A Ushbu shaharni toping
Download 17.73 Kb.
|
ekspert 24
1.Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda,ya’ni 1871-yilning 18-yanvarida barcha german davlatlarining moonarxlari (a)…. to’planib,Prussiya qiroli (b)… ni Germaniya imperatori deb e’lon qildilar a) Ushbu shaharni toping b) Ushbu shaxsni toping. 2.1898-yil 10-dekabrda Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.Unga ko’ra, a) AQSH Ispaniyaga 20 mln. Dollar to’lab,qaysi hududga ega bo’lib oldi b) Qaysi davlat nomiga mustaqillik oldi 3.Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tab aqalari o’rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. a) Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarni yozing. b) Imperiya tarkibida nechta umumimperiya vazirligi tashkil etilgan 4.1889-yilda Istanbulda harbiy-tibbiy bilim yurti kursantlari yashirin “Birlik va taraqqiyot” tashkilotini tuzadilar. a) Bu tashkilot ustidan qaysi hukmdor sud uyushtirdi b) “Birlik va taraqqiyot” partiyasi a’zolari va shunga o’xshash siyosiy to’garakka ishtirok etganlar umumiy nom bilan nima deb ataladi 5. Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengilishi Italiyani to’la birlashtirish yo’lidagi oxirgi to’siqni bartaraf etishga imkon berdi. a) Ushbu davlatda 1906-yilda tashkil topgan aksiyadorlik jamiyatini toping b) Ushbu davlat 1912-yldan boshlab qaysi davlatni o’z mustamlakasiga aylantirdi 6, Amerika yozuvchisi J.Londonning ijodi radikal intilishlar bilan ajralib turar edi. a)Ijodkorning qaysi romanida insoniyat oldida turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib beriladi b) Tabiatni bo’ysundirgan qahramon haqidagi asari qaysi? 7.XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharqiy Sudan Misr qaramog’ida edi.1881-yilda sudanliklarning yetakchisi Muhammad Ahmad xalqni Misr-Usmonli davlati zulmiga hamda yevropaliklarga qarshi muqaddas urushga chaqirdi a) Muhammad Ahmad o’zini nima deb e’lon qiladi b) Muhammad Ahmad vafot etgach,hokimiyat kim o’z qo’liga oladi 8.Lotin Amerikasi davlatlarida kapitalizmning qaror topishi uzoq va o’ta mashaqqatli yo’ldan bordi. a) Bu mintaqaga eng ko’p kapital kiritgan davlat b) XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga qaysi davlat kapitali ham kirib kela boshladi 9.Yaponiyada monopolistik kapitalizm feudal monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketdi. a) Bu jihatdan Yaponiya qaysi davlatga o’xshab ketardi\ b) 1910-yilda qaysi davlatni bosib olgan 10.”Tarix o’zining xudbinlarcha qaysarligi bilan quroldosh rus o’rtoqlarini halokatga duchor etgan (a) ….harbiy qo’mondonligidan javob talab qiladi.Holbuki,ular (b) … osongina qutqarishi mumkin edi. a) Qaysi davlatlar (2 ta) b) Qaysi xalq 11.Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash boshlandi1912-yilda “Yosh Jazoir” partiyasi tuzildi.Bu partiya qanday talablarni ilgari surgan.(4 ta) 12.AQSHda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo’lgan omillarni yozing. 13.1878-yilda San-Stefanoda Rossiya – Usmonli davlati o’rtasida shartnoma imzolandi.Ushbu shartnoma haqida ma;lumot bering. 14.Birinchi jahon urushi davridagi “Buyuk chekinish” haqida ma’lumot bering. Download 17.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling