A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


MAVZU 16. O‘QUV USTAXONALARIDA MASHG‘ULOTLARNI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
MAVZU 16. O‘QUV USTAXONALARIDA MASHG‘ULOTLARNI
TASHKIL ETISH. 
 
 
 
 
 
 
16.1. O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari, o‘qituvchi 
va o‘quvchilarning o‘quv ustaxonasidagi ish o‘rni, asbob 
uskunalar, moslamalar ularni saqlash va unga qo‘yiladigan 
talablar. 
Tayanch so‘z va iboralar:
O‘quv ustaxonalari, tajribalar o‘tkazish xonalari, jihozlar, asboblarning 
tuzilishi, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, himoya vositalarini, baxtsiz 
hodisa, elektr sxemalari, ish o‘rinlari, yonish o‘chog‘i, chang tutqich qurilmalari.
O‘quv ustaxonalarida
xavfsizlik texnikasi qoidalariga e`tibor berish, ish 
o‘rinlarida mikroiqlim sharoitlarini aniqlash va o‘lchash usullarini hamda o‘lchov 
asboblarini to`g`ri tuzish va ishlash tamoyillarini, o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
o‘quv ustaxonasidagi ish o‘rni, asbob uskunalar, moslamalar ularni saqlash va 
unga qo‘yiladigan talablarni to`g`ri o‘rganish, shu bilan birga binolarda va ish 
o‘rinlarini yoritilganligini o‘lchash va tahlil qilish, ish o‘rinlarida shovqin va 
titrashni tahlil qilish, uni o‘lchash, elektr xavfsizligi bo‘yicha tahlillar va yong‘in 
 
 
O’quv maqsadi 
O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari, 
o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarga kasb-hunar 
o‘rgatishni tashkil qilish usullariga oid 
ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish


219 
xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar bilan tanishish va ishlash pritsiplarini 
o‘rganish asosiy vazifalardan biridir. 
Usta xona ishlarini bajarishda, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining tajribalar 
o‘tkazish xonalarida, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv ustaxonasidagi ish 
o‘rinlarida va usta xona binolarida, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi 
bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tgandan keyingina talaba - o‘quvchilarga mustaqil 
mashg‘ulotlarni bajarishga ruxsat etiladi.
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan 
o‘tganligi to‘g‘risida talaba - o‘quvchilar va yo‘l-yo‘riqni o‘tkazishga tashkilotning 
mas’ul shaxsi, “yo‘l-yo‘riqdan o‘tganligi to‘g‘risida qaydnoma daftari”ga qayd 
etilishi va imzolanishi shart. 
Navbatdagi ustaxona ishini bajarishda o‘quvchi jihozlarni, asboblarni tuzilishi 
va ulardan foydalanish bilan tanishib, usta xona ishini bajarishga huquq beruvchi, 
bilimlari bo‘yicha navbatdagi nazoratdan o‘tgandan keyingina kirishishi mumkin. 
Usta xona qurilmalarida ishlarni bajarish jarayonida quyidagi xavfli va zararli 
ishlab chiqarish omillari vujudga kelishi mumkin:
- elektr qurilmani yuqori kuchlanish bilan ta’minlanishi; 
- havoning changlanishi; 
- zaharli gazlarni ajralishi; 
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi yorug‘lik bilan ko‘zni ko‘rishiga zararli ta’sir 
etishi; 
- yuqori sathli shovqin va tebranishlar; 
- ochiq alanga, portlash xavfi va boshqalar.
Usta xona qurilmalari va tajriba o‘tkazish xonalarida xavfli va zararli ishlab 
chiqarish omillarini xavfsiz ko‘rsatkichlariga keltirish uchun quyidagi himoya 
vositalarini ko‘zda tutish lozim bo‘ladi:
- nol o‘tkazgich va elektr qurilmani avtomatik o‘chirish; 
- chang, gaz ajralib chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetiza-siyalash);
- yong‘inga qarshi kurash texnik vositalari; 
- so‘ruvchi umum havo almashtiruvchi shamollatgich; 


220 
- yorug‘likdan himoya ekrani;
- tovushdan himoyalovchi (izolyatsiyalovchi);
- shovqin kamerasi. 
Usta xona xonasida qo‘yidagilar bo‘lishi shart: 
- tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori qutisi (aptechka) bilan ta’min-langan 
(jihozlangan) bo‘lishi; 
- usta xona xonasining har 50 m
2
maydoni hisobidan bitta o‘t o‘chirgich OU-
5 bo‘lishi; 
- xonaga avtomatik yong‘in xabarchilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 
Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda talaba - o‘quvchi jabrlangan kishiga birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart. Usta xona ishini 
bajarish jarayonida mehnat muhofazasi qoidalari buzilgan taqdirda talaba - 
o‘quvchilar javobgardirlar.  
Barcha nazarda tutilgan himoya vositalari va o‘t o‘chirgichlarni mavjudligi 
va ishga yaroqliligini tekshirish lozim. 
Ish joyida elektr qurilmalarni ajratib ulagichiga va tajriba xonasidagi umum-
elektro-rubilnikka (elektro ajratgichga) ulanishga imkoni bor, yo‘qligini tekshirish 
lozim. 
Ishga aloqador bo‘lmagan asboblar va ish joyidagi ortiqcha predmetlarni 
yig‘ishtirib olinganligini tekshiring.  
Usta xona darslarida professor - o‘qituvchilarning topshirig‘ini yoki tajriba 
(eksperiment) dasturida ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish lozim.
Faqatgina soz tajriba qurilmasi, o‘lchov asboblari va uskunalar bilan ishlashga 
ruxsat etiladi.
Elektr sxemalarini yig‘ish (o‘rnatish) faqat belgilangan elektr jihozlarida 
o‘tkaziladi.
Tok o‘tkazuvchi simlarni ulashda (biriktirishda) uning sirti ishonchli 
izolyatsiyalangan 
(himoyalangan), 
ularning 
uchlari 
yaxshi 
(mustahkam) 
kavsharlangan bo‘lishi shart.


221 
Elektr jihozlar yerga ulangan yoki nol o‘tkazgichga ulangan taqdirdagina 
ularga kuchlanishni uzatish mumkin. 
Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun qo‘l bilan klemmaga 
(o‘tkazgich) va boshqa tok o‘tkazuvchi detallarga tegish taqiqlanadi. 
Faza nol tugunlarida qarshilikni o‘lchash dielektrik qo‘lqopda, rezina
gilamchada yoki dielektrik oyoq kiyimlari o‘tkaziladi. 
Agarda asboblar, jihozlar ishlayotganida biror bir nosozliklar vujudga kelsa,
tezda ular o‘chiriladi (ishdan to‘xtatiladi).
Usta xona xonasidagi ko‘rgazmali boksni ya’ni idishni havo - mexanik ko‘pik 
mahsulotlari bilan ¾ hajmdan ko‘p bo‘lmagan holda to‘ldirish talab qilinadi. 
Usta xonadagi ish o‘rinlarida yong‘in chiqadigan holatni vujudga kelishining 
oldini olish uchun chekish, ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.
Yong‘inni o‘chirish jarayoni bo‘yicha usta xona ishini, tajriba xonasidan 
tashqarida ochiq maydonlarda o‘tkazish tavsiya etiladi. 
Elektr qurilmasining qobig‘iga kuchlanish paydo bo‘lganligi sezilsa, tezda 
uni tokdan ajratish lozim.
Bu to‘g‘rida esa professor - o‘qituvchiga tezda xabar berish talab qilinadi. 
Yonish o‘chog‘idagi olovni o‘chirishda o‘t o‘chirish vositasi ishlamay qolgan 
holatda, tezda olovni o‘chirish uchun, yonish kamerasining qopqog‘ini bekitish 
bilan amalga oshiriladi. 
Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatiladi.
Asboblar, jihozlar elektr ta’minotidan ajratiladi (o‘chiriladi).
Ish joyi tartibga keltirilib, ma’lumotnomalar, uslubiy va boshqa adabiyotlar, 
asboblar, uskunalar professor - o‘qituvchiga yoki laborantga topshiriladi. 
Ish joyining harorati, atmosfera bosimi, nisbiy namligi va havoning 
harakatlanish tezligi aniqlanadi. 
O‘quv ustaxonalarida havoni changdan tozalash uchun har xil chang tutqich 
qurilmalaridan foydalaniladi. Ularning ish uslubi, ko‘rinishi, o‘lchamlari va 
changni tutish imkoniyatlari ham turlicha. Shuning uchun changni fizik 


222 
o‘lchamlari va kimyoviy xususiyatlariga qarab kerakli chang tutqich qurilmasi 
tanlab olinadi. 
O‘quv ustaxonalarida foydalanish uchun tavsiya qilingan chang tutqich 
qurilmalarni tozalash darajasi bo‘yicha dag‘al va mayin tozalagichlarga ajratiladi. 
Ish joylarining yoritilganlik me’yorlari va yoritilganlikni aniqlovchi asboblar 
bilan tanishish, ish joylari yoritilganligini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar 
hosil qilish lozim. 
Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini yoritish sun’iy va tabiiy usulda 
amalga oshiriladi. Ish joylarini sun’iy yoritishning asosiy ko‘rsatkichlariga 
yoritilganlik, yorug‘lik oqimi, yorug‘lik kuchi, ravshanlilik, yorug‘likni yutish, 
qaytarish, o‘tkazish koeffitsientlari, yoritilganlikni pulsatsiya va notekislik 
koeffitsienti, fon, kontrast kabilar kiradi. Tabiiy yoritilganlik esa, tabiiy 
yoritilganlik koeffitsienti bilan baholanadi. Yoritilganlikning me’yoriy miqdori 
ishning turiga va ish razryadiga bog‘liq holda belgilanadi.
Yuqori xavfli xonalar unda quyidagi sharoitlardan birining mavjudligi bilan
xarakterlanadi: 
-tok o‘tkazuvchi pollar (metall, tuproq, beton); 
-namlik (havoning nisbiy namligi) 75% dan yuqori yoki tok o‘tkazuvchi 
changlar; 
-havo haroratining yuqoriligi (+30
0
S dan yuqori); 
-ishchilarni bir vaqtda elektr uskunasining metall korpusiga va binoning 
yerga biriktirilgan metall konstruksiyalariga va uskunalarga tegishi mumkinligi. 
-havoning nisbiy namligi 100 % ga yaqin; 
-kimyoviy aktiv muhitlar (kislota va ishqorlar bug‘lari); 
-bir vaqtda yuqori xavfli xonalar uchun ko‘zda tutilgan sharoitlardan ikki 
yoki undan ortig‘ini mavjudligi; 
Bu kategoriyalarga xonadan tashqarida, ochiq maydonda ishlatilayotgan 
elektr qurilmasini ham tenglashtirish mumkin. 
Yuqori xavfli bo‘lmagan xonalarga yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalardagi 
sharoit belgilari bo‘lmagan xonalarni kiritish mumkin. 


223 
Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish xonalari yuqori xavfli xonalarga 
(poli tuproqli xonalar) yoki o‘ta xavfli (molxonalar, chuchqaxonalar, issiqxonalar 
va boshqalar) xonalarga bo‘linadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling