A talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining o‘z mablag‘lari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish
Download 449.2 Kb.
|
563 09.09.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryo viloyati 14 5 600 4,2
- Farg‘ona viloyati 20 8 000 6
- Xorazm viloyati 8 3200 2,4
- Toshkent viloyati 9 3 600 2,7
- Toshkent shahri 74 29 600 22,2
Izoh. * qurilish xarajatlari teng ulushlarda davlat oliy ta’lim muassasasi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan talabalar turar joylari; ** to‘liq oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan barpo etiladigan talabalar turar joylari; *** ushbu yilda quriladigan 1-talabalar turar joyi to‘liq oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hamda 2-talabalar turar joyi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etiladigan talabalar turar joylari; **** ushbu yilda quriladigan 1-talabalar turar joyi to‘liq oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hamda 2-talabalar turar joyi 50 foizi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, 50 foizi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan barpo etiladigan talabalar turar joylari. Talabalar mypap joylarini barpo etish uchun zarur yer maydonlari ustuvor ravishda oliy ta’lim muassasasiga yaqin (1,5 km radiusda) hududda, bo‘sh yer maydoni mavjud bo‘lmaganda esa — oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa hududdan ajratiladi. Bitta talabalar turar joyini qurish uchun o‘rtacha 0,3 ga yer maydoni hisoblanadi. 2023 — 2025-yillarda belgilangan talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish shaklidan boshqa shakllarda tashabbus bildirilganda, talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini mazkur ilovada ko‘rsatilgan yildan avralroq amalga oshirishga ruxsat beriladi. (1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son) Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorida: a) 3-bandda: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “oliy ta’lim muassasalarining oshxona va bufetlarini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi”; oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin; b) ilovaning 23-bandida: quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “oliy ta’lim muassasalarining oshxona va bufetlarini tashkil etilishida ijaraga berilgan mol-mulkini ijaraga berishdan kelib tushadigan mablag‘lar elektron savdo maydonchasi operatori to‘lovini chegirib tashlagan holda, to‘liq hajmda mazkur muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga o‘tkaziladi”; oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 24-iyuldagi 571-son qarori 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “2021-yil va kelgusi yillarda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ishlarni Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bajarish bo‘yicha buyurtmachi etib — Universitet belgilansin”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda: a) 9-band quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida ularning oylik maoshlariga ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga”; b) 27-banddagi “Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi” so‘zlari “Iqtisodiyot boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin; v) 29-banddagi “Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi” so‘zlari “Budjet hisobi metodologiyasi va buxgalteriya hisoboti tahlili boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son; 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son; 01.04.2022-y., 06/22/94/0256-son; 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son) Download 449.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling