A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
II chizma
58 Interpolimer komplekslar va ularning kompozitlari ularning tuzilmaviy tuzilishini boshqarish imkoniyatlari mavjudligi bilan istiqbolli hisoblanadi, ya‘ni ulardagi gidrofob va gidrofil bo‘g‘in- lar miqdori tuproqni tuzilmalantirishi yoki mul‘chmaterial (chi- rindi material) vazifasini bajarishi munkin. IPK zanjirida gidrofilli sohalarni orttirilishi ularni tuzilma- lantiruvchi xususiyatini yaxshilaydi, chunki IPKni tarqalgan bo‘g‘inlari tuproq zarralariga nisbatan yo‘nalish olib, tuproqdagi mavjud anion va kationlar bilan bog‘lanadi (III-chizma). Mustahkam komplementar tuzilmalarda o‘zaro ta‘sirlashuv- chi komponentlar yaxshi sferik moslikda bo‘ladi, masalan, chiziqli polietilenimin va ataktik poliakril kislotalarni har birini 20 foiz bo‘g‘ini defekt hosil qiladi. IPK zanjirida gidrofilli sohalar ulushini orttirish uchun o‘zaro ta‘sirlashuvchi komponentlardan birini tarkibida ularni orttirilsa, nostexiometrik polielektrolit kompleks (NPEK) olinishiga eri- shiladi. III chizma NPEK muvozanatdagi tuzilma bo‘lib, uning qator xossalari elektrostatik komplementar makromolekulalararo reaksiyalar mahsuloti sifatida kelib chiqadi va ularni alohida maxsus suvda eruvchan polimer birikmalar sinfiga kiritishga imkon yaratadi. 59 IPK olinish tamoyili bo‘yicha ikkita farqlanuvchi usulda bo‘lishi mumkin. Kimyoviy ta‘sirlashuv va makromolekulalarni komple- mentar tuzilmalanishi (tayyor holdagi polimerli komponentlar eritmalarini aralashtirish) bilan, yoki matritsa- makromolekulalari reaktsion muhitiga oldindan kiritilgan monomerni polimeri- zatsiyasi bilan (matrik polireaksiyalash, ya‘ni komponentlardan birining boshqa makromolekulalarda bo‘ylama zanjir ortishi bilan) polikompleks shakllanadi. Turli jins guruhlari o‘zaro ta‘sirlari tabiati polimer-polimer komplekslarda turlicha bo‘lishi mumkin: Van-der-Vaal‘s, elektrostatik, gidrofobli ta‘sir, vodorod va koordinatsion bog‘lar. Polielektrolit komplekslar va ular asosidagi kompozit materiallar o‘ziga xos fizik va kimyoviy xossalarga ega. Jum- ladan: ma‘lum erituvchilarda erimaslik, qiyin eruvchanlik, suv va elektrolit ta‘siri ostida plastiklanish qobiliyati, suvga, shuningdek, ko‘plab boshqa suyuqliklarga yuqori maxsuslikda adsorb- siyalanishi, bo‗kgan (shishgan) holatda shaffoflik, ion yutilishida tanlashlik va ion almashuv xossalari; dispers zarralarni anion va kation sohalariga moslashadigan gidrofil va gidrofob xossalarini boshqarish imkoniyatlarini mavjudligi kabilarga ega. Shu holatlar asosida yangi modifitsirlangan PEK material- larni qo‘llanish sohalari uzluksiz kengaymoqda. Hozirgi kunda ularni tuzilmalantirish, flokulyatsiyalash va turli yuqori dispers sistemalarni barqarorlashtirish jarayonlarida yuqori samara berishi yaxshi ma‘lum. So‘nggi paytlarda PEK tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, tabiat muhofazasi chora-tadbirlar ishlarida tadbiq etishga kirishilmoqda. Dializ membranalari, suv bug‘lari uchun o‘tkazuvchan plas- tiklar, sun‘iy qon tomirlari, kontakt linzalar va shunga o‘xshash- 60 larni tayyorlash uchun yangi material sifatida PEKdan foydala- nish imkoniyatlari mavjud. Shunday qilib, hozirda PEK bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy izlanishlar bajarilayotgani, bu xildagi makromolekulalarni o‘zaro ta‘siridan kelib chiqadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega mahsulotlarga va ularning texnika, tibbiyot va qishloq xo‘jaligini turli sohalaridagi amaliy tadbiqot imkoniyatlariga bo‘lgan qiziqishni kuchli ekanligiga guvohlik beradi. Hozirgi kunda biologiya va tibbiyotda qo‘llanadigan mikro- elementlarga ega fiziologik faol polimerlarni sintez qilishda metal-komplekslar katta ahamiyat kasb etishi to‘la isbotlangan. Ular tibbiyotda fiziologik faol polimerli dori-darmonlar yara- tishda va o‘simlikshunoslikda fitofaol moddalar tashuvchi modda sifatida keng foydalaniladi. Yuqorida aytganimizdek, karboksimetiltsellyulozali (KMS) interpolimer komplekslardan ham boshqa biopolimerlar singari keng foydalaniladi, lekin polielektrolitlardan farqli ravishda ular ko‘p tonnali va iqtisodiy yengil, ekologik toza material hisoblanadi. Barcha adabiyotlarda KMS larni komplekslanishi muhitni – vodorod salmog‘i yoki faollik o‘lchovi (pH) funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Chunki, makromolekula konformatsiyasi va tuzilishi, ion kuchlari, karbon (C3) va KMS makromolekulasini erituvchi bilan o‘zaro ta‘sir uning kattaligiga bog‘liq. pH ning kichik qiymatlarida kislota shaklidagi karboksil guruhlarini ionlashuvi pasaygan bo‘ladi. Yuqori qiymatlarda esa, ko‘p sonli Na ionlari ortishi tufayli itarishish kuchi kamayadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling