatini  takomillashtirish 
yo'llarini;
•  qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida  ishlab chiqarish  xarajatiari, 
ulaming  tarkibi va kamaytirish yo'llarini;
•  qishloq  xo'jaligini  erkin  bozor  iqtisodiyoti  talablari  asosida 
boshqarishni  barpo  etish,  takomillashtirishni;
• yetishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, raqobatbardoshligini 
oshirish yo'llarini;
•  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishida  iqtisodiy  munosabatlami 
amalga  oshirishda  foydalanilayotgan  baholar  tizimini;
• qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida  daromad va foydani aniqlash
ularni  oqilona  taqsimlash  yo'llarini;
•  qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishining  qay  darajada  ixtisoslash- 
ganligini,  joylashganligini  hamda  ichki  va  tashqi  integratsiyalash- 
ganligini;
9

•  ishlab  chiqarish vositalarini  qayerdan,  qanday  qilib  sotib  olish 
hamda  yetishtirilgan  mahsulotlarni  qachon,  kimga,  qanday  tartibda 
sotish va bu jarayonlami boshqarish yo‘llari hamda  boshqa masalalami 
o'rganish.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti  va menejmenti» fanining vazifaiari:
•  ilg'or qishloq xo'jalik korxonalarining  erishgan  yutuqlarini  chu- 
qur o'rganish  va ularni boshqa xo'jaliklarga joriy qilish uchun tavsiya 
etish;
•  ekin  maydonlari  birligi  hisobiga  ko'proq  va  arzonroq  mahsulot 
yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab  chiqarishni joriy  qilish 
imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish mahsulot ishlab chiqarish sur’atini 
tezlashtirishga,  jamg‘arma  miqdori  va  kapital  sarflar  samaradorligini 
oshirishga,  ishlab  chiqarishni ratsional tashkil etish va mehnat unum- 
dorligini  oshirishga  bevosita  bog'liqdir.  Bu  masalalami  hal  qilishda 
«Qishloq xo'jalik iqtisodiyoti va menejmenti» fanining vazifasi jamg'ar- 
ma  samaradorligini,  mehnat  unumdorligini  oshirish  va  shu  asosda 
ishlab chiqarish sur’atini yuksaltirish, ishlab chiqarish quwatidan to'la 
foydalanishga  erishish yo'llarini ko'rsatib  berishdir.
1.2.  «Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti  va  menejmenti» 
fanini  o ‘rganish  usullari
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani o'zining maqsad 
va  asosiy  vazifalarini  hal  etishda,  barcha  iqtisodiy  munosabatlarni 
o'rganishda  bir  qator  tadqiqot  usullaridan  foydalanadi.
Fan  barcha  iqtisodiy  munosabatlarni  dialetik  qonuniyatlarga 
asoslanib,  emperik  holda  tadqiq  etadi.
Bu  uslub  hodisalarni  bir-biridan  ajratmasdan  ularni  bir-biriga 
bog'lab  o'rganadi.  U  hodisalarni  to'xtovsiz  harakatda,  o‘zgarishda, 
yangilanishda  va  rivojlanishda,  shuningdek,  miqdor  o'zgarishJardan 
sifat  o'zgarishlariga aylanishida o'rganadi.  Quyidan yuqoriga harakat, 
qarama-qarshiliklar  birligi  va  kurashi  nuqtayi  nazaridan  o'rganadi. 
Amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  voqealarni  induktiv  hamda  deduktiv 
usullarga asosan o'rganib,  iqtisodiy mushohada qilish hamda «analiz», 
«sintez»  usullaridan  keng  ko'lamda  foydalaniladi.
10

Qishloq  xo'jaligi  iqtisodiyoti  va  boshqaruvi  masalalari  bilan  shu- 
g'ullanuvchi  iqtisodchilar iqtisodiy  muammolar hal  etilishini  ta’min- 
laydigan  siyosatning  iqtisodiy  tamoyillarini,  mexanizmlarini  ilmiy 
jihatdan asoslagan holda shakllantirib borishlari lozim.  Buning uchun 
dastawal har bir muammoga taalluqli bo'lgan  ilmiy,  uslubiy,  statistik 
ma’lumotlami, misollarni to'plab,  ularni turli usullar yordamida tahlil 
qihshlari,  shu  asosda  har  bir  iqtisodiy  tamoyilga,  mexanizmga  ta’sir 
etuvchi omillami real xo'jaliklar, tarmoqlar miqyosida aniqlashlari kerak.
Tahlil qilish => hodisaning har bir qismini alohida batafsil o'rganish, 
ular  orasidagi  bog'lanishlami tadqiq  qilish  maqsadida  ularni  tarkibiy 
qismlarga  ajratishdir.  Tahlil  qilish  ilmiy bilishning  eng  asosiy va ko'p 
tarqalgan  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Uning  asosiy  vazifasi  ishlab 
chiqarish tarmog'idagi  chuqur jarayonlami va xususiyatlami ko'rsatib 
berishdan  iborat.
Tahlil usuli =>  ilmiy o'rganish usuli bo'lib, bunda tadqiqot obyekti 
xayolan ayrim bo'laklarga bo'linadi yoki obyektning belgi va xossalari 
ayrim o'rganish uchun ajratiladi. Tahlil ayrim elementlaming mohiyati 
va  ular  orasidagi  bog'liqliklami  aniqlashga  imkon  yaratadi.
Tahlil qilishning  asosiy usuli — xo'jalikning bir necha yil davomi- 
dagi ko'rsatkichlarini, biror korxonaning va teng tabiiy iqtisodiy sharoit- 
larda  eng  yaxshi  natijalarga  erishgan  ilg'or  xo'jaliklaming  hisobot  va 
reja  m a’lumotlarini  dinamik  ravishda  taqqoslashdir.  Ayrim  omillar 
o'rtasidagi bog'lanishni va o'zaro aloqalarni, muhim masalalarni belgi- 
lash zarur bo'lib, ulaming hal qilinishi umuman muammoni yechimini 
topishning  muvaffaqiyatini  oldindan  aniqlab  beradi.  Xo'jalikning 
faoliyatini tahlil  qilishda yillik va chorak hisobotlari,  yig'ma hisobot- 
larga  oid  ma’lumotlar va boshlang'ich  ma’lumotlardan  foydaianiiadi. 
Tahlil qilish ishlab chiqarishning kamchiliklarini ochib berish, xo'jalik­
ning  moliyaviy  faoliyatini  yaxshilashning  asosiy  yo'llarini  belgilash 
imkonini beradi.
Sintez usuli => fanning ilmiy tadqiqot usuli bo'lib,  obyektni tashkil 
etgan  bo'laklari  va  unga  xos  alomatlari  bilan  bir-biriga  bog'langan 
holda  va bir butun  holda  tekshirishga  imkon  beradi.
Sintez  usuli,  asosan,  murakkab  silsilalarni  tadqiqot  etishda  uning 
ayrim  asosiy bo'laklari tahlil  qilinganidan  keyin  qo'llaniladi.
Tahlil va  sintez bir-biri bilan  chambarchas bog'liqdir va ular bir- 
birlarini  to'ldiradilar.
Ilmiy  abstraksiyalash.  =>  Abstraksiya  usuli  diqqatni  hodisa  yoki 
voqeaning  asosiy  xossalariga  jalb  qilib,  ikkinchi  darajali  xossalarini



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling