A. Smit va hozirgi zamon. D. Rikardo taʻlimotining ahamiyati Reja 1A. Smitning iqtisodiy qarashlari D. Rikardo ta’limotining tarixiy ahamiyati


Download 90.41 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi90.41 Kb.
#1538087
1   2   3   4   5
Bog'liq
iqtisodiyot

Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Halqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar esa qadimdan ma’lum, ularni o‘rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko‘p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi. Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy taxlilning ilg‘or uslublari yig‘indisidan iborat bo‘lib, tarixiy, induksiya, deduksiya, mantiqiy abstraksiya kabi usullardan keng foydalanadi

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng‘ muhim iqtisodiy kategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolyutsiyada bo‘ladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqgai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.

Iqgisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik ob’ekti bilan chambarchas bog‘liqpigini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli tamoyilda ilmiy emas deyish mumkin emas», deb yozadi taniqli iqgisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yeki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo‘ladi yoki bugun biz «yangi», degan fikr ma’lum vaqgdan keyin o‘zgarishi mumkin.

Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqgisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xususiyatga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, xalq xo‘jalig‘i tarixi, iqgisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi. Iqtisodiy fan tarixida ilmiy davrlash, maktablar va yo‘nalishlar tushunchasi


Download 90.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling