A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.

bet60/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75

ammo hali sug'urtalovchilar bilan tegishli sug'urta munosabatlariga 

kirishmagan shaxslar potensial sug'urtalanuvchilar deb ataladi.  Endi, 

sug'urtalovchilar  haqida  gapiradigan  bo'lsak,  sug'urtalovchiar 

mamlakat  hududida  sug'urta  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqi 

berilgan yuridik shaxslardir.  Sug'urta kompaniyasi tegishli faoliyatni 

amalga oshirish uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega 

bo'lishi  va  sug'urta  bilan  bog'liq  bo'lmagan  tadbirkorlik  faoliyati 

bilan  shug'ullanmasligi  zarur.  Bu  «Sug'urta  faoliyati  to'g'risida»gi 

qonunda  ham  alohida  ko'rsatib  o'tilgan.  Ammo,  qonun  sug'urta 

tashkilotlariga  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilagan  shartlarda 

investitsiya  faoliyati  bilan  shug'ullanishlari  hamda  sug'urta  agenti 

sifatida vositachilik va sug'urta sohasidagi mutaxassislaming malakasini 

oshirish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirishlariga ruxsat beradi56.

Sug'urta tashkiloti o'z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga 

katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak.  Chunki, sug'urtalovchi 

ozgina sug'urta mukofoti evaziga yirik miqdordagi  riskni qabul qilib 

oladi  va  sug'urta  hodisasi  ro'y  berganda  zimmasidagi  sug'urta 

qoplamasini  to'lashi  shart.  Sug'urta  tashkilotiga  murojaat  qilishni 

istagan  yoki  muayyan  sug'urta  xizmatiga  ehtiyoj  sezgan  shaxslar 

sug'urta  shartnomasini  tuzishdan  oldin  sug'urta  tashkilotining 

moliyaviy ahvoli,  balansi bilan tanishib chiqishlari  shart.

Sug'urtalovchilar bozorga o'zlarining ishlab chiqargan mahsuloti

- sug'urta xizmatini taklif etadilar.  Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab

56 


0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Suo‘urta  faoliyati  to ‘g‘risida»gi  qonuni.  —  «Xalq 

so‘zi»  gazetasi,  2002  yil  28  may.



sug'urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin.  0 ‘z-o ‘zidan, 

bu  holat  sug'urta  bozorida  potensial  mijozlarni  jalb  etish  uchun 

sug'urta  kompaniyalari  o'rtasida  raqobatning  kuchayishiga  olib 

keladi  va  «mahsulot»ning  sifatiga  ijobiy ta’sir ko'rsatadi.  Asosiysi, 

potensial  sug'urtalanuvchi  o'zining  talabini  har  tom onlam a 

qondiradigan  «mahsulot»ga ega bo'ladi.  Bayon etilganlar bugungi 

kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ro'y berayotgan 

oddiy haqiqatdir.

Shuni  ta’kidlash  lozimki,  boshqa  tovariar  va  xizmatlar  kabi 

sug'urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo'ladi 

hamda bu baho o'zining pastki va yuqori chegaralariga ega.  Sug'urta 

tushumlarining  miqdori  sug'urta  to'lovlari  va sug'urta  tashkilotlari 

xarajatlari  miqdoriga  teng  bo'lishi  sug'urta  bahosining  pastki 

chegarasini bildiradi.  Bunday sharoitda sug'urta kompaniyasi asosiy 

faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko'p hollarda sug'urta bozoridagi keskin 

raqobat  sug'urta  tashkilotlarining  potensial  mijozlarni  jalb  etish 

maqsadidagi  tarif  stavkalarini  kamaytirishga  majbur  etadi.  Chet 

mamlakatlarda sug'urtalovchilar sug'urta faoliyatidan zarar ko'iganda, 

bu zarar investitsiyadan  keladigan daromad hisobidan  qoplanadi.

Sug'urta  xizmati  bahosining  yuqori  chegarasi  talab  hajmi  va 

bank  foizining  miqdori  bilan  aniqlanadi.  Sug'urta  xizmatining 

ma’lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta 

tashkiloti  mazkur  xizmat  bahosini  yuqori  darajada  saqlab  turishi 

mumkin.  Lekin, vaqt o'tislu bilan bozorda bug'urta xizmati ko'rsatish 

turlarining  ko'payishi  bilan,  o'z-o'zidan tarif stavkalari  kamayadi.

Sug'urta bozori  hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy 

va milliy sug'urta bozorlariga bo'linadi.  Milliy sug'urta bozori biron- 

bir  mamlakat  hududidagi  sug'urta  muassasalarini  va  ularning 

faoliyatini  o'z  tarkibiga  oladi.  Jahondagi  eng  yirik  milliy  sug'urta 

bozori  Amerika  Qo'shma  Shtatlaridadir.  Iqtisodiy  jihatdan 

rivojlangan  mamlakatlarda yig'iladigan sug'urta tushumlarining 43 

foizdan  ortig'i  AQSh  hissasiga  to'g'ri  keladi.  Bu  yerda  hayotni 

sug'urta  qiluvchi  va  boshqa  umumiy turdagi  sug'urta  xizmatlarini 

ko'rsatuvchi  bir  necha  ming  sug'urta  kompaniyalari  faoliyat 

ko'rsatmoqda.  Ulardan  ba’zi birlari  dunyo sug'urta bozorida ham 

oldingi o'rinlarda.  Masalan,  «Prudenshial of Amerika» kompaniyasi

mamlakat  ichki  bozorida  birinchi  va  1992  yil  boshida  mavjud 

aktivlari, to'plagan sug'urta mukofotlari bo'yicha jahonda uchinchi 

o'rinni egallagan.

Mintaqaviy sug'urta bozori deganda savdo,  iqtisodiy va boshqa 

jihatlardan  o'zaro  yaqin  m unosabatda  bo'lgan  bir  nechta 

mamlakatlaming  ichki  bozori  tushuniladi.  yevropa  Ittifoqining 

sug'urta  bozori  yirik mintaqaviy bozor hisoblanadi.

Xalqaro  sug'urta  bozori  deganda  dunyo  miqyosida  sug'urta 

faoliyatini  olib  boruvchi  alohida  mamlakatlaming  ichki  bozori 

tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug'urta bozorining 

xalqaro darajada muhim o'rni bor va keyingi o'n yillikda Yaponiya 

sug'urtalovchilari  dunyo  bozorida  yetakchilik  qilib  kelishmoqda. 

Ma’lumotlarga qaraganda,  1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni 

sug'urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga 

tegishli bo'lgan.  Bu kompaniyalaming moliyaviy salohiyati 869 mlrd. 

AQSh  dollari  miqdorida baholangan.

Sug'urta bozorlari  hududiy bo'linish bilan bir qatorda sug'urta 

turlariga qarab ham xilma-xil bo'lishi  mumkin.  Iqtisodi rivojlangan 

mamlakatlar amaliyotida sug'urta bozori  ikkiga bo'linadi:

1)  Hayotni  sug'urta  qilish  bilan  bog'liq  sug'urta  xizmatlari 

bozori,

2)  Umumiy sug'urta xizmatlari  bozori.

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  sug'urta  bozorining  institutsional 

tarkibi, nafaqat sug'urtalovchidan va sug'urtalanuvchilardan iborat, 

balki yana shunday sub’ektlar ham mavjudki,  ularning  ishtirokisiz 

sug'urta bozorini,  ya’ni uning infratuzilmasini tasavvur qilish  qiyin.

Sug'urta bozorida sug'urta tashkilotlarining mavqyei nihoyatda 

kattadir.  O'z navbatida, sug'urtalovchilar mulkiy shakliga qarab, bir 

nechta  turda  bo'ladi  (davlat,  aksiyadorlik,  davlat-aksiyadorlik  va 

hokazolar). Sug'urta bozorida qayd etilgan qatnashchilardan tashqari 

o'zaro sug'urtalash jamiyatlari ham faoliyat ko'rsatishlari  mumkin.

Bu jamiyatlarning boshqa sug'urtalovchilardan farqi shundaki, 

ular  foyda  olish  uchun  intilmasdan,  ko'rilgan  zararni  o'zaro 

hamkorlikda  qoplashni  nazarda  tutadi.  Statistik  m a’lumotlar 

bo'yicha, o'zaro sug'urtalash jamiyatlari xalqaro sug'urta bozorida 

to'plagan  sug'urta  mukofoti  hamda  aktivlari  jihatidan  salmoqli

o ‘ringa ega.  AQSh  va Yaponiya  milliy sug'urta  bozorlarida o'zaro 

sug'urtalash jamiyatlarining soni jami  sug‘urta kompaniyalarining 

50  foizdan  ko‘prog‘ini tashkil  etadi.

Chet  mamlakatlar  sug'urta  bozorining  muhim  tarkibiy 

qismlaridan biri sug'urta brokerlaridir.  Brokerlar sug'urta agentlaridan 

farqli o'laroq, bir tomondan, sug'urtalovchining,  ikkinchi tomondan 

esa sug'urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. AQSh va Buyuk 

Britaniyada sug'urta brokerlari  instituti  nihoyatda taraqqiy etgan.

Jahon sug'urta bozori qayta sug'urtalovchi tashkilotlar mavjudligi 

bilan ham rang-barangdir. Sug'urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi 

tashkilotlar to'g'ridan-to'g'ri qayta sug'urtalovchilarsiz, qiymati yuqori 

turadigan ob’ektlami sug'urta himoyasiga ololmaydi.  Negaki, bunday 

ob’ektlarning  qiymati  alohida  bir  sug'urta  tashkilotining  butun 

moliyaviy qudratidan yuz martadan ortiq bo'lishi mumkin. Zamonaviy 

havo  laynerlari  va  suv  kemalari,  atom  elektr  stansiyalarini  bunga 

misol sifatida keltirish mumkin.  Xalqaro sug'urta bozorida «Koloniya» 

(Germaniya),  «Kyoln  qayta sug'urtalash jamiyati»  (Germaniya) va 

Shveytsariya qayta sug'urtalash jamiyati o'z nuftiziga ega va ishonchli 

hamkor sifatida katta obro'-e’tibor qozongan.

Shunday qilib, sug'urta bozori deganda, o'ziga xos tovar bo'lgan 

«sug'urta  xizmatlari»ni  old i-so td isi  bilan  bog'liq  iqtisodiy 

munosabatlar tushuniladi.

Sug'urta  bozori  professional  va  professional  bo'lm agan 

ishtirokchilarga bo'linadi.  O'zbekiston  Respublikasining «Sug'urta 

faoliyati  to'g‘risida»gi  qonuni  5-moddasida  «Sug'urta  bozorining 

professional  ishtirokchilari  sug'urta  faoliyatining  sub’ektlari 

hisoblanadi.  Sug'urtalovchilar, sug'urta vositachilari hamda boshqa 

yuridik  va jismoniy  shaxslar  qonun  hujjatlariga  muvofiq  sug'urta 

bozorining  professional  ishtirokchilari  hisoblanadilar»,  deb  qayd 

etilgan.

Sug'urta  bozorining  asosiy  professional  ish tirok ch isi- 

sug'urtalovchi hisoblanadi. Sug'urtalovchiga quyidagicha ta’rif berish 

mumkin: sug'urta shartnomasiga muvofiq, sug'urta tovoni (sug'urta 

puli)  to'lovini  amalga  oshirish  majburiyatini  olgan  yuridik  shaxs 

sug'urtalovchi deyiladi.

Sug'urtalovchi sug'urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish

va oldini olishga oid chora-tadbirlami maxsus vakolatli davlat organi 

tomonidan  belgilangan  tartibda  va  shartlarda  moliyalashtirishga 

haqlidir.

Sug'urtalovchilar  sug'urtani  amalga  oshirish  bilan  bevosita 

bog'liq  bo'lmagan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug'ullanishlari 

mumkin emas.  Quyidagilar bundan mustasnodir:

—  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilaydigan  tartib  va 

shartlardagi investitsiya faoliyati;

— sug'urta sohasidagi mutaxassislaming malakasini oshirish bilan 

bog'liq faoliyat;

— sug'urta agenti  sifatidagi sug'urta vositachiligi.

Sug'urta  bozori  professional  ishtirokchilari  tarkibiga sug'urta 

brokeri  va  sug'urta  agentini  ham  kiritish  mumkin.  Sug'urta 

qildiruvchining  nom idan  va  topshirig'iga  binoan  sug'urta 

shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo'yicha faoliyatni 

amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug'urta brokeri hisoblanadi.

O'zbekistonda sug'urta brokerlarining roli deyarli yo'q.  Sug'urta 

xizmatlarining aksariyati ularning ishtirokisiz amalga oshirilmoqda.

Sug'urta  kompaniyalari  o'rtasida  o'zaro  yoki  ixtisoslashgan 

qayta sug'urta kompaniyalari orasida qayta sug'urtalash xizmatlarini 

ko'rsatishda vositachi  rolini bajaruvchi qayta sug'urtalash brokerlari 

faoliyat  yuritishi  mumkin.  O'z  nomidan  va  qayta  sug'urta  qilish 

shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi 

sug'urtalovchining  topshirig'iga  binoan  qayta  sug'urta  qilish 

shartnomasining tuzilishini va  ijro etilishini  tashkil  qilish bo'yicha 

faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug'urta brokeri hisoblanadi.

O'zbekiston sug'urta vositachiligi tizimida sug'urta brokerlaridan 

farqli  ravishda  sug'urta  agentlari  faol  xizmat  ko'rsatayapti. 

Sug'urtalovchining  nomidan  va  topshirig'iga  binoan  sug'urta 

shartnomasining tuzilishi hamda ijro etilishini  tashkil qilish bo'yicha 

faoliyat  yurituvchi  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs  sug'urta  agenti 

hisoblanadi.

Sug'urtalovchining  boshqaruv  organlari  rahbarlari  sug'urta 

agenti bo'la olmaydilar.

Sug'urtalovchilar o'zlari vakolat bergan sug'urta agentlarining 

reestrlarini yuritishlari  lozim.

Qayta sug'urta kompaniyalari sug'urta bozorining professional 

ishtirokchisi  sifatida  sug'urta  tashkilotlarining  moliyaviy  holatini 

mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi.

Qayta  sug'urtalovchi-sug'urtalangan  riskni  qayta  sug'urtalash 

uchun  qabul  qilib  oladigan  yuridik  shaxs  hisoblanadi.  Qayta 

sug'urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. 

Sug'urta  kompaniyasi  ham  qayta  sug'urtalovchi  bo'lishi  mumkin. 

Jahondagi  eng  yirik  qayta  sug'urtalovchilar  guruhiga  Myunxen, 

Shveytsariya Kyoln qayta sug'urtalash jamiyatlari kiradi.  Hozirgi kunda 

O'zbekistonda qayta sug'urtalash kompaniyalari tashkil etilmagan.

Sug'urta bozorining asosiy professional  ishtirokchilari bo'lgan 

sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilarning ustav fondining eng 

kam  miqdori  quyidagilarga teng  bo'lishi  zarur:

—  um um iy  sug'urta  tarm og'ida  faoliyat  ko'rsatuvchi 

sug'urtalovchilar uchun  -  500,0 ming AQSh  dollari ekvivalentidagi 

summada;

—  hayotni  sug'urta  qilish  tarmog'ida  faoliyat  yurituvchi 

sug'urtalovchilar uchun-750,0  ming AQSh  dollari  ekvivalentidagi 

summada.

Sug'urtalovchilar Moliya vazirligidan sug'urta faoliyatini amalga 

oshirish huquqini beruvchi litsenziya olayotgan paytda ulaming ustav 

kapitali yuqorida ko'rsatilgan miqdorda shakllantirilgan bo'lishi shart. 

Ustav kapitalining kamida 90 foizi naqd pul ko'rinishida bo'lishi zarur. 

Majburiy  sug'urta  turlarini  amalga  obliiiibh  uchun  sug'urtalovchilar 

ustav  kapitalining  eng  kam  miqdori  1,0  mln.  AQSh  dollari 

ekvivalentidagi milliy valyutada shakllantirilgan bo'lishi talab etiladi.

Faoliyati  faqat  qayta  sug'urtalashdan  iborat  bo'lgan  qayta 

sug'urtalash  kompaniyalari  uchun  eng  kam  ustav  fondi  3,0  mln. 

AQSh  dollariga  teng  milliy valyutadagi summada bo'lishi  kerak.

23.6. Qayta sug‘urta

Qayta  sug'urtalash  sug'urtalash  uchun  risk  qabul  qilish  bilan 

bog'liq  iqtisodiy munosabatlar tizimi  (risklarni  birlamchi joylash- 

tirish)dir.  Sug'urtalovchi  muvozanatlashgan  sug'urta  portfelini 

yaratish  va  sug'urta  operatsiyalarining  moliyaviy  barqarorligini

ta’minlash  maqsadida qabul  qilib olingan  riskni  bir qismini  o'zaro 

kelishilgan holda boshqa sug'urtalovchiga berishi  (riskni ikkilamchi 

joylashtirish)  lozim.  Qayta  sug'urtalash  operatsiyalarini  asosan, 

ixtisoslashgan  qayta  sug'urtalash  kompaniyalari  amalga  oshiradi. 

Qayta sug'urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib 

olish)  ko'rinishida,  nisbiy va  nonisbiy shaklda  bo'ladi.

Ayrim  holatlarda  qayta  sug'urtalash  operatsiyalarini  amalga 

oshiruvchi broker ikkita tomon, ya’ni sug'urta kompaniyasi va qayta 

sug'urtalovchining kompaniyasi o'rtasidagi vositachidir.

Qayta  sug'urta  qilish  shartnomalari  bir  tomondan,  sug'urta 

kompaniyalari  o'rtasida  o'zaro  tuzilishi  yoki  ikkinchi  tomondan, 

sug'urta  kompaniyasi  va  ixtisoslashgan  qayta  sug'urta  qilish 

kompaniyasi o'rtasida tuzilishi  mumkin.  O'zbekiston  Respublikasi 

Fuqarolik kodeksining 354-moddasida «ikki yoki bir necha shaxsning 

fuqarolik  huquqlari  va  burchlarini  vujudga  keltirish,  o'zgartirish 

yoki  bekor  qilish  haqidagi  kelishuvi  shartnoma  deyiladi»-deb 

ko'rsatilgan.  Dastlab,  sug'urta  kompaniyasi  o'zining  moliyaviy 

qobiliyatini  mutahkamlash  maqsadida  qabul  qilib  olingan  riskni 

bir qismini boshqa sug'urta kompaniyasida yoki  ixtisoslashgan qayta 

sug'urta  qilish  kompaniyasida sug'urtalash  to'g'risida  qaror qabul 

qiladi.  Ushbu qaroming ijrosini ta’minlash maqsadida sug'urtalovchi 

ixtisoslashgan sug'urta kompaniyasiga murojaat  qiladi.  Agar qayta 

sug'urtalovchi  kompaniya  riskni  qayta  sug'urta  qilishga  rozilik 

bildirsa, ular o'rtasida qayta sug'urtalash shartnomasi tuziladi.  Shuni 

alohida  ta’kidlash  lozimki,  shartnoma  shartlarida,  unda  ishtirok 

etuvchi  tom onlarning  huquqlari  va  majburiyatlari,  olingan 

majburiyatlarning  bajarilishi  yuzasidan  javobgarlik,  shartnomani 

kuchga  kirishi,  amal  qilish  va  bekor  etilishi  qoidalari  mujassam 

bo'lishi  kerak.  Shuningdek,  shartnomada  qayta  sug'urtalash 

m ukofoti  miqdori  va  javobgarlik  hajmi  ko'rsatilishi  zarur. 

O'zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonun  hujjatlariga  ko'ra, 

qayta sug'urta qilishda sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini to'lash 

uchun asosiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalanuvchi oldida 

ushbu  shartnomaga  ko'ra  sug'urta  kompaniyasi  javobgar  bo'lib 

q olaveradi.  Biroq  a so siy   sug'urta  sh a rtn o m a si  b o 'y ich a  

sug'urtalanuvchi  hisoblangan  sug'urta  tashkiloti  sug'urta  hodisasi

yuz berishidan  oldin  tugatilgan  taqdirda,  uning  ushbu shartnoma 

bo'yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug'urta qilingan qismi 

qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchiga o'tadi.

Qayta sug'urta qilish shartnomalari bir qator o'ziga xos belgilarga 

ega  bo'lib,  savdo  va boshqa  turdagi  shartnomalardan tubdan  farq 

qiladi.  Shuning  uchun  ham  qayta  sug'urta  qilish  sohasini  nazariy 

jihatdan  qaysi  sug'urta  tarmog'iga  kiritish  yoxud  uni  mustaqil 

sug'urta sohasi sifatida qarash ancha bahs-munozaraga sabab bo'ladi.

Agar sug'urta hodisasi ro'y bersa, bu haqda sug'urta kompaniyasi 

qayta  sug'urtalovchi  kompaniyaga  darhol xabar qilishi  kerak.  O'z 

navbatida,  qayta  sug'urtalovchi  kompaniya  shartnomada  ko'zda 

tutilgan qoplamani to'lashi shart. Qayta sug'urta qilish kompaniyasi 

shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini to'la-to'kis bajarsa,  u holda 

shartnoma  ijro etilgan  hisoblanadi.

Sedent  riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni 

riskni qayta sug'urtalash  uchun  beruvchi sug'urta kompaniyasidir. 

Ikkilamchi  sedent  retrotsedent  deb  ataladi.  Qayta  sug'urtalashda 

sessiya atamasi ham  keng qo'llaniladi.  Sessiya sug'urta  riskini qayta 

sug'urtalashga berish jarayoni hisoblanadi.

Qayta  sug'urtalashning  fakultativ,  obligator  va  fakultativ- 

obligatorli  qayta  sug'urtalash  kabi  turiari  ham  mavjud.  Fakultativ 

qayta  sug'urtalash-nisbiy  qayta  sug'urtalash  shartnomasining  bir 

turi.  Fakultativ qayta sug'urtalashda har bir berilayotgan  risk bo'yicha 

alohida  shartnoma  tuziladi.  Sedent  har  bir  risk  bo'yicha  qayta 

sug'urtalash zarurmi yoki zarur emasligi masalasini  mustaqil ko'rib 

chiqadi.  O'z navbatida, qayta sug'urtalovchi ham sedentning taklifini 

qabul  qilishi  yoki  qabul  qilmasligi  mumkin.

Obligatorli  qayta  sug'urtalash  xalqaro  amaliyotda  ikki  xil 

ma’noni  bildiradi:

1) qayta sug'urtalashning  majburiy shakli.  Ayrim  mamlakatlar 

qon unchiligiga  ko'ra,  ushbu  mamlakat  hududida  faoliyat 

ko'rsatayotgan  barcha  sug'urta  kompaniyalari  qabul  qilgan 

risklarining  bir  qismini  majburiy  ravishda  qayta  sug'urtalash 

kompaniyasiga beradi.  Bu chora qayta sug'urtalash orqali chet elga 

valyuta  chiqib ketishining  oldini oladi;

2)  sug'urta  kompaniyasi  (sedent)  ma’lum  bir  sug'urta  turi

bo'yicha  riskni  qayta  sug'urtalovchiga  berishini  va  o'z  navbatida, 

qayta  sug'urtalovchi,  riskni  qabul  qilishni  nazarda  tutuvchi  qayta 

sug'urtalash shartnomasi.  Fakultativ-obligator shartnomasi — sedent 

qayta sug'urtalovchi  bilan kelishgan toifadagi  har qanday sug'urta 

riskini  berishi,  qayta  sug'urtalovchi  esa  ularni  qabul  qilishi  shart 

ekanligi  haqidagi qayta sug'urtalash shartnomasidir.

Qayta sug'urta qilish operatsiyalari  nisbiy va nonisbiy shaklda 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling