A. V. Vahobov, T. S. Malikov


  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari  (1995—1999).  -   Toshkent


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75

69 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari  (1995—1999).  -   Toshkent: 

Adolat,  2000.  12-b.

valyuta nazoratini amalga oshirish masalalari yuzasidan tartib ishlab 

chiqishdi.

«Valyutani  tartibga  solish  to ‘g‘risida»  va  «Tashqi  qarzdorlik 

to 'g ‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Q onunlariga  m uvofiq, 

Markaziy bank tom onidan kapitalning harakati bilan bog'liq valyuta 

operatsiyalarini ro'yxatga olish, yuridik va jismoniy shaxslarga xorijda 

hisob  raqam lar  ochishga  ruxsat  berish  tartibi  to'g'risidagi  nizom  

ham  ishlab chiqildi.

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asining  1994 yil  7 

oktyabrdagi 499-sonli «O'zbekiston  Respublikasida valyuta bozorini 

rivojlantirishga qo'shim cha chora-tadbirlar to'g'risida»gi  qaroriga 

muvofiq,  1994  yil  15  oktyabrdan  boshlab,  respublika  hududida, 

shu jum ladan, xorijiy fuqarolarga erkin ayirboshlanadigan valyutada 

savdo  qilish  va  xizm at  ko'rsatish  q at’iyan  m an  etilishi  milliy 

valyutamizning to ‘lov vositasi sifatidagi rolini oshishiga olib keldi. 

O 'zbekiston Respublikasida huquqiy shaxs-rezident va norezident 

o'rtasidagi  barcha to'lovlar va  hisob-kitoblar faqat  milliy valyuta- 

so'm da amalga oshirila boshlandi.

Shu  bilan  birga,  M arkaziy  bank  to m o n id an   O 'zbekiston 

Respublikasi milliy valyutasida  norezidentlarning hisobraqamlarini 

vakolatli  banklar  tom onidan  yuritilishi  va  undan  eksport-im port 

operatsiyalari bo'yicha  hisob-kitoblarda  foydalanish  tartibi  ishlab 

chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining  1996 yil 24 oktyabrdagi 

«Respublikada  naqd  xorijiy  valyuta  muom alasini  tartibga  solish 

choralari to'g'risida»gi va  1998 yil 20 martdagi  «Jismoniy shaxslar- 

ning naqd xorijiy valyutani olib  kelishi va olib chiqib ketishini ta r­

tibga  solish  chora-tadbirlari  to 'g ‘risida»gi  Farm onlarini  chiqishi- 

dan  so'ng,  respublikada  naqd  chet  el  valyutasining  muomalasini 

tartibga  solish,  jism oniy  shaxslar  tom onidan  naqd  valyutalarni 

chegaradan  olib  kirish  va  olib  chiqish  tartibini  erkinlashtirish 

bo'yicha qo'shim cha chora-tadbirlar qabul  qilindi70.

Respublika hududidan tashqariga naqd xorijiy valyutalarni olib 

chiqib  ketish  jism oniy  shaxslar-rezidentlarga  1500  AQSh  dollari



70 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari  (1995—1999).  —  Toshkent: 

Adolat,  2000.  12-b.

ekviva71.  Bundan  oldingi  amal  qilgan  qonunchilik  hujjatlarida  bu 

m iqdor 500  AQSh dollarini  tashkil  etgan  edi.

Shu  bilan  birga,  awalgi  qonunchilikdan  farqli  o'laroq,  y a’ni 

Markaziy bank va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankidan tashqari, 

naqd  xorijiy  valyutani  olib  chiqib  ketishning  chegara  m iqdoridan 

ortig'ini  olib  o'tishga  ruxsat  berish  huquqi  xorijiy  valyuta  bilan 

operatsiyalar amalga oshirish  huquqini  beruvchi bosh  litsenziyaga 

ega bo'lgan barcha vakolatli banklarga berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  1998 yil 23 sentyabrdagi 

«Jism oniy  sh ax slam in g  xorijiy  valyutadagi  ja m g 'a rm a la rin i 

rag'batlantirish  yuzasidan  chora-tadbirlar  to'g'risida»gi  Farm oni 

vakolatli  banklarga  fuqarolaming  valyuta  mablag'larini jalb  qilish 

maqsadida mijozlarga jamg'armalarni saqlash va qaytarish yuzasidan 

kafolatlar, jam g'arm a bo'yicha o'sib boruvchi (progressiv) shkaladagi 

foiz  stavkalarini  kiritish,  jismoniy  shaxslaming  xorijiy  valyutadagi 

operatsiyalari  yuzasidan  bank  siriga  qat’iy  rioya  etishni joriy  etish 

tavsiya  etildi72.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  Milliy  banki va  M arkaziy 

bankning  maxsus  ruxsatnomasiga  ega  bo'lgan  boshqa  vakolatli 

banklarga  jism oniy  shaxslarga  talab  qilib  olinguncha  valyuta 

hisobraqami  ochish  huquqi  berildi.  Ushbu  Farmonga  muvofiq, 

vakolatli  banklar  tom onidan  jismoniy  shaxslaming  mablag'larini 

xorijiy  valyutadagi  hisob  raqamlarga  va  omonatlarga jalb  qilishni 

rag'batlantirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ichki valyuta bozorini yanada  rivojlanishiga  Prezidentning  1995 

yil  27  iyundagi  «O'zbekiston  Respublikasi  milliy valyutasini  ichki 

konvertirlanishini  yanada  kengaytirish  yuzasidan  chora-tadbirlar 

to'g'risida»gi  Farm oni  turtki  bo'ldi.  Unga  muvofiq,  respublikada 

so 'm d a g i  m a b la g 'la m i  erk in   a y irb o sh la n a d ig a n   v a ly u ta g a  

konvertatsiyalashning amaliy tizimi  kiritildi.

Valyuta  resurslaridan  foydalanish,  birinchi  navbatda,  xalq 

iste’moli mollari va eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqarish bilan 

mashg'ul bo'lgan, respublika iqtisodiyotining bazaviy hamda yetakchi 

tarmoqlarida ustuvor loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan

71

  2003  yil  1  avgustdan bu  chegara 2000 AQSh  dollarigacha bo‘lgan  miqdorga oshirildi.

72

  Qat’iy rioya etishni joriy etish tavsiya etildi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

Farmonlari  (1995-1999).  —Toshkent:  Adolat,  2000.  227-b.


(shu jum ladan,  chet  el  kapitali  ishtirokidagi)  korxonalarga,  xorijiy 

investorlar foydasining  muayyan  qismi  va  dividendlar  —  so‘mlarni 

erkin ayirboshlanadigan valyutaga imtiyozli  ravishda konvertatsiyalash 

ta ’minlandi.

1996  yilda  erkin  ayirboshlanadigan  valyutadagi  investitsion 

loyihalarni  kreditlash  m asalalarini  tartibga  soluvchi  m e ’yoriy 

hujjatlarni chop etilishi va so‘ngra vakolatli banklar tom onidan kichik 

va o'rta biznes sub’ektlarini xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibini 

qabul qilinishidan keyin korxonalar va xususiy tadbirkorlar eksportga 

yo'naltirilgan ishlab chiqarishni  rivojlantirish maqsadida qo'shim cha 

valyuta  resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldUar.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar M ahkamasi­

ning  1996  yil  13  martdagi  95-sonli  «Tashqi  savdo  operatsiyalarini 

amalga  oshirishda  xorijiy  valyutadagi  mablag'lardan  foydalanish 

ustidan  nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 

1996  yil  19  noyabrdagi  405-sonli  «Xalq  iste’moli  mollarini  im port 

qilishda markazlashgan valyuta resurslaridan foydalanish samarador­

ligini oshirish to'g'risida»gi qarorlariga muvofiq, jahon bozori talabiga 

javob bermaydigan sifatsiz va noraqobatbardosh  mahsulotlardan ichki 

bozorni  himoya  qilish,  mahsulotlar  importining  sifatini  oshirish 

yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.  «Valyutani tartibga solish 

shartlari,  shu jum ladan,  konvertatsiya  tartib-qoidasi  ayni  shunday 

mollarning ko'plab  keltirilishiga to'sqinlik  qildi»73.

1997  yildan  boshlab,  respublikada  birjadan  tashqari  valyuta 

bozorini rivojlanishi va barqaror faoliyat yuritishi  yuzasidan davomli 

zaruriy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.  Bunda so'm  m ablag'lam i erkin 

ayirboshlanadigan  valyutaga  konvertatsiyalash  bevosita  vakolatli 

banklar tom onidan amalga oshirilmoqda.  Birjadan tashqari valyuta 

bozorida  operatsiyalar  am alga  oshirishning  m anbalari  b o'lib 

markazlashtirilm agan  eksportdan  tushgan  valyuta  tushum ining 

muayyan  qism idan  m ajburiy  sotuv,  vakolatli  banklarning  o 'z  

mablag'lari,  shuningdek,  mijozlaming  depozitlari  va  boshqa jalb 

qilingan valyuta m ablag'lari hisoblanadi.

73 

Yangayev K.K. va boshq.  Mustaqillikni  mustahkamlash  omili yoki  valyuta va kreditlar 

nimalarga  yo‘naltirilmoqda?  / /   Bozor,  pul  va  kredit.  -   Toshkent,  1997.  -   N

96

.  7-b.


Ichki  valyuta  bozorini  vujudga  keltirish  va  uni  rivojlantirish 

bo'yicha amalga  oshirilgan amaliy  ishlar valyuta  siyosatida  keskin 

o 'zg arish larn i  am alga  oshirishga  zam in  y aratdi.  1993  yilda 

O'zbekiston hududidagi hisob-kitob rubllarining ayirboshlash kursi 

Markaziy  bank  tom onidan  Moskva  banklararo  valyuta  biijasi 

savdolari  natijasida  Rossiya  banki  tom onidan  o'm atilgan  kursga 

muvofiq aniqlanar edi  (o'sha  vaqtdagi  Rossiya  Federatsiyasi  bilan 

tuzilgan ketishuvga muvofiq). Valyuta bozorini rivojlantirish va oltin- 

valyuta zaxiralarini shakllantirish yuzasidan qabul qilingan  chora- 

tadbirlar  1994  yil  15  apreldan  boshlab,  O'zbekiston  Respublikasi 

valyuta birjasida uzluksiz savdolarni amalga oshirilib turilishiga olib 

keldi.  Bunda  savdo  natijalariga  muvofiq,  aw al  so'm -kuponlar, 

so'ngra so'm larning xorijiy valyutalarga nisbatan kursi e io n  qilinib 

turildi.


H o zirgi  dav rd a  m illiy  valyuta  b o z o rin i  e rk in la s h tirish  

O 'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining  2001  yil  22 

iyundagi  263-sonli «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora- 

tadbirlari  to'g'risida»gi va  2001  yil  10  iyuldagi  294-sonli  «Birjadan 

tashqari  valyuta  bozori  faoliyat  ko'rsatishini  tashkil  etish  chora- 

tadbirlari  to'g'risida»gi  qarorlarining  talablari  doirasida  amalga 

oshirilmoqda.

Shundan  so'ng,  ishlab  chiqilgan  bosqichma-bosqich  chora- 

tadbirlar majmui  doirasida awal faqatgina O'zbekiston  Respublikasi 

valyuta birjasida so'm   mablag'lami xorijiy valyutaga konvertirlash- 

ning sezilarli qismi biijadan tashqari valyuta bozoriga ham ko'chirildi.

O 'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asining  2000  yil 

28  apreldagi  171 -sonli  «Valyuta  va eksport-im port  operatsiyalari 

bo'yicha  hisob va hisobot tartibini  takomillashtirish to'g'risida»gi 

qaroriga  muvofiq,  aprelning  oxiriga  kelib  am alda  bo'lgan  turli 

valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo'llanilgan  rasmiy kurs, 

biija kursi va birjadan tashqari  ayirboshlash kurslari  unifikatsiya- 

lashtirildi.

Shuningdek,  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

2000 yil  29  iyundagi 245-sonli  «Birjadan tashqari valyuta bozorini 

yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 

va  2000  yil  30  iyundagi  250-sonli  «Valyuta  bozorini  yanada



erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga 

doir  chora-tadbirlar  to ‘g‘risida»gi  qarorlariga  muvofiq,  vakolatli 

banklarga  2000  yil  1  iyuldan  biijadan  tashqari  valyuta  bozoridagi 

savdoda xorijiy valyutalarni xarid qilish va sotish  kurslarini mustaqil 

tarzda  aniqlash  huquqi  berildi.  Markaziy bank  litsenziyasi  egalari

— importyorlarga valyutalarni sotish, eksportyorlaming bo‘sh valyuta 

m ablag'larini sotib olish va ayirboshlash shoxobchalari  orqali naqd 

xorijiy  valyutalar  b ilan  o p eratsiy ala r  talab   va  tak lif  asosida 

o'rnatilayotgan kurs bo'yicha amalga oshirila boshladi74.

T a’kidlash lozimki,  2000 yil 26 mayda  O'zbekiston Respublikasi 

«Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi  (yangi  tahrirda)  Qonunining 

qabul  qilinishi  bilan  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligida  xo'jalik 

yurituvchi sub’ektlarni tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida 

ro'yxatga olish  bekor qilindi.

O'zbekiston  Respublikasining  yangi  tahrirdagi  (2003  yil  11 

dekabr)  «Valyutani  tartibga  solish  to'g'risida»gi  Q onunining  20- 

moddasiga  muvofiq,  O 'zbekiston  Respublikasi  M arkaziy  banki, 

Moliya vazirligi,  Davlat soliq qo'mitasi va Davlat bojxona qo'm itasi 

O'zbekiston Respublikasida valyutaviy nazoratni amalga oshiruvchi 

organlar  hisoblanadi.  Lekin  Q onunda  har  bir  valyutaviy  nazorat 

organining  o'z  vakolati  doirasidagi  huquq  va  majburiyatlari  aniq 

ko'rsatilmagan.  Shu sababli, valyutaviy nazoratni amalga oshirishda 

takrorlanishlar,  ayrim  nazorat  organlarining  vakolati  doirasidagi 

vazifalami  boshqa  sub’ektlarning  zimmasiga  yuklash  hollari  yuz 

bermoqdaki, buning oqibatida valyutaviy nazoratning samaradorligi 

pasaymoqda.  Bu  boradagi  ana  shunday  dolzarb  m uam m olardan 

biri  eksport-im port shartnom alarini  ro'yxatga olish,  ular bo'yicha 

to 'lo v lam in g   hisobini  yuritilishini  m am lak atim izn in g   tijo rat 

banklarining zimmasiga yuklatilganligi hisoblanadi.  Holbuki,  tijorat 

banklarida  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatini  nazorat  qilish 

funksiyasi  mavjud  emas.

Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti tamoyillarining bosqich- 

ma-bosqich qaror topib borishiga m onand tarzda respublikamizda 

valyutani  tartibga  solishning  bozor  instrum entlari  rivojlanadi  va



74 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  qarorlari  to‘pIami.  -   N

26

,  2000.  34-b.

643

bu, o'z navbatida,  mamlakatimiz valyutani tartibga solish tizimining 

takomillashishiga xizmat  qiladi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  X alqaro  m oliya  n im alar  bilan  b o g ‘liq  m u n o sab atlam i 

o'rganadi?

•  Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta ’sir 

etgan sezilarli o'zgarishlar sifatida  nimalarni ko'rsatish  mumkin?

•  XXI  asr  b o ‘sag‘asida  ja h o n   iqtisodiyotida  qanday  asosiy 

tarkibiy tendensiyalar kuzatildi?

•  XTTBning  Kelishuvlar  moddasining  1-moddasiga  muvofiq 

uning maqsadlari  sirasiga  nim alar kiradi?

•  XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, 

uning maqsadlari  nimalardan  iborat?

•  XVFning  kreditlash  dasturlarini  qanday  kategoriyalarga 

ajratish  mumkin?

•  Valyuta  kursi  inflyasiyani  hisobga  olishiga  k o 'ra  qanday 

almashuv kurslariga bo'linadi?

•  Milliy valyuta  kursining  qanday asosiy  rejimlari  mavjud?

•  Valyuta bozori  nima?

•  Valyuta  bozorlarini  qanday  belgilarga  muvofiq  tasniflash 

mumkin?

•  Birjadan  tashqari  valyuta  bozorida  qanday  operatsiyalar 



amalga oshiriladi?

•  To'lov balansi  nima va uni tartibga solish yo'llari nim alardan 

iborat?

•  Iqtisodiy adabiyotlarda to'lov balansi m oddalarining qanday 



asosiy analitik guruhlari ajratib ko'rsatiladi?

•  T o'lov  balansining  davlat  tom onidan  tartibga  solishning 

zarurligi  qanday sabablar bilan  izohlanadi?

•  To'lov balansida defitsit mavjud boigan davlatlar tom onidan, 

eksportni rag'batlantirish,  import qilinayotgan tovarlarni kam ayti­

rishga,  xorijiy kapitalni jalb  qilishga,  kapitalni  olib  chiqib  ketishni 

chegaralashga qaratilgan qanday tadbirlar qo'llaniladi?


•  «Xalqaro  hisob-kitoblar»  tushunchasi  o ‘z  ichiga  nimalarni 

qamrab oladi?

•  Xalqaro  hisob-kitoblarning samaradorligiga  qanday  omillar 

ta ’sir qiladi?

•  Tashqi  savdo  shartnom alarida  valyuta-moliyaviy  va  to ‘lov 

shartlari sirasiga nim alar kiradi?

•  Tovariar bahosini  shartnom ada belgilashning qanday asosiy 

usullari mavjud?

•  X alqaio hisob-kitoblar qanday guruhlarga bo'linadi?

•  Hujjatlashtiriladigan toiovlarga nim alar kiradi?

•  Hujjatlashtirilmaydigan to'lovlar nim alardan  iborat?

•  Bank o'tkazm asi nima va uni amalga oshirish tartibi qanday?

•  Inkasso bo'yicha  hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi?

•  Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli nima va u qanday amalga 

oshiriladi?

• Akkreditivning  qanday  ko'rinishlari  mavjud  va  uni  qanday 

tasniflash  maqsadga  muvofiq sanaladi?

•  Xalqaro  kredit  nim a  va  u  xalqaro  kredit  m unosabatlarini 

tashkil  qilishning qanday tamoyillarga asoslanadi?

•  Xalqaro  kredit qanday funksiyalami  bajaradi?

•  Xalqaro  kredit  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  qanday 

yo'nalishlar orqali  tezlashtiradi?

•  Xalqaro  kredit  shakllarini  qanday  turlarga  bo'lib  guruhlash 

mumkin?


•  Xalqaro kreditni  ko'rinishi bo'yicha qanday asosiy shakllarga 

bo'lib  ko'rsatish  mum kin?

•  O 'zbekiston  Respublikasida valyuta munosabatlarini tartibga 

solishning qanday o'ziga xos xususiyatiari  mavjud?



M oliyaga  o id   a ta m a   v a  ib o r a la m in g   izohli  lu g ‘ati

A

Aktuar  hisob-kitoblar 

(sug'urtada)  —  tarif  stavkalarini  hisob- 

kitob  qilishning  iqtisodiy-matematik  metodlari  majmui.  Sug'urta 

fondini vujudga keltirishda (yaratishda) har bir sug'urtalanuvchining 

(sug'urta qiluvchining)  ishtirok etish salmog'ini aniqlab beradi, ya’ni 

tuzilgan  su g 'u rta  shartnom asiga  muvofiq  ta rif  stavkalarining 

o'lchamini  aniqlaydi.



Aksionerlik jamiyati 

—  xo'jalik  yuritishning  tashkiliy-huquqiy 

shakllaridan  biri.  Uning  kapitali  aksiyalarni  joylashtirish  orqali 

shakllanadi.  Aksionerlik  jamiyatlari  pul  jamg'armalarining  ishlab 

chiqarish  investitsiyalariga  aylanishiga  imkon  beradi.  Aksiyalarni 

chiqarish  kapitalni  mobilizatsiya  (jalb)  qilishning  eng  samarali 

shakllaridan  biridir.  Bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda 

bu korxonalar faoliyat ko'rsatishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli 

hisoblanadi.

Aksiya 

—  aksionerlik  ja m iy atin in g   kapitaliga  ulu shn in g 

kiritilganligi  xususida  m a’lum ot  va  uning  egasiga  dividend 

ko'rinishidagi  daromadni  olish  huquqini  beruvchi  qimmatli  qog'oz.

Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlar kursi — aksiya, 

obligatsiya va boshqa qimmatli  qog'ozlaming fond biijasidagi bahosi. 

Kurs  dividend,  foiz  miqdoriga  to'g'ri  va  ssuda  foizining  darajasiga 

teskari  proporsional  bog'liqlikda  bo'ladi.



Amortizatsiya  fondi 

-   m ah su lo tn ing   tan n arx i  tarkibiga 

kiritiladigan   am ortizatsiya  ajratm alari  hisobidan  korxonada 

yaratiladigan  (vujudga  keltiriladigan,  shakllantiriladigan)  pul 

mablag'lari  fondi.

Aylanma  kassa  mablag‘i  m e’yori 

—  m o liy a   y ilid a  

Qoraqalpog'iston Respublikasi  byudjeti va mahalliy byudjetlar hisob 

varaqlarida  turishi  mumkin  bo'lgan  pul  m ablag'larining  qonun 

hujjatlari  bilan  belgilanadigan  eng  kam  miqdori.

Aksizlar 

—  keng  iste’mol  tovarlari  va  xizmatlaridan  olinadigan 

egri  (bilvosita)  soliqlaming  turlaridan  biri.  Tegishli  mahsulotning 

bahosi,  xizmatning  haqi  yoki  tarifning  tarkibiga  kiritiladi.  Odatda 

yuqori  rentabelli  mahsulotlami  ishlab  chiqaruvchilaming  yuqori


foydasini  byudjetga olish uchun sotilayotgan  mahsulotlaming sotish 

bahosiga  davlat  tom onidan  o'm atiladi.  O'zbekiston  Respublikasi 

hududida  ishlab  chiqarilgan  va  import  qilingan  aksiz  to'lanadigan 

mahsulotlarga aksiz solig'i solinadi. Aksiz to'lanadigan tovariar ishlab 

chiqarayotgan yoki bunday mahsulotlami  import qilayotgan  yuridik 

va  jism oniy  shaxslar  byudjetga  aksiz  so lig'ini  to'laydi.  Aksiz 

to'lanadigan  tovariar ro'yxati  va  aksiz  solig'i  stavkalari  O'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tom onidan  tasdiqlanadi.  Bunday 

tovariar jumlasiga  ichimlik  spirti,  aroq,  likyor-aroq  mahsulotlari, 

uzum   vinosi,  k o n ’yak,  sh am p an   v ino si,  pivo,  ikra,  tam aki 

mahsulotlari  yengil  va  yuk  avtomobillari,  zebu-ziynat  buyumlari, 

neft  va  neft  mahsulotlari  hamda  shu  kabilar  kiradi.  O'zbekiston 

Respublikasida  ishlab  chiqarilgan  aksiz to'lanadigan  tovariar uchun 

ularning qo'shilgan  qiymat solig'i  hisobga  olinmagan  holdagi  (aksiz 

solig'i summasini o'z  ichiga olgan) qiymati yoki  mahsulotning tabiiy 

hajmi  soliq  solish  ob’ekti  hisoblanadi.



Aksizosti  mahsulotlar 

—  ularga  nisbatan  aksizlar  o'm atilgan 

(belgilangan)  mahsulotlar.  (Qarang:  Aksizlar).

Advolor  soliq— 

m ahsulot  qiym atiga  nisbatan  q a t’iy  foiz 

ustam asida  o 'm a tilg a n   to'lov .  Inflyasiya  sh aroitida  o 'z in in g  

funksiyalarini avtomatik  ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga 

savdo  soliqlari,  importga  nisbatan  ko'pgina  bojlar  va  boshqalar 

kiritilishi  mumkin.  Mahsulotlami  (jumladan,  import mahsulotlarini 

ham), jismoniy va  yuridik  shaxslaming  mulklarini  soliqqa tortishda 

qo'llaniladi.



Asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda 

— hukumat 

tomonidan  belgilangan  tartibda  hisoblangan,  inflyasiya  indeksiga 

oshirilgan  (ko'paytirilgan)  asosiy  fondlarning  sotish  bahosi  va 

ulaming  dastlabki  yoki  qoldiq  qiymati  o'rtasidagi  farq.

Auditorlik  nazorati 

—  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish 

borasida  litsenziyaga  ega  bo'lgan  auditorlik  firmasi  tom onidan 

o'tkaziladigan mustaqil  noidoraviy moliyaviy nazorat. Asosiy vazifasi 

buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning haqqoniyligi, toMiqligi 

va  ishonchligi  hamda  moliyaviy  qonunchilikka  qay  darajada  rioya 

qilinganligini  aniqlashdir.  Banklar,  sug'urta  tashkilotlari,  biijalar, 

nobyudjet va xayriya  fondlari,  ochiq  tipdagi  aksionerlik jamiyatlari, 

xorijiy  kapital  ishtirokidagi  korxonalar,  shuningdek,  prokuratura  va 

davlat nazorat oiganlarining topshirig'iga binoan har qanday korxona



va  tashkilotlar  majburiy  ravishda  auditorlik  nazoratidan  o'tkazilishi 

kerak.  Auditorlik  firmalari  buxgalteriya  hisoboti  va  soliq  hisob- 

kitoblari,  hisob  ishlarini  yuritish,  loyihalarni  moliyaviy  ekspertiza 

qilish  va  h.k.lar bo'yicha  maslahat xizmatlarini  ko'rsatishi  mumkin. 

Ulaming bu xizmatlari  tegishli to'lov (haq) asosida amalga oshiriladi.

Aholiga  transfertlar 

—  aholiga  to'lanadigan  majburiy  to'lanm a­

larni  (mamlakat  qonunchiligiga  muvofiq  ravishda  o'matilgan  pen­

siyalar,  stipendiyalar,  nafaqalar,  kompensatsion  va  boshqa  ijtimoiy 

to'lovlarni)  moliyalashtirish uchun mo'ljallangan byudjet mablag'lari.


Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling