A vitamini xususiyatlari, ishlatilishi, saqlovchi mahsulotlar, gipo- va gipervitaminoz a
Download 40.19 Kb.
|
A Vitamin 13
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIPERVITAMINOZ
HOMILADORLIKDA VITAMIN A
Vitamin A`ning yetarli miqdorda bo’lishi (me’yordan ortqichaligi emas) homila va chaqaloqninig normal rivojlanishi uchun homilador va emizikli ayollar uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Uning tanqisligi tug’ruqdan keyin qo’shimcha berish tomonidan qoplanmaydi. Homiladorlik davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida vitamin A metabolizmining ingibitsiyalanishi fetal alkogolli sindrom rivojlanishining mexanizmlaridan biri hisoblanadi va vitamin A tanqisligi bilan deyarli bir xil teratogenlik bilan xarakterlanadi. GIPERVITAMINOZ A vitaminining 25 000 ME/kg dozasi o’tkir zaharlanish chaqiradi, 6-15 oy davomida sutkasiga 4000 EM/kg dozada iste’mol qilish surunkali zaharlanishga olib keladi. Gipervitaminoz A uchun quyidagi alomatlar xarakterli: Ko’z shox pardasining yallig’lanishi; Ishtahaning yo’qilishi; Ko’ngil aynishi; Jigarning kattalashishi; Bo’g’imlarda og’riq. A vitamini bilan surunkali zaharlanish yuqori dozalarda vitamin, ko’p miqdorda baliq yog’i qabul qilishda kuzatiladi. Agar ko’p miqdorda karotinlar iste’mol qilinsa, kaft, oyoq panjasi va shilliq qavatlarning sarg’ayishi kuzatilishi mumkin, ammo intoksikatsiya alomatlari kuzatilmaydi. Hayvonlarda β-karotin dozasining 100 baravaridan ko’proqqa oshirilishi prooksidant ta’sirga olib keldi. Bu hodisa molekulani oksidlovchi destruktsiyadan himoya qiluvchi E va C vitaminlari mavjudligida kuzatilmadi. O’tkir zaharlanish bilan o’lim holatlari ovqatga akula, oq ayiq, dengiz hayvonlari, xaski jigarini iste’mol qilishda mumkin. Yevropaliklar bu muammoga eng kamida 1597-yilda duch kelishgan, bu vaqt Barnetsning uchinchi ekspeditsiyasi oq ayiq jigarini yegandan keyin jiddiy kasallanib qolgan. Zaharlanishning o’tkir shakli tutqanoqlar, falajlik shaklida o’zini namoyon qiladi. Peredozirovkaning surunkali shaklida kalla suyagi ichi bosimi oshadi, bu bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi, qusish bilan birga kechadi. Shu bilan birga, sariq dog’ning shishishi va bu bilan bog’liq ko’rish buzilishlari kuzatiladi. Gemorragiya, shuningdek vitamin A`ning gepato- va nefrotoksik ta’siri belgilari namoyon bo’ladi. Spontan suyak sinishlari sodir bo’lishi mumkin. A vitaminining ortiqligi tug’ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin va shuning uchun uning miqdori tavsiya etilgan kundalik me’yordan oshmasligi kerak. Gipervitaminozni bartaraf etish uchun mannit belgilanadi. E vitamini ham hujayra membranlarini barqarorlashtiradi. Vitamin A katta dozalarda homilador ayollarga buyurilmasligi kerak (ayniqsa homiladorlikning erta davrlarida) va hatto homiladorlikdan olti oy oldin ham, chunki teratogen effekt sodir bo’lishi xavfi yuqoridir. Download 40.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling