265
tuzilishdagi mustahkamlovchi (armirlovchi) to‘ldiruvchi kompo-
zit materiallar.
Armirlovchi-sinchlovchi to’ldiruvchi –
fizik-mexanik xos-
salarni kuchaytirish va kompozitga konstruksion material
xususiyatini berish uchun smolalarga kiritiladigan har xil shakl,
o‘lcham va turdagi zarralar.
Ataktli – noto‘g‘ri, tartibsiz.
Biologik jihatdan moslik – (inglizchadan – biocompati-
bility) – Optimal terapevtik samaraga erishish uchun zarur
bo‘lgan materialni odam organizmiga kirishish qobiliyati. Zararli
klinik holatlar chaqirmaslik va hujayrali yoki to‘qimali
javobni
induksiyalash.
Dializ – yarimo‘tkazuvchi membrana yordamida kolloid
eritmalarni va yuqori molekulyar birikmalar substansiyalarni
ularda erigan qo‘shmolekulyar birikmalardan tozalash.
Disperslash – (lotinchadan dispergo – sochaman)
dispers
sistemalar, kukunlar, suspenziyalar, emulsiyalar hosil bo‘lishiga
olib keluvchi, biror bir muhitda qattiq jismlar va suyuqliklarning
maydalanishi. Suyuqliklarni gazlarda (havoda)
disperslash
purkash, suyuqliklarda disperslash – emulsiya deb ataladi.
Eksfoliatsiya – elementar qatlamlarga ajratish.
Ekvimol – biror modda bilan bir xil molyar konsentratsiyaga
ega.
Elastomerlar – Haroratlar diapozonida keng foydalanila-
digan yuqori elastik xossalarga ega bo‘lgan polimerlar va ular
asosidagi materiallar. O‘ziga xos bo‘lgan
elastomerlar kauchuk
va rezina hisoblanadi.
Flokulyatsiya – (lotinchadan ―flocculi‖ - parcha) –
kougulyatsiyaning turi bo‘lib, suyuq yoki gaz muhitda murakkab
muallaq suzib yuruvchi mayda zarralar, yumshoq paxtasimon
to‘plamlar, ya‘ni flokulalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: