A. V. Vahobov, T. S. Malikov
ammo hali sug'urtalovchilar bilan tegishli sug'urta munosabatlariga
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
ammo hali sug'urtalovchilar bilan tegishli sug'urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potensial sug'urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug'urtalovchilar haqida gapiradigan bo'lsak, sug'urtalovchiar mamlakat hududida sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan yuridik shaxslardir. Sug'urta kompaniyasi tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo'lishi va sug'urta bilan bog'liq bo'lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmasligi zarur. Bu «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi qonunda ham alohida ko'rsatib o'tilgan. Ammo, qonun sug'urta tashkilotlariga maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shartlarda investitsiya faoliyati bilan shug'ullanishlari hamda sug'urta agenti sifatida vositachilik va sug'urta sohasidagi mutaxassislaming malakasini oshirish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirishlariga ruxsat beradi56. Sug'urta tashkiloti o'z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug'urtalovchi ozgina sug'urta mukofoti evaziga yirik miqdordagi riskni qabul qilib oladi va sug'urta hodisasi ro'y berganda zimmasidagi sug'urta qoplamasini to'lashi shart. Sug'urta tashkilotiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug'urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslar sug'urta shartnomasini tuzishdan oldin sug'urta tashkilotining moliyaviy ahvoli, balansi bilan tanishib chiqishlari shart. Sug'urtalovchilar bozorga o'zlarining ishlab chiqargan mahsuloti - sug'urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab 56
0 ‘zbekiston Respublikasining «Suo‘urta faoliyati to ‘g‘risida»gi qonuni. — «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 yil 28 may. sug'urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. 0 ‘z-o ‘zidan, bu holat sug'urta bozorida potensial mijozlarni jalb etish uchun sug'urta kompaniyalari o'rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va «mahsulot»ning sifatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Asosiysi, potensial sug'urtalanuvchi o'zining talabini har tom onlam a qondiradigan «mahsulot»ga ega bo'ladi. Bayon etilganlar bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ro'y berayotgan oddiy haqiqatdir. Shuni ta’kidlash lozimki, boshqa tovariar va xizmatlar kabi sug'urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo'ladi hamda bu baho o'zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug'urta tushumlarining miqdori sug'urta to'lovlari va sug'urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo'lishi sug'urta bahosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug'urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko'p hollarda sug'urta bozoridagi keskin raqobat sug'urta tashkilotlarining potensial mijozlarni jalb etish maqsadidagi tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda sug'urtalovchilar sug'urta faoliyatidan zarar ko'iganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi. Sug'urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug'urta xizmatining ma’lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo'lganda, sug'urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o'tislu bilan bozorda bug'urta xizmati ko'rsatish turlarining ko'payishi bilan, o'z-o'zidan tarif stavkalari kamayadi. Sug'urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug'urta bozorlariga bo'linadi. Milliy sug'urta bozori biron- bir mamlakat hududidagi sug'urta muassasalarini va ularning faoliyatini o'z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug'urta bozori Amerika Qo'shma Shtatlaridadir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig'iladigan sug'urta tushumlarining 43 foizdan ortig'i AQSh hissasiga to'g'ri keladi. Bu yerda hayotni sug'urta qiluvchi va boshqa umumiy turdagi sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi bir necha ming sug'urta kompaniyalari faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug'urta bozorida ham oldingi o'rinlarda. Masalan, «Prudenshial of Amerika» kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to'plagan sug'urta mukofotlari bo'yicha jahonda uchinchi o'rinni egallagan. Mintaqaviy sug'urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o'zaro yaqin m unosabatda bo'lgan bir nechta mamlakatlaming ichki bozori tushuniladi. yevropa Ittifoqining sug'urta bozori yirik mintaqaviy bozor hisoblanadi. Xalqaro sug'urta bozori deganda dunyo miqyosida sug'urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlaming ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug'urta bozorining xalqaro darajada muhim o'rni bor va keyingi o'n yillikda Yaponiya sug'urtalovchilari dunyo bozorida yetakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug'urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishli bo'lgan. Bu kompaniyalaming moliyaviy salohiyati 869 mlrd. AQSh dollari miqdorida baholangan. Sug'urta bozorlari hududiy bo'linish bilan bir qatorda sug'urta turlariga qarab ham xilma-xil bo'lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug'urta bozori ikkiga bo'linadi: 1) Hayotni sug'urta qilish bilan bog'liq sug'urta xizmatlari bozori, 2) Umumiy sug'urta xizmatlari bozori. Shuni ta’kidlash kerakki, sug'urta bozorining institutsional tarkibi, nafaqat sug'urtalovchidan va sug'urtalanuvchilardan iborat, balki yana shunday sub’ektlar ham mavjudki, ularning ishtirokisiz sug'urta bozorini, ya’ni uning infratuzilmasini tasavvur qilish qiyin. Sug'urta bozorida sug'urta tashkilotlarining mavqyei nihoyatda kattadir. O'z navbatida, sug'urtalovchilar mulkiy shakliga qarab, bir nechta turda bo'ladi (davlat, aksiyadorlik, davlat-aksiyadorlik va hokazolar). Sug'urta bozorida qayd etilgan qatnashchilardan tashqari o'zaro sug'urtalash jamiyatlari ham faoliyat ko'rsatishlari mumkin. Bu jamiyatlarning boshqa sug'urtalovchilardan farqi shundaki, ular foyda olish uchun intilmasdan, ko'rilgan zararni o'zaro hamkorlikda qoplashni nazarda tutadi. Statistik m a’lumotlar bo'yicha, o'zaro sug'urtalash jamiyatlari xalqaro sug'urta bozorida to'plagan sug'urta mukofoti hamda aktivlari jihatidan salmoqli o ‘ringa ega. AQSh va Yaponiya milliy sug'urta bozorlarida o'zaro sug'urtalash jamiyatlarining soni jami sug‘urta kompaniyalarining 50 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Chet mamlakatlar sug'urta bozorining muhim tarkibiy qismlaridan biri sug'urta brokerlaridir. Brokerlar sug'urta agentlaridan farqli o'laroq, bir tomondan, sug'urtalovchining, ikkinchi tomondan esa sug'urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. AQSh va Buyuk Britaniyada sug'urta brokerlari instituti nihoyatda taraqqiy etgan. Jahon sug'urta bozori qayta sug'urtalovchi tashkilotlar mavjudligi bilan ham rang-barangdir. Sug'urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar to'g'ridan-to'g'ri qayta sug'urtalovchilarsiz, qiymati yuqori turadigan ob’ektlami sug'urta himoyasiga ololmaydi. Negaki, bunday ob’ektlarning qiymati alohida bir sug'urta tashkilotining butun moliyaviy qudratidan yuz martadan ortiq bo'lishi mumkin. Zamonaviy havo laynerlari va suv kemalari, atom elektr stansiyalarini bunga misol sifatida keltirish mumkin. Xalqaro sug'urta bozorida «Koloniya» (Germaniya), «Kyoln qayta sug'urtalash jamiyati» (Germaniya) va Shveytsariya qayta sug'urtalash jamiyati o'z nuftiziga ega va ishonchli hamkor sifatida katta obro'-e’tibor qozongan. Shunday qilib, sug'urta bozori deganda, o'ziga xos tovar bo'lgan «sug'urta xizmatlari»ni old i-so td isi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar tushuniladi. Sug'urta bozori professional va professional bo'lm agan ishtirokchilarga bo'linadi. O'zbekiston Respublikasining «Sug'urta faoliyati to'g‘risida»gi qonuni 5-moddasida «Sug'urta bozorining professional ishtirokchilari sug'urta faoliyatining sub’ektlari hisoblanadi. Sug'urtalovchilar, sug'urta vositachilari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug'urta bozorining professional ishtirokchilari hisoblanadilar», deb qayd etilgan. Sug'urta bozorining asosiy professional ish tirok ch isi- sug'urtalovchi hisoblanadi. Sug'urtalovchiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: sug'urta shartnomasiga muvofiq, sug'urta tovoni (sug'urta puli) to'lovini amalga oshirish majburiyatini olgan yuridik shaxs sug'urtalovchi deyiladi. Sug'urtalovchi sug'urta hodisalari yuzaga kelishini bartaraf etish va oldini olishga oid chora-tadbirlami maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va shartlarda moliyalashtirishga haqlidir. Sug'urtalovchilar sug'urtani amalga oshirish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan mustasnodir: — maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati; — sug'urta sohasidagi mutaxassislaming malakasini oshirish bilan bog'liq faoliyat; — sug'urta agenti sifatidagi sug'urta vositachiligi. Sug'urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga sug'urta brokeri va sug'urta agentini ham kiritish mumkin. Sug'urta qildiruvchining nom idan va topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug'urta brokeri hisoblanadi. O'zbekistonda sug'urta brokerlarining roli deyarli yo'q. Sug'urta xizmatlarining aksariyati ularning ishtirokisiz amalga oshirilmoqda. Sug'urta kompaniyalari o'rtasida o'zaro yoki ixtisoslashgan qayta sug'urta kompaniyalari orasida qayta sug'urtalash xizmatlarini ko'rsatishda vositachi rolini bajaruvchi qayta sug'urtalash brokerlari faoliyat yuritishi mumkin. O'z nomidan va qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug'urtalovchining topshirig'iga binoan qayta sug'urta qilish shartnomasining tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo'yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug'urta brokeri hisoblanadi. O'zbekiston sug'urta vositachiligi tizimida sug'urta brokerlaridan farqli ravishda sug'urta agentlari faol xizmat ko'rsatayapti. Sug'urtalovchining nomidan va topshirig'iga binoan sug'urta shartnomasining tuzilishi hamda ijro etilishini tashkil qilish bo'yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug'urta agenti hisoblanadi. Sug'urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug'urta agenti bo'la olmaydilar. Sug'urtalovchilar o'zlari vakolat bergan sug'urta agentlarining reestrlarini yuritishlari lozim. Qayta sug'urta kompaniyalari sug'urta bozorining professional ishtirokchisi sifatida sug'urta tashkilotlarining moliyaviy holatini mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. Qayta sug'urtalovchi-sug'urtalangan riskni qayta sug'urtalash uchun qabul qilib oladigan yuridik shaxs hisoblanadi. Qayta sug'urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Sug'urta kompaniyasi ham qayta sug'urtalovchi bo'lishi mumkin. Jahondagi eng yirik qayta sug'urtalovchilar guruhiga Myunxen, Shveytsariya Kyoln qayta sug'urtalash jamiyatlari kiradi. Hozirgi kunda O'zbekistonda qayta sug'urtalash kompaniyalari tashkil etilmagan. Sug'urta bozorining asosiy professional ishtirokchilari bo'lgan sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilarning ustav fondining eng kam miqdori quyidagilarga teng bo'lishi zarur: — um um iy sug'urta tarm og'ida faoliyat ko'rsatuvchi sug'urtalovchilar uchun - 500,0 ming AQSh dollari ekvivalentidagi summada; — hayotni sug'urta qilish tarmog'ida faoliyat yurituvchi sug'urtalovchilar uchun-750,0 ming AQSh dollari ekvivalentidagi summada. Sug'urtalovchilar Moliya vazirligidan sug'urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olayotgan paytda ulaming ustav kapitali yuqorida ko'rsatilgan miqdorda shakllantirilgan bo'lishi shart. Ustav kapitalining kamida 90 foizi naqd pul ko'rinishida bo'lishi zarur. Majburiy sug'urta turlarini amalga obliiiibh uchun sug'urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdori 1,0 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi milliy valyutada shakllantirilgan bo'lishi talab etiladi. Faoliyati faqat qayta sug'urtalashdan iborat bo'lgan qayta sug'urtalash kompaniyalari uchun eng kam ustav fondi 3,0 mln. AQSh dollariga teng milliy valyutadagi summada bo'lishi kerak. 23.6. Qayta sug‘urta Qayta sug'urtalash sug'urtalash uchun risk qabul qilish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylash- tirish)dir. Sug'urtalovchi muvozanatlashgan sug'urta portfelini yaratish va sug'urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o'zaro kelishilgan holda boshqa sug'urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish) lozim. Qayta sug'urtalash operatsiyalarini asosan, ixtisoslashgan qayta sug'urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug'urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko'rinishida, nisbiy va nonisbiy shaklda bo'ladi. Ayrim holatlarda qayta sug'urtalash operatsiyalarini amalga oshiruvchi broker ikkita tomon, ya’ni sug'urta kompaniyasi va qayta sug'urtalovchining kompaniyasi o'rtasidagi vositachidir. Qayta sug'urta qilish shartnomalari bir tomondan, sug'urta kompaniyalari o'rtasida o'zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug'urta kompaniyasi va ixtisoslashgan qayta sug'urta qilish kompaniyasi o'rtasida tuzilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasida «ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi»-deb ko'rsatilgan. Dastlab, sug'urta kompaniyasi o'zining moliyaviy qobiliyatini mutahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini boshqa sug'urta kompaniyasida yoki ixtisoslashgan qayta sug'urta qilish kompaniyasida sug'urtalash to'g'risida qaror qabul qiladi. Ushbu qaroming ijrosini ta’minlash maqsadida sug'urtalovchi ixtisoslashgan sug'urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Agar qayta sug'urtalovchi kompaniya riskni qayta sug'urta qilishga rozilik bildirsa, ular o'rtasida qayta sug'urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tom onlarning huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo'lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta sug'urtalash m ukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko'rsatilishi zarur. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko'ra, qayta sug'urta qilishda sug'urta tovonini yoki sug'urta pulini to'lash uchun asosiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urtalanuvchi oldida ushbu shartnomaga ko'ra sug'urta kompaniyasi javobgar bo'lib q olaveradi. Biroq a so siy sug'urta sh a rtn o m a si b o 'y ich a sug'urtalanuvchi hisoblangan sug'urta tashkiloti sug'urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug'urta qilingan qismi qayta sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urtalovchiga o'tadi. Qayta sug'urta qilish shartnomalari bir qator o'ziga xos belgilarga ega bo'lib, savdo va boshqa turdagi shartnomalardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham qayta sug'urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi sug'urta tarmog'iga kiritish yoxud uni mustaqil sug'urta sohasi sifatida qarash ancha bahs-munozaraga sabab bo'ladi. Agar sug'urta hodisasi ro'y bersa, bu haqda sug'urta kompaniyasi qayta sug'urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qilishi kerak. O'z navbatida, qayta sug'urtalovchi kompaniya shartnomada ko'zda tutilgan qoplamani to'lashi shart. Qayta sug'urta qilish kompaniyasi shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini to'la-to'kis bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi. Sedent riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug'urtalash uchun beruvchi sug'urta kompaniyasidir. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi. Qayta sug'urtalashda sessiya atamasi ham keng qo'llaniladi. Sessiya sug'urta riskini qayta sug'urtalashga berish jarayoni hisoblanadi. Qayta sug'urtalashning fakultativ, obligator va fakultativ- obligatorli qayta sug'urtalash kabi turiari ham mavjud. Fakultativ qayta sug'urtalash-nisbiy qayta sug'urtalash shartnomasining bir turi. Fakultativ qayta sug'urtalashda har bir berilayotgan risk bo'yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir risk bo'yicha qayta sug'urtalash zarurmi yoki zarur emasligi masalasini mustaqil ko'rib chiqadi. O'z navbatida, qayta sug'urtalovchi ham sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi mumkin. Obligatorli qayta sug'urtalash xalqaro amaliyotda ikki xil ma’noni bildiradi: 1) qayta sug'urtalashning majburiy shakli. Ayrim mamlakatlar qon unchiligiga ko'ra, ushbu mamlakat hududida faoliyat ko'rsatayotgan barcha sug'urta kompaniyalari qabul qilgan risklarining bir qismini majburiy ravishda qayta sug'urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora qayta sug'urtalash orqali chet elga valyuta chiqib ketishining oldini oladi; 2) sug'urta kompaniyasi (sedent) ma’lum bir sug'urta turi bo'yicha riskni qayta sug'urtalovchiga berishini va o'z navbatida, qayta sug'urtalovchi, riskni qabul qilishni nazarda tutuvchi qayta sug'urtalash shartnomasi. Fakultativ-obligator shartnomasi — sedent qayta sug'urtalovchi bilan kelishgan toifadagi har qanday sug'urta riskini berishi, qayta sug'urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta sug'urtalash shartnomasidir. Qayta sug'urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling