A. V. Vahobov, T. S. Malikov
larning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
larning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi davlatdan tashqari nazorat xizmatlari; • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo'lgan ichki nazorat xizmatlari. O'tish iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bozor xo'jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq qiyofaga ega bo'lib, sekin-astalik bilan g'arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o'z samaradorligini yaqqol ko'rsatgan19. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: • pul fondlarining o'lchami va moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyoj o'rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko'rsatish; • davlat byudjeti oldidagi majburiyatlar o'z vaqtida va to'liq bajarilishini ta’minlash; • moliyaviy resurslami ko'paytirishning ichki xo'jalik imkoniyat larini qidirib topish; • va boshqalar. Jahon hamjamiyati ko'p yillik tajriba asosida moliyaviy nazo ratni tashkil etishga doir asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati ularga rioya qilishga intiladi. Bu prinsiplar INTOSAPning Lima deklaratsiyasida o'z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: • mustaqillik; • ob’ektivlik; • kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); • oshkoralik. Moliyaviy nazorat mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlari parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion yo'nalishi bilan ta’minlanishi kerak. Ob’ektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so'zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini 19
AQSh Kongressining ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 50 yil ichida federal nazorat- taftish organlarining faoliyatidan olingan jami iqtisodiy samara 500 mlrd. dollardan kam boMmagan. Qarang: Соменков А.Д. Парламентский контроль за исполнением государственного бюджета. - М.: Экономика, 1998. С. 79. 20INTOSAI — dunyoning 178 mamlakati oliy nazorat organlarining Xalqaro tashkiloti. Uning doirasida mintaqaviy tashkilotlar ham amal qiladi. Ulardan biri YEVROSAI bo‘lib, u oliy Yevropa nazorat organlari tashkilotidir. amalga oshirishning belgilangan o'matilgan andozalariga qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo'lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo'lishini ko'zda tutadi. Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy yo'nalish kasb etuvchi quyidagi boshqa moliyaviy nazorat prinsiplari kelib chiqishi mumkin: • natijalilik; • nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablaming aniqligi va mantiqiyligi; • nazorat sub’ektlarining sotib olinmasligi; • tekshirish va taftish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; • preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlan- tiruvchanligi); • moliyaviy jinoyatlar bo'yicha shubhalanilayotgan shaxslaming sudgacha aybsizlik prezumpsiyasi; • turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruv- chanligi; • va boshqalar. Har bir davlat, odatda, moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko'rsatuvchi qonunlar qabul qilayotgandi. yuqoridagi prinsiplargatayanadi. Bir vaqtning o'zida, liar bir davlatda nazorat harakatlarining o'z reglamenti (tartibi) mavjud bo'lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazorat natijalariga o'z ta’sirini ko'rsatadi. 6.2. Moliyaviy nazorat turiari, shakllari va metodlari Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o'tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga hamda nazorat turiari, shakllari va o'tkazish metodlariga bog'liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko'ra uning quyidagi turiari mavjud: • umumdavlat moliyaviy nazorati; • idoraviy moliyaviy nazorat; • xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat; • jamoatchilik moliyaviy nazorati; • mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlar tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo'yicha davlat va jamiyat manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo'ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalaming faoliyatini qamrab oladi. Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlaming iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o'tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob’ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalaming xo'jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati davlatdan tashqari tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o'tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo'yicha klassifikatsiya etish qabul qilingan: • amalga oshirilish reglamenti; • o'tkazilish vaqti; • nazoratning sub’ektlari; • nazoratning ob’ektlari. Amalga oshirilish reglamenti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: • majburiy (tashqi); • tashabbusli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslaming moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlaming moliya— buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishi va boshqalarga tegishli bo'lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) m oliyaviy nazorat m oliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. 0 ‘tkazilish vaqti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilami o'z ichiga oladi: • dastlabki; • joriy (operativ); • navbatdagi (kelgusi, so'nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo'lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklaming oldini olish yoki ulami ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'laming tejamsiz va samarasiz sarflanishiga yo'l qo'ymaslik uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo'lishini ko'zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlami va byudjetdan tashqari fondlarning moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko'rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalaming moliyaviy bo'limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to'g'risida shartnoma va boshqalardan iborat bo'lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalar berish singari amaliy jarayonlar sodir bo'lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag'lar olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo'lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizom mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblari o'z vaqtida amalga oshirilishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o'ynaydi. Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo'li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyati natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiyaning samaradorligini, moliyaviy xarajat— larni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishi singari jarayonlarni baholashga moMjallangan. Nazorat sub’eklari bo'yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo'lishi mumkin: • Prezident moliyaviy nazorati; • hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o'z-o'zini boshqarish idoralarining moliyaviy nazorati; • ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati; • moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; • firmaviy-ichki moliyaviy nazorat; • auditorlik moliyaviy nazorati; • va boshqalar. Nazorat ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud: • byudjet moliyaviy nazorati; • byudjetdan tashqari fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • soliqlar bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • kredit operatsiyalari bo'yicha moliyaviy nazorat; • sug'urta faoliyati bo'yicha moliyaviy nazorat; • investitsion faoliyat bo'yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; • va boshqalar. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida quyidagi metodlaridan foydalaniladi: • tekshiruv; • tadqiq etish; • nadzor (nazorat); • moliyaviy holat tahlili; • kuzatish (monitoring); • taftish. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy- xo'jalik faoliyatining alohida masalalari bo'yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularga barham berish choralari belgilanadi. Tekshiruv korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg'i va energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o'lchanadi. Shuningdek, tadqiq etish so'rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nadzor (nazorat) moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug'urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’ektlar ustidan nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U qoidalar va normativlarning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan u o'matilgan holatlar ustidan nazorat qilishni ko'zda tutadi. Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo'jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o'rganishni ko'zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo'llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliya- xo'jalik faoliyatini o'zaro bog'langan u m u m iy tekshiruvidan iboratdir. Taftish tekshirilayotgan ob’ekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilishlarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xo'jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Xo'jalik faoliyati sub’ektlarini to'la qamrab olinishiga qarab taftish quyidagi turlarga bo'linishi mumkin: • to'liq; • qisman; • mavzuli; • kompleksli (har tomonlama) To'liq taftish nazorat ob’ekti moliya-xo'jalik faoliyatining barcha tomonlarini tekshirishni ko'zda tutadi. Qisman taftish xo'jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo'jalik faoliyatining ayrim qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun o'tkaziladi. Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati bo'yicha ma’lum bir mavzuga bag'ishlab o'tkaziladi. Bu narsa m a’lum xo'jalikka xos bo'lgan tipik kamchiliklar va buzilishlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar qo'llanishiga imkon beradi. Kompleksli (har tomonlama) taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan eng to'liq taftish bo'lib, u nazorat sub’ektining xo'jalik va moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaming butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi sohalarni o'z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, o'z navbatida, kompleksli (har tomonlama) taftish natijalarining to'liqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim rol o'ynaydi. Moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko'ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo'linadi: • yoppasiga taftish; • tanlanma taftish; • kombinatsiyalashtirilgan taftish. Yoppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma’lum bir qismidagi barcha operatsiyalar tekshirilishini taqoza etadi. Tanlanma taftish u yoki bu vaqt oralig'ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o'tiladi. Kombinatsiyalashtirilgan taftishning bir qismi yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma metod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa yuqori darajadagi hujjatlaming aylanishi va yirik xo'jalik operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar faoliyatini taftish qilishga imkon beradi. O'tkazilgan taftish asosida hujjat rasmiylashtiriladi. Unda kam chiliklami bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi. 6.3. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, awalambor, respublika va mahalliy byudjetlami, davlatning maqsadli byudjetdan tashqari fondlarining loyihalarini ko'rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlami tasdiqlashda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78- moddasining 8-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo'yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o'matadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag'laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitutsiyasi 93- moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan21. U mustaqil va ob’ektiv organ bo'lib, O'zbekiston 21
bilan tashkil etilgan. Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Hisob palatasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalami bajarish yuklatilgan: • makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli o'rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish; • davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o'rnatish; • davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul ko'rsat kichlari bo'yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo'yicha taklif- larning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta’sirini ko'rib chiqish; • mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolaming o'zini o'zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar o'rtasidagi o'zaro nisbatlaming maqbulligiga erishish bo'yicha takliflarni tahlil qilish va baholash; • mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bo'yicha tasdiqlangan parametrlar hisobidan davlat mablag'larini xarajat qilish bo'yicha chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar o'tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suiste’molliklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlami amalga oshirish; • umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling