A. V. Vahobov, T. S. Malikov
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Bu yerda: A — J am aylanma mablag'laming aylanuvchanligi; T - realizatsiyadan olingan tushum; Q . - aylanma mablag'laming yillik o'rtacha qoldig'i; u u - aylanma mablag'lar bir marta aylanishining uzunligi; K - s tahlil davridagi kunlar soni. Zaxiralaming aylanuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: A = T : Q z sm
Bu yerda: Az — zaxiralaming aylanuvchanligi; Tsm — sotilgan mahsulot tannarxi; Q — zaxiralaming o'rtacha qiymati. Debitorlik qarzlarini to'lashning kunlardagi o'rtacha davomiyligi sotib oluvchilarning schyotlar bo'yicha to'lash tezligini aks ettiradi va u quyidagicha aniqlanadi: D Q № rf = D Q ,: Tk Bu yerda: D Q № rf — debitorlik qarzlarini to ‘lashning kunlardagi 0 ‘rtacha davomiyligi; D Q , - debitorlik qarzining 0 ‘rtacha summasi; TA — realizatsiyadan olingan kunlik 0 ‘rtacha tushum. Bu ko'rsatkichning past darajasi XYuS debitorlardan pulni undirish bo‘yicha ishining samaradorligidan darak beradi. Biroq, ayrim hollarda, bu narsa XYuS kredit siyosatining haddan ziyod qattiqligini ham ko'rsatib, realizatsiya qilingan m ahsulotlam ing uncha katta bo'lmagan qismi kreditga sotilganligini ham anglatadi. XYuS moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini ta’minlashda va moliyaviy tahlilda so f aylanma kapitalni monitoring qilish muhim rol o'ynaydi. U m um iy ko'rinishda so f aylanma kapital aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o'rtasidagi farqdan iborat. Qisqa muddatli passivlam ing tarkibiy tuzilm asida kelgusi davr daromadlari ham kiritilib, ular XYuSning o'zlik pul mablag'lari bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham so f aylanma kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin: s ,* = a a - q p Bu yerda: Sak — s o f aylanma kapital; AA — aylanma aktivlar; Q P - qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlaridan tashqari). Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini s o f aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti xarakterlab beradi va u quyidagicha aniqlanadi: К = T : S . a s ak Bu yerda: Ke — s o f aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti; T — realizatsiyadan olingan sof tushum; — s o f aylanma kapitalning o'rtacha qiymati. Aylanma mablag'lami boshqarishda ulam i likvidlik darajasi bo'yicha strukturizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadlar uchun likvidlilikning quyidagi ikki ko'rsatkichidan faol foydalaniladi: • joriy likvidlik koeffitsienti; • absolyut likvidlik koeffitsienti. Joriy likvidlik koeffitsienti m a’lum bir sana uchun aniqlanib, uning aniqlanish tartibi quyidagicha: K., = A : Q P > 2 Bu yerda: KY — joriy likvidlik koeffitsienti; A — aylanma aktivlar (balansning 2 -b o ‘limi); Q P — qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlarisiz). • Joriy likvidlik koeffitsientining darajasi ikkidan kichik bo'lmasligi lozim. Shunday bo'lishiga qaramasdan, g'arb iqtisodiyotida uning darajasiga birdan kichik bo'lmagan hollargacha yo‘1 qo'yiladi. Absolyut likvidlik koeffitsienti eng likvidli aktivlaming (pullar va qisqa m u d d atli m o liy a v iy q u yilm alar) qisqa m u d d atli majburiyatlarga nisbati orqali aniqlanadi va uning formulasini quyidagicha ifodalash mumkin: К , = (PM + M Q) : QP > 0,2 Bu yerda: Ke/ — absolyut likvidlik koeffitsienti; PM — pul mablag'lari; M Q — qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar; Q P - qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr daromadlarisiz). Bu koeffitsientning istaluvchi darajasi > 0,2 dan iborat bo'lib, biroq amaliyotda bu narsa o'z faoliyatining turli davrlarida XYuSning moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko'p omillarga bog'liq. U , eng avvalo, to'lov in tizom ining ahvoli, aylanma m ablag'lam ing turli funksional elementlariga joylashtirilgan quyilmalaming hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitlarsiz yuqori texnologiya- larga asoslanganligi, materiallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqa rish va muomala xarajatlarining minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruvlashtirishni hisobga olgan holda), albatta, o'z ta’sirini ko'rsatadi. Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruv chilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xo'jalik aloqalaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilini shini tezlashtirish kabilar kiradi. ToMov qobiliyatini ta’minlash va mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o'rinda alohida ahamiyat kasb etadi. 10.3. Aylanma mablag'lami normalashtirish Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo'lgan ehtiyojni aniqlash metodlari va rejalashtirish tizim ini ishlab chiqm oq lozim . M oddiy resurslar va ularning zaxiralari harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o'ylam oq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan to'g'ri manyovr qilish, materiallaming sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag'lar quyidagi ikki ikki guruhga bo'linadi: • norma (m e’yor)lashtiriladigan aylanma mablag'lar; • norma (m e’yor)lashtirilmaydigan aylanma mablag'lar. Norm a (m e’yor)lashtiriladigan aylanma mablag'larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. N orm a (m e ’yor)lashtirilm aydigan aylanm a mablag'lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini qamrab oladi. Aylanma kapitalning o'lcham ini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag'laming rejalashtirilishi amalga oshiriladi. M oddiy aylanm a m ablag'lam i rejalashtirishning asosini normativ metodi tashkil etadi. Unga ko'ra aylanma mablag'laming normativi belgilanadi, transport, sug'urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralami ham qo'shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslaming barcha ko'rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o'matiladi. Aylanma mablag'lami norma (m e’yor)lashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag'laming har bir elementi bo'yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilm iy asoslangan rejali hajmidan iborat bo'lib, u eng avvalo, quyidagilami o'z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog'liq: • ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi; • ishlab chiqarishga materiallami kiritish davri; • mol yetkazib beruvchilaming uzoqligi; • mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; • materiallar sifati; • hisob-kitoblar tizimi; • va boshqalar. Norma (m e’yor) norma (m e’yor)lashtiriladigan moddiy resurs larga (ularning har bir turi bo'yicha) bo'lgan o'rtacha kunlik ehtiyoj- larning hajmi va mol yetkazib berishlar o'rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o'm atiladi. D e mak, agar ana shu interval (oraliq), masalan, 24 kunga teng bo'lsa, shunga m os ravishda zaxiralar shu kunlar oralig'ida ishlab chiqarish siklining sog'lom rivojlanishini ta’minlashga yetarli bo'lmog'i lozim. Kunlarda ifodalangan zaxiralar va m a’lum bir ko'rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (m e’yori) asosida norma (m e’yor)lashtiriladigan zaxiralami yaratish uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'laming hajmi aniqlanadi. Agar norma kunlarda belgilansa, u holda aylanma mablag'laming normativi XYuSning sog'lom faoliyat ko'rsatishi uchun minimal darajada zarur bo'lgan tovar-m oddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashti rilgan zaxiralaridan iboratdir. Qandaydir bir resurslaming zaxiralariga avanslashtiriladigan aylanma mablag'lar normativining formulasi quyidagi ko'rinishga ega: N = E x U x B Bu yerda: N — aylanma mablag'laming normativi; E — aylanma mablag'larga bo'lgan kunlik ehtiyoj; U — o'rtacha interval uzoqligi; В — aylanma mablag' birligining bahosi. Masalan, faraz qilaylik qandaydir bir xom -ashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning ba hosi 20 ming so'mga teng bo'lsa, u holda pulda ifodalangan norma- tivning darajasi 600 ming so'm ga (15 x 10 x 20000) teng bo'ladi. Umuman olganda, aylanma mablag'lar normativi mol yetkazib berishlar o'rtasidagi o'rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin: N = E x (U , + U 2) : 2 x В Bu yerda: N — aylanma mablag'laming normativi; E — aylanma mablag'larga bo'lgan kunlik ehtiyoj; U ,+ U 2— navbatdagi ikki mol yetkazib berishlarning kunlardagi uzunligi; В — aylanma mablag' birligining bahosi. Aylanma mablag'laming har bir elementlari bo'yicha normativ- ning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O'z navbatida, barcha xususiy norm ativlarni jam lash (qo'shish) natijasida yig'm a (jamlangan) normativ hosil bo'ladi. X om -ashyo, materiallar va yarim tayyor m ahsulotlam ing alohida turiari bo'yicha zaxiralam ing kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o'matiladi: • transport zaxirasi; • tayyorlov zaxirasi; • texnologik zaxira; • joriy zaxira; • sug'urta zaxirasi. Transport zaxirasi yukning yo'ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to'lash va ulaming harakatlanish kunlari sonini o'z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, moddiy resurslami maxsus qayta komplek- tatsiya qilish va h.k.larga bog'liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o'lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi. Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi olinadiki, chunki u materiallami navbatdagi ikki yetkazib berish intervali o'rtasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo'lgan o'rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol yetkazib berish intervali o'rtasidagi davomiy- likning ko'paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o'sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning bir maromdaligini ta’minlash uchun har doim biroz o'zgartirilishi kerak. Sug'urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi. Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi transport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug'urta zaxiralarining summasiga teng bo'lgan summalar yig'indisidan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo'yicha aylanma mablag'lami normalashtirish buyumlarning guruhlari bo'yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi: N = X0 x U x К Bu yerlda: N — tugallanmagan ishlab chiqarish bo'yicha aylanma mablag'laming normativi; X0— mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar; U — ishlab chiqarish siklining uzoqligi (kunlarda); К — xarajatlarning o ‘sib borish koeffitsienti. M ahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo'yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo'lib topiladi. Ishlab chiqarish siklining davomiyligi quyidagilar bilan belgilanadi: • bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira); • ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joylashishi (transport zaxirasi); • aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari oralig'idagi vaqtiar); • sug'urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo'ladigan vaziyatlar uchun). Xarajatlarning o'sib borish koeffitsienti tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyum o'rtacha tannarxining ishlab chiqarish xarajatlarining um um iy summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Albatta, zaxiralami mohirona boshqarish menejment va XYuS ishlab chiarish xodimlaridan inflyasiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovaming bozorda talab ega ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’m ol belgilariga ko'ra XYuS tom onidan chiqariladigan m ahsulotlaming iste’molchilar talabiga qarab o'zgarishini qondirishni talab qiladi. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • U m u m la sh tirilg a n k o 'rin ish d a a so siy kapital qanday qiymatning bir qismi hisoblanadi? • XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital qanday sifatda aks ettiriladi? • Asosiy kapitalning asosini nimalar tashkil etadi? • M ehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital nimaning qismi sifatida maydonga chiqadi? • Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo'lgan qiymatning qanday uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi? • Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o ‘laroq asosiy kapital qanday o ‘ziga xos xususiyatlarga ega? • Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida nimalar maydonga chiqadi? • Iqtisodiy m o‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar nimalarga bo'linadi? • Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb nimaga aytiladi? • Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning qanday mulklari kiradi? Ular bo'yicha amortizatsiya hisoblanadimi? • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi nimalar jihatidan bo'lishi mumkin? • Asosiy fondlarning tarkibiga nimalar kiradi va ularning aktiv va passiv qismlari nimalardan iborat? • Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda nimalarni hisobga olish maqsadga muvofiq? • H ozirgi paytda am aliyotda am ortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qanday asosiy metodlaridan foydalaniladi va ularning o'ziga xos bo'lgan xususiyatiari nimalardan iborat? • Chiziqli m etod qo'llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsiyaning summasi qanday aniqlanadi? • N ochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hisoblash qanday amalga oshiriladi? • Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o'z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana qanday daromadlar va turli tushilmalar kirishi mumkin? • Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag'larining manbalarini qanday guruhlarga bo'lish mumkin va har bir guruhning tarkibiga nimalar kiradi? • Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan m oliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi qanday aniqlanadi? • Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya-xo'jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi qanday umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq? • Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko'rsatkichi qanday aniqlanadi? • Fond qaytimi va fond sig'imi ko'rsatkichlarini hisoblash tartiblari qanday? • Smenalik koeffitsienti qanday aniqlanadi? • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsienti nimani xarakterlaydi va u qanday aniqlanadi? • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffitsienti nimani ifodalaydi va u qanday hisoblanadi? • Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish koeffitsienti nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi? • Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi nimalarni oldindan aniqlab beradi? • A ylanm a kapital nim ani o'zida ifodalaydi va u XYuS balansining qanday nom langan bo'limida aks ettiriladi? • A ylanm a kapital qanday bir n ech a aso siy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi? • Aylanm a kapital qanday funksiyalami bajaradi va ularni qanday shakllarda amalga oshiradi? • Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilm asini uni funksional jihatdan qanday ikki tashkil etuvchi belgilab beradi? • Tarkibiy tuzilm a jihatidan aylanma kapitalning n atu ral- buyum shakllariga, eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo'lgan nimalar kiradi? • Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlarining tarkibi nimalardan iborat? • A y la n m a m a b la g 'la r ( k a p ita l)n i s h a k lla n tir is h va Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling