A. V. Vahobov, T. S. Malikov
amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug'urta qilishga nisbatan nisbiy
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug'urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug'urtalash ancha ilgari paydo bo'lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta sug'urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug'urtalash deb ham atash qabul qilingan. Nisbiy qayta sug'urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug'urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug'urta kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida, oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug'urtalash mukofotining va sug'urta kompaniyasining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug'urta qilishning prinsipi «qayta sug'urtalovchi sedentning riskini bo'ladi» degan ma’nodan iborat. Sug'urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug'urtalashning quyidagi shakllari mavjud: • kvotali qayta sug'urta qilish; • ekssedent qayta sug'urta qilish; • kvotali-ekssedent qayta sug'urta qilish. Nonisbiy qayta sug'urta qilishda qayta sug'urtalovchining sug'urta mukofoti va qoplamasidagi foizlardagi ishtiroki prinsipi qo'llanilmaydi. Nisbiy qayta sug'urta qilishda tomonlarning manfaati bir-biriga mos keladi. Qayta sug'urta qilish shartnomasiga xos bo'lgan belgilardan biri qayta sug'urta qilish bo'yicha sug'urta mukofotlarini qaytarib o lish xarakteriga ega ek an ligid ir. Q ayta sug'urta q ilish munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida xalqaro va m illiy darajalarda foydalaniladigan qayta sug'urta qilish shartnomalarining bir necha xillari shakllangan. Ular quyidagilardir: • fakultativ qayta sug'urta qilish; • obligatorli qayta sug'urta qilish; • fakultativ-obligatorli qayta sug'urta qilish; Yuqorida qayd qilingan qayta sug'urta qilish shartnomalaridan eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qoilanib kelinayotgani fakultativ qayta sug'urta qilish shartnomalaridir. Mazkur shartnomaning ijobiy tomoni, riskni qayta sug'urtaga beruvchi — sug'urta kompaniyasi ham, qayta sug'urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni o'ziga olib qolish yoki qabul qilish masalalarini mustaqil hal qiladilar. Aksincha, obligatorli qayta sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha sug'urta kompaniyasi qabul qilib olingan har bir riskning tegishli qismini qayta sug'urta kompaniyasiga berishi shart. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati nimadan iborat? • Sug'urta qanday pul munosabatlarining yig'indisi hisoblanadi? • 2002 yilning 5 aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonunning 3- moddasida sug'urtaga qanday ta’rif berilgan? • Sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida qanday prinsiplarga asoslanadi? • Sug'urtaga qanday funksiyalar xos? • Sug'urta qanday shakllarda amalga oshiriladi? • Sug'urtaning maqsad va vazifalari mustaqillik yillarida tom ma’noda qanday o'zgardi? • Sug'urta o'z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o'tgan? • tijoratga asoslanmagan sug'urtaning o'ziga xos xususiyatiari nimalardan iborat? • tijorat sug'urtasi paydo bo'lishining bosqichlari qanday davrlarni o'z ichiga oladi? • Sug'urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar qanday yo'nalishlarda namoyon bo'ladi? • Sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qanday turlarga bo'lish mumkin? • «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonunning asosiy mazmuni nimalardan iborat? • Yuridik shaxslaming qanday mol-mulklari bilan bog'liq mulkiy manfaati sug'urta ob’ekti sifatida qabul qilinishi mumkin? • Yuridik shaxslar mol-mulkining sug'urtasida sug'urta ob’ekti bo'lib nima xizmat qiladi? • Yuridik shaxslar mol-mulkini sug'urtalash bo'yicha shartnoma nimalar asosida tuziladi? • Yuridik shaxslaming mol-mulki qanday hodisalarning ro'y berishi natijasida yetkazilgan zarardan sug'urta qilinadi? • M o l-m u lk la r n i su g 'u rta q ilish su g'u rta fa o liy a ti klassifikatorining qaysi klasslarida ko'rsatilgan? • Yuridik shaxslar mol-mulkini sug'urtasi bo'yicha tuzilgan sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urtalanuvchi qanday huquqlarga ega? • Yuridik shaxslar mol-mulkini sug'urtasi bo'yicha tuzilgan shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin? • Yuridik shaxslaming mol-mulki sug'urtasida sug'urtachining sug'urta qoplamasini to'lash bo'yicha majburiyati qachon boshlanadi? • Sug'urta hodisasi ro'y berganda korxona qanday chora- tadbirlarni amalga oshiradi? • Sug'urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida to'lanadi? • Yuridik shaxslaming mol-mulki sug'urtasini rivojlantirish muammolari haqida so'zlab bering. • Mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha nimalar sug'urtalanishi mumkin? • Shaxsiy sug'urta shartnomasi tuzishda sug'urta qildiruvchi bilan sug'urtalovchi o'rtasida nimalar to'g'risida kelishuvga erishilishi lozim? • Shaxsiy sug'urta, odatda, fuqarolami qanday xavf-xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi? • Ixtiyoriy shaxsiy sug'urta turlariga nimalar kiradi? • Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug'urtaning turiari nimalardan iborat? • Sug'urta summasini olish uchun sug'urtalangan shaxslar sug'urtalovchiga qanday hujjatlarni taqdim etishi shart? • Javobgarlik sug'urtasi nima? • Javobgarlik sug'urtasi mazmun-mohiyati jihatidan nechtaga bo'linadi? • Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qanday turlardan iborat? • O'zbekiston sug'urta bozorida javobgarlikni sug'urta qilishning qanday turiari amalga oshirilmoqda? • Sug'urta bozori deganda nima tushuniladi? • Sug'urta bozori qanday ishtirokchilarga bo'linadi? • Sug'urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga yana kimlarni kiritish mumkin? • Sug'urta bozorida sug'urta kompaniyalarining mavqyei qanday? • Qayta sug'urta yoki qayta sug'urtalash deyilganda nimalar nazarda tutiladi? • Qayta sug'urta qilish shartnomalari qanday o'ziga xos belgilar ga ega? • Sedent va retrotsedent nima? • Fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug'urtalash deyilganda nimalar tushuniladi? • • Sug'urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug'urtalashning qanday shakllari mavjud? 24-B O B . UY XO'JALIKLARI MOLIYASI 24.1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo'jaliklari moliyasi Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo'jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo'ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo'jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalaming) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o'zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tom ondan esa, uy xo'jaliklari iqtisodiyotda tovariar va xizmatlami iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o'zida, uy xo'jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg'aradi, real va moliyaviy aktivlami sotib olish orqali moliyaviy rezervlami yaratishda ishtirok etadi, soliq to'lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o'ynaydi. Odatda, «uy xo'jaligi» atamasidan milliy statistikada aholidan (fuqarolar to'plamidan) iborat bo'lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BM T) tomonidan tavsiya etilgan M illiy hisoblar tizimining (M HT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo'jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o'zlarining daromadlari va boyliklarini to'liq yoki qisman o'tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovariar hamda xizmatlami, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilaming katta bo'lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi)57. 57
Bu to‘g‘rida batafsil qarang: Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Под общ. ред. А.Г.Грязновой. - М.: 2002. С. 299. Ayrim hollarda o ‘zbek iqtisodiy adabiyotda «uy xo'jaligi» atamasining «xonadon» yoki «oila» atamalari bilan almashtirilishiga yo‘1 qo'yilmoqda. Shunga mos ravishda «uy xo'jaligi moliyasi» iborasining o'rniga «xonadon moliyasi» va «oila moliyasi» iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda58. Shu munosabat bilan «oila» yoki «xonadon»ni «uy xo‘jaligi»dan ajratmoq (farqlamoq) lozim. Eng avvalo, «uy xo'jaligi» aniqlilik darajasining «oila»ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o'tmoq lozim. Masalan, o'zlarining o'g'illariga tegishli bo'lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo'jaligining a’zolari bo'lsalar-da, uning oilasi boiolm aydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo'jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kirolmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo'jaligi qarindosh bo'lmaganlami ham o'z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo'lishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo'jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo'laolmaydi. Buning ustiga, uy xo'jaligining miqdoriy tarkibi ham o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo'jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o'zida, o'zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xo'jaligi bo'lib hisoblanishi mumkin. Uy xo'jaligini xo'jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi m e’zonlar asosida amalga oshirilmog'i lozim: • birgalikda (bir joyda) yashash; 5X Ming afsuski, bunday holatlarda o‘zbek tilining boyligi, uning rang-barangligi va serqirraligi, asossiz ravishda, su’iste’mol qilinmoqda. Ona tilimizda turli shakl va mazmunda ishlatilishi lozim bo‘lgan hamda shunga mos ravishda turli ma’no va mohiyatlami anglatishga xizmat qiluvchi so‘z, ibora, atama va tushunchalar o‘rtasida yetti o‘lchab, bir kesilmasdan, oxir-oqibatini sira o‘ylamasdan, mas’uliyatsizlik bilan barobarlik yoki tenglik belgisining qo‘yib yuborilayotganligi, turli chalkashliklarni, noaniqliklarni va yetarli darajada asoslanmagan, ayrim hollarda esa, mutlaqo xato boMgan xulosalarni keltirib chiqarib,fanimizning, jumladan, moliya fanining rivojlanishiga ham jiddiy zarar yetkazmoqda, o‘quvchilami noto‘g‘ri yo‘lga boshlab yubormoqda. • umumiy byudjetning mavjudligi; • iqtisodiy qarorlami birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. Uy xo'jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo'jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg'arish uchun pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga oid bo'lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e ’tiborga olgan holda uy xo'jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo'jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg'arish uchun pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, ulami taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo'lgan iqtisodiy (m oliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xo'jaliklari moliyasi deyiladi (1). Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosa batlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu o'rinda gap «uy xo'jaliklari moliyasi» kate- goriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni to'g'risida ketmoqda. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo'jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: o'zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo'jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag'lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xo'jaliklari moliyasi deb ataladi (2)59. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo'jaliklari o'zlarining ichida va o'zlariga nisbatan tashqi bozor sub’ektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bo'ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xo'jaliklarida mavjud bo'lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo'lish mumkin: • ichki; • tashqi. Individlar — uy xo'jaligi a ’zolarining ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bo'lgan) pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni 5’ Ushbu betda keltirilgan (1) va (2) ta’riflar shaklan bir-biridan biroz farq qilsa-da, mazmunan yoki mohiyatan bir narsaga — uy xo‘jalik!ari moliyasining mohiyatini, uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi va bir-birini to‘ldiradi, boyitadi. ushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) o'rtasida vujudga keladigan m unosabatlar uy xo'jaligining ichki m oliyaviy munosabatlari hisoblanadi. Uy xo'jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan bo'lgan o'zaro aloqalari orqali namoyon bo'ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xo'jaliklari bevosita o'zaro bog'langan: firmalarda iqtisodiy resurslami taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo'jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan o'z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o'zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang'ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, o'z navbatida, iste’molning shakllanishi, ko'lami va tarkibiy tuzilmasiga, to'lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xo'jaliklari tomonidan jamg'arish funksiyasining amalga oshirilishiga to'g'ridan-to'g'ri o'z ta’sirini ko'rsatadi. Davlat va uy xo'jaliklari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda nobyudjet fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlami ifodalaydi. Uy xo'jaliklarining daromadlari va mol- mulklari soliqqa tortilish ob'ekti sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xo'jaliklarining turli guruhlari o'rtasida qayta taqsimlaydi. Uy xo'jaliklari va davlat o'rtasidagi moliyaviy munosabatlami amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xo'jaliklariga tegishli bo'lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlaming bu sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentatsiya qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo'jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to'g'risida, ularni sarflashning o'lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo'jaliklariga tegishli bo'lgan daromad va yakuniy (oxiigi) iste’molning o'lchamiga (ko'lamiga) ta’sir etishi mumkin. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: • soliq orqali tartibga solish (tartiblash); • mehnat haqini to'lash stavkalarini o'rnatish (belgilash); • birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash); • imtiyozlar tizimi; • sog'liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish; • va boshqalar60. Uy xo'jaliklarining o'zlari o'rtasidagi (uy xo'jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy xo'jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslaming harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan muno sabatlar sifatida qaraladi. • Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi. Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilami kiritish mumkin: • fermer xo'jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; • iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko'rsatuvchi fondlar; • uy xo'jaliklari o'rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; • uy xo'jaliklari sektori doirasida (chegarasida) hamkorlikdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa munosabatlar. Uy xo'jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o'zaro aloqalari moliyaviy munosabatlaming alohida guruhini ifodalaydi. Ularning kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo'jaligi byudjeti defitsitini to'ldirish (iste’mol krediti vositasida, yordamida), bo'sh turgan pul mablag'larini bank hisob varaqlarida joylashtirish yoki ularni saqlash va jamg'arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga qo'yish orqali namoyon bo'ladi. Uy xo'jaliklarining sug'urta 60
Keyingi yillarda ayrim mamlakatlarda natural shakldagi ijtimoiy transfertlar uy xo‘jaliklari oxirgi (yakuniy) iste’moli tarkibiy tuzilishining 15%dan ko‘proq boigan qismini tashkil etayotir. Bu uy xo‘jaliklariga xizmat ko'rsatayotgan davlat muassasalari va notijoriy tashkilotlaming maorif, sog‘liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo'jaligi, madaniyat va san’atdagi taqdim etilgan moddiy imtiyozlaridan iborat.
kompaniyalari bilan bo'ladigan munosabatlari esa turli ko'rinishdagi sug'urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida namoyon bo'ladi. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali nam oyon Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling