A. V. Vahobov, T. S. Malikov
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi sifatida
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi sifatida xo'jalik yurituvchi sub’ekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk egasi, xo'jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishidan bosh tortish xo'jalik yurituvchi sub’ektdan eng kam ish haqining ellik barobari miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda tashkilot rahbarining qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi. Jarima to'lash xo'jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishidan ozod etmaydi. Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bo'lib, bunda asosan tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy hisoboti to'g'risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo'lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga solinadi. Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini ro'yxatdan o'tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat o'matadi. O'zbekistonda ham xuddi shunday ahvol tarkib topgan bo'lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo'lgan muhim korxonalarni ajratib, ularda audit o'tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar bo'yicha) talablar qo'yadi. Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va boshqa huquqiy hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o'zini o'zi boshqarishiga katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSh va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan professional jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi. Ko'pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq me’yorlari bo'yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bo'yicha bilimlarini attestatsiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik me’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo'llash (bu — davlatga xos xususiyat bo'lmagan mamlakatlarda) kabilardan iboratdir. Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, Shvetsiyada, garchi Vakolatli auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uyushmasi ishlab turgan bo'lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos bo'lgan xususiyatdir. O'zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan davlat organlari bilan o'zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga solish bo'yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalari hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida so'nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy o'zgartirishlar kiritildi29. Xususan, belgilab qo'yildiki, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tegishli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to'g'riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi. 29
0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i V a z ir la r M a h k a m a s i n i n g « A u d ito r lik f a o liy a tin i ta k o m illa s h tiris h va a u d ito r lik te k s h iru v la ri ro lin i o s h iris h t o ‘g ‘r isid a » 2 0 0 0 yil 22 se n ty ab rd ag i 3 6 5 -so n li q a ro ri. Tartiblar to‘g‘risida bir necha nizomlar tasdiqlangan: a) soliq va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini yuritish; b) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o'tkazishdan bosh tortganligi uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirib olish; v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilot lariga litsenziyalar berish. Soliq organlari va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulo salari hisobini yuritish to'g'risidagi nizom bunday xulosalarning ikki turini belgilab bergan bo'lib, ulardan har biri muayyan huquqiy oqibatlarga olib keladi: — ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti to'g'risida xo'jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy ahvolini to'g'ri aks ettiradi va xo'jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq keladi, degan fikrlar mavjud bo'lgan hujjatdir. - salbiy auditorlik xulosasi xo'jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida tartibbuzarliklar mavjud bo'lib, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishishga olib kelishi mumkinligi to'g'risidagi fikr bildirilgan auditorlik tashkiloti hujjatidir. Xo'jalik yurituvchi sub’ektda oldingi ikki yil uchun ijobiy yillik auditorlik xulosasi mavjud bo'lishi uni xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ro'yxatiga kiritish uchun zarur shartlardan biri hisoblanib, ularning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirish so'nggi tekshiruv o'tkazilganidan keyin 24 oy o'tmasidan oldin o'tkazilishi mumkin emas. Salbiy auditorlik xulosasiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub’ekt xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda o'tkaziladigan tekshiruv reja-jadvaliga kiritilishi kerak. Soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda o'tkaziladigan tekshiruv auditorlik xulosasi xo'jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalariga muvofiq kelmasligini aniqlagan holda, ushbu auditorlik xulosasi shak-shubhasiz soxta deb hisoblanadi va auditorlik tashkiloti, shuningdek bunda aybdor bo'lgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq va boshqa nazorat organlari o'n kunlik muddat ichida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli auditorlik tashkiloti tomonidan amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilganligi aniqlanganligi to'g'risida xabar berishi shart. Auditorlik tashkiloti, shuningdek shak-shubhasiz soxta auditorlik xulosalarini tuzishda aybdor bo'lgan shaxslami javobgarlikka tortish xo'jalik yurituvchi sub’ektni soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash bo'yicha belgilangan tartibni buzganligi uchun qonunchilikda nazarda tutilgan jazo choralaridan ozod qilmaydi. Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o'tkazishdan bosh tortganligi uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirib olish tartibi to'g'risida nizom qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishi lozim bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan amal qiladi. Jarima solish uchun xo'jalik yurituvchi sub’ektning majburiy auditorlik tekshiruvlarini o'tkazishdan bosh tortishi asos bo'ladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayiga qadar o'tkazilishi hamda auditorlik xulosasining yo'qligi qoidabuzarlik fakti deb topiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishi lozim bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub’ekt o'zining yillik moliyaviy yil uchun auditorlik tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar o'tkazadi va auditorlik tekshiruvi o'tkazilganidan keyin 15 kunlik muddat ichida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi. Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga topshirilmagan holda, xo'jalik yurituvchi sub’ekt ushbu organga yozma ravishda auditorlik xulosasi yo'qligi sababini aks ettiruvchi tushuntirishni taqdim etishi shart. Majburiy auditorlik tekshiruvi o'tkazilishidan bosh tortilganligi sababli auditorlik xulosasi yo'q bo'lgan taqdirda, soliq organi xo'jalik yurituvchi sub’ektga belgilangan tartibda jarima soladi. Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiru vini o'tkazmagan xo'jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan soliq organi tomonidan jarima solish chorasi qo'llanilmaganligi aniqlangan taqdirda, tegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlaridan tashqari) yangi qonunchilik bo'yicha auditorlik teshiruvini o'tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo'lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliya tini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Nega moliyaviy nazoratda ikki yo'nalish (aspekt)da qaraladi? • Moliyaviy nazorat deganda nimani tushunasiz? • Moliyaviy nazoratning predmeti qanday moliyaviy ko'rsat kichlardan iborat? • Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat qanday sohalarga bo'linadi? • Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bo'linadi? • Moliyaviy nazorat o'z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi? • Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, qanday elementlardan tashkil topadi? • Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar nimalardan iborat? • Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari tarki biga nimalar kiradi? • Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko'ra uning qanday turiari mavjud? • Moliyaviy nazoratning shakllarini qanday mezonlar bo'yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan? • Amalga oshirilish reglamenti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari nimalardan iborat bo'lishi mumkin? • O'tkazilish vaqti bo'yicha moliyaviy nazoratning shakllari o'z ichiga nimalarni oladi? • Nazorat sub’eklari bo'yicha moliyaviy nazoratning qanday shakllari bo'lishi mumkin? • Nazorat ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning qanday shakllari mavjud? • Ichki va tashqi moliyaviy nazorat bir-biridan qanday farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor? • Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning qanday metodlaridan foydalaniladi? • Sub’ekt xo'jalik faoliyatini qamrab olishning to'liqligiga qarab taftishning qanday turiari bo'lishi mumkin? • Moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining qamrab olinishi darajasiga ko'ra taftishlar qanday guruhlarga bo'linadi? • Hisob palatasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq taftish zimmasiga qanday funksiyalami bajarish yuklatilgan? • Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to'lovlar intizomini mustahkamlash bo'yicha hukumat komissiyasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq nimalar uning asosiy vazifalari deb belgilangan? • Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish Kengashi oldiga qanday vazifalar qo'yilgan? • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo'yicha qanday asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan? • Moliya vazirligi huzuridagi Bosh nazorat-taftish boshqarma- sining vazifalari sifatida nimalar belgilangan? • Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari nimalardan iborat? • O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tizimidagi Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalariga nimalar kiradi? • Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan iborat? • Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli xususiyatiari nimalardan tashkil topadi? • Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat qanday xususiyatlarga ega? • Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat? • Auditorlik xizmatlari yana qanday boshqa xizmatlami ham ko'rsatishlari mumkin? • Auditorlik tekshiruvining qanday turiari mavjud? • Har yili qanday sub’ektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi shart? • Auditning asosiy tamoyili nimadan iborat? 7 -B O B . X O 'JA L IK YURITUVCHI S U B ’E K TLA R 30 MOLIYASI - DAVLAT MOLIYAVIY SALOHIYATINING A S O S I 7.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo'jalik yurituvchi s u b ’ektlar m oliyasi bilan o ‘zaro bog'liqligi Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub’ektlari va aholining pul daromadlari hamda jamg'armalari asosida shakllanib o'zaro bog'langan quyidagi bo'g'inlardan tashkil topadi: • respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat unitar Xo'jalik yurituvchi sub’ekt (XYuS)lari va davlatning ishtirokidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag'lar, uy- ro'zg'or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati — inson kapitali kira- digan moddiy kapital ko'rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin; • xususiy XYuSlarning moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlari yig'indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo'yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlaming tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar, pul mablag'lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog'liq. Bir xil moliyaviy- iqtisodiy qudratga ega bo'lgan XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish 30
U sh b u d a rslik d a x o ‘ja lik y u ritu v c h i s u b ’y e k tla r d e y ilg a n d a , en g avvalo, k o rx o n a la r va x o ‘ja lik y u ritis h n in g q o lg a n b a rc h a sh a k lla ri n a z a rd a tu tila d i. samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik natijalariga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog'liq bo'ladi; • bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati — kredit resurslariga bo'lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo'yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig'indisi. Ko'pchilik mamlakatlaming bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xususiyatga ega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog'i iqtisodiyot samaradorligining o'sishi uchun yetarli emas; • sug'urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlikdagi risklami pasaytiradigan va jamg'armalar hamda investitsiyalar o'sishini ta’minlaydigan pul sug'urta resurslarini shakllantirish bo'yicha sug'urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig'indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo'ladi; • uy xo'jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ulardagi jami daromadlar, soliq, renta va foiz to'lovlari, investitsion talablar o'sishiga iste’mol va jamg'arishning ta’siri orqali ifodalanadi. Hozirgi paytda juda ko'p mamlakatlarda aholi jamg'armalari, XYuS va tashkilotlar jamg'armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to'liq foydalanilmayapti. 7.2. Moliyaviy salohiyatning o 's is h omillari Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boyliklami ishlab chiqarish sohasida xo'jalik samaradorligiga katta ta’sir ko'rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi. XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o'sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo'lgan qarziy mablag'lar asosida tashkil topadi. Hozirgi vaqtda kapital quyilmalarni moliyalashtirishda XYuS o'z mablag'larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog'i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rol o'ynaydi. YalM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo'ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli undirish yo'li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi. XYuSlar pul resurslarini, uy xo'jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug'urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling