A nomi sinfning getValue metodi bor bo’lib, u sinfdagi value nomli butun maydon qiymatini qaytaradi. B sinf A dan voris olingan va uning getValue nomli methodi value nomli maydonni qiymatini ikkiga ko’payganini qaytaradi. A va B sinflarni yarating.
A nomi sinfning setValue nomli metodi bo’lib, u butun yoki haqiqiy son qabul qila oladi. Uning show nomli metodi esa setValue metodi ishlatilgan bo’lsa qanday turdagi son(butun yoki haqiqiy) berilganini habar beradi, agar ishlatilmagan bo’lsa ishlatilmagan degan ma’nodagi habar chiqaradi.
Convertor nomli sinfling kurs nomli maydoni orqali 1 dollarni so’mdagi qiymati o’rnatiladi. Uning getSum metodiga argument sifatida dollar beriladi va uni qaytaradigan qiymati so’mda bo’ladi, getDollar metodi esa aksincha ishlaydi. Kurs maydoni sinfning biror obyekti orqali o’zgartirilsa, hamma obyektlariga o’zgarish ta’sir qilsin.
A sinfning obyektining getIndex() metodi orqali bu obyekt A sinfdan nechinchi olingan obyekt ekanini bilish imkoni bo’lsin.
A va B bir-biridan voris olinmagan sinf bo’lib, A ning setParent metodi B ning obyektini qabul qila oladi. B ning getChildCount() metodi orqali shu obyekt nechta marta A ning obyektlari orqali setParent qilinganini qaytaradi. A ning bir obyekti uchun setParent bir marta chaqiriladi deb hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |