A. Sud joylashgan davlatining qonuni b jo’natish mamlakat qonuni c
Download 19.2 Kb.
|
KWVE-eJMmy
5-mavzu testlar 1. Xalqaro tashishlar sohasidagi nizolarni hal qilishda asosan protsessual qonunchilikni aniqlashda foydalaniladigankollizion bog’lovchini ko'rsating? a. Sud joylashgan davlatining qonuni b. jo’natish mamlakat qonuni c. Zarar yetkazilgan joy to'g'risidagi qonun d. Tashuvchining shaxsiy qonuni 2. Ushbu Konvensiya 2003-yil 4-noyabrdan kuchga kirgan. Ushbu konvensiya 1929-yilda qabul qilingan Varshava konvensiyasini almashtirish maqsadida qabul qilingan. Hozirgi kunda unga 63 dan ortiq davlat, shu jumladan Buyuk Britaniya, Hindiston, Irlandiya, Ispaniya, AQSH, Fransiya, Shveysariya va Yaponiya kabi davlatlar a’zo hisoblanadi. Bu qaysi konvensiya? a. 1978 yil mart oyida Gamburg shahrida o‘tkazilgan konferensiyada BMTning yuklarni dengiz transportida tashish to‘g‘risidagi Konvensiyasi b. Monreal konvensiyasi s. 1924-yildagi Brussel konvensiyasi d. 1969-yil Tokioda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Yuklarni aralash tashishlar to‘g‘risida konvensiya 3. YUNKTAD doirasida yuklarni xalqaro aralash tashish to‘g‘risidagi konvensiya 1980-yil may oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan Diplomatik konferensiyada qabul qilingan unga ko’ra Operatorning javobgarligi taxmin qilingan ayb uchun yuzaga keladi. Yuk but saqlanmagan taqdirda javobgarlik chegarasi, qaysi summa ko‘pligiga qarab bir joy uchun ….. maxsus o‘zlashtirma birlik yoki har bir kilogramm og‘irlik uchun …. xuddi shunday birlikdan iborat. Nuqtalar o‘rnidagi raqamlarni aniqlang. a. 920 / 2,75 b. 930 / 2.65 s. 975 / 2.20 d. 910 /2.45 4. Gaaga bayonnomasiga muvofiq yo‘lovchilarga nisbatan tashuvchi ……. javobgarligining miqdori ……. oltin fransuz franki chegarasida belgilangan. Nuqtalar o‘rnidagi raqamlarni aniqlang. a. 240 ming b. 250 mln s. 240 ming d. 250 ming 5. Xalqaro tashishda ayblilik tamoyili qanday namoyon bo'ladi? a. tashuvchining javobgarligi ayblilik prinsipi asosida qurilgan va, u qoida tariqasida, majburiyat egasining ayblilik prezumpsiyasi qo'llaniladi. b. yukning yo'qolishi uchun tashuvchining aybi yuk oluvchi tomonidan isbotlanishi kerak c. Tashishda yo’qotilgan yuk uchun tashuvchi hamma vaqt aybli bo’ladi d. Tashuvchining aybini isbotlash vazifasi sudga tegishli 6. Xalqaro xususiy huquqda kollizion tartibga solish bu a. muayyan vaziyatda qaysi davlat qonunlaridan foydalanilishini belgilaydi; b. yangi huquqiy normalarni shakllantiradi; c. turli davlatlar qonunchiligini yagona shaklga keltirishdir. d. Barcha javoblar to'g'ri 7. Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni kollizion normasining hajmini ko'rsating. a. Shaxsning mulk huquqini belgilaydi b. Shaxsning huquq layoqatini belgilaydi v. Shaxs tomonidan tuzilgan bitim shaklini belgilaydi d. Shartnomada qo'llaniladigan qonunni belgilaydi 8. Qaysi konvensiyaga operatsiyalarini amalga oshirayotgan avtomobil transporti vositalarida “TIR” deb yozilgan maxsus jadval o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. “TIR” belgisi yuklarni bojxonada birinchi bo‘lib rasmiylashtirish imkoniyatini yaratib beradi. a. 1968-yil 8-noyabrdagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi konvensiya b. MDP kitoblarini qo‘llagan xolda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Konvensiyasi s. Yevropa regional bitimlari ichida 1954-yil 19-mayda qabul qilingan “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomalari to‘g‘risida”gi konvensiya d. Bishkek konvensiyasi 9. KOTIFning asosiy maqsadi…. a. xalqaro havo qatnovlarda yuk, yo‘lovchi va bagaj tashishlarga nisbatan qo‘llaniladigan yagona huquqiy tizimni yaratish hisoblanadi b. xalqaro temir yo’l qatnovlarda yuk, yo‘lovchi va bagaj tashishlarga nisbatan qo‘llaniladigan yagona huquqiy tizimni yaratish hisoblanadi s. xalqaro temir yo’l qatnovlarda yuk va yo‘lovchi tashishlarga nisbatan qo‘llaniladigan yagona huquqiy tizimni yaratish hisoblanadi d. xalqaro avtomobil qatnovlarda yuk, yo‘lovchi va bagaj tashishlarga nisbatan qo‘llaniladigan yagona huquqiy tizimni yaratish hisoblanadi 10. Xalqaro qatnov to‘g‘risidagi bitimlar va ichki qonun hujjatlari yuklar va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha munosabatlar uchun quyidagi kollizion bog‘lanishlardan noto’gri javob berilgan variantni toping. a. o‘tib borilayotgan mamlakat qonuni b. tashish shartnomasi o‘zgartiriladigan mamlakat qonuni s. yuk tayinlangan mamlakat qonuni d. tashish shartnomasi tuziladigan mamlakat qonuni Download 19.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling