A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fanidan ma’ruzalar kursi farg‘ona – 2022 y
II -BO‘LIM. O‘LChOV TRANSFORMATORLARI
Download 110.96 Kb.
|
A. X. Eraliev «stansiya va podstansiyalarining elektr qismi» fan-fayllar.org
II -BO‘LIM. O‘LChOV TRANSFORMATORLARI.Ma’ruza-7. (2soat).O‘LChOV TRANSFORMATORLARI. TOK TRANSFORMATORLARI.Reja:
7.2.Tok transformatorlarning asosiy parametrlari. Tok transformatorlarga qo‘yiladigan talablar. Tok transformatorlarning aniqlik sinfi. Tok transformatorini vektorli diagrammasi. Tok transformatorlarni ishlash rejimi. Tashqi va ichki o‘rnatiladigan tok tansoformatorlari Tayanch so‘z va iboralar Kuchlanish va tok transformatorlarining ish rejimi, tok va kuchlanish transformatorlarini tanlash va tekshirish, tok transformatorlarning asosiy parametrlari, tok transformatorlarga qo‘yiladigan talablar, tok transformatorlarning aniqlik sinfi. Tok transformatorini vektorli diagrammasi, tok transformatorlarni ishlash rejimi, tashqi va ichki o‘rnatiladigan tok tansoformatorlari. 7.1. Kuchlanish va tok transformatorlarining ish rejimi. Kuchlanish transformatori birlamchi cho‘lg‘ami bilan tarmoqqa parallel holda ulanadi. Ikkilamchi cho‘lg‘amining kuchlanishi esa odatda 100 V ga teng bo‘ladi. Kuchlanish transformatorlari salt ishlash holatiga yaqin holatda ishlaydi. Moy izolyatsiyali kuchlanish transformatorlari –ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida 6–1150 kV kuchlanishlarga qo‘llaniladi. Bu transformatorlarda cho‘lg‘amlar va magnit o‘tkazgich moy ichida turadi va u izolyatsiya hamda sovitish uchun xizmat qiladi. Bir fazali ikki cho‘lg‘amli NOM–6, NOM–10, NOM–15, NOM–35, transformatorlarini bir fazali uch cho‘lg‘amli ZNOM–15, ZNOM–20, ZNOM–35 transformatorlaridan farq qilish lozim. Tok transformatorlari birlamchi cho‘lg‘amlari bilan tarmoqqa ketma–ket ulanadi. Tok transformatorlari qisqa tutashuv holatiga yaqin holatda ishlaydi (7.2-rasm). 7.2–rasm. TTning prinsipial sxemasi. Tok transformatorlar konstruksiyasi bo‘yicha: 1) alohida turuvchi; 2) joylashtirilgan; 3)o‘tuvchi tok transformatorlariga bo‘linadi va ichkariga hamda tashqariga o‘rnatiladigan holda bajariladi. Ichkariga o‘rnatiladigan tok transformatorlarining tiplari: TKL, TPL, TPOL, TShLP, TPOF, TPF. T–tok transformatori; P–o‘tuvchi; K–o‘zakli; L–quyma izolyatsiyali; F–forfor izolyatsiyali; O–bir o‘zakli. Quchlanish transformatorlari quyidagicha tanlanadi: Tizilmaning kuchlanishi bo‘yicha Uust Unom; cho‘lg‘amlarning konstruksiyasi va ulanish sxemasi bo‘yicha; aniqlik sinfi bo‘yicha; ikkilamchi yuklamasi bo‘yicha S2 Snom, 7.2. Tok transformatorlarning asosiy parametrlari. Tok transformatorlari birlamchi tokning kattaligini o‘lchov asboblari va rele uchun eng qulay kattalikkacha [rele himoyasi uchun Inom=1A, o‘lchov asboblari uchun Inom=5A] o‘zgartirish, shuningdek, ikkilamchi o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat qiladi. Tok transformatorlari yopik magnit 2 hamda ikkita birlamchi 1 va 2 ikkilamchi 3 cho‘lg‘amga ega. Birlamchi cho‘lg‘am o‘lchanayogan tok zanjiriga ketma–ket ulanadi, ikkilamchi cho‘lg‘amga tok o‘tadigan o‘lchov asboblari ulanadi. Tok transformatorini nominal transformatsiya koeffitsienti quyidagicha tavsiflanadi Kt=I1nom / I2nom bunda I1nom –birlamchi nominal tok, I2nom –ikkilamchi nominal tok, Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal tokining qiymati 5 A va 1 A deb qabul qilingan. Aniqlik sinflari, vektor diagrammasi. 7.3–rasm. TTning a) almashtirish. b) vektor diagramma sxemalari. Tok transformatorning transformatsiyalashining nominal koeffitsienti va cho‘lg‘am sonlarining munosabati koeffitsienti Tok transformatorda o‘lchanayotgan tok quyidagicha topiladi Tok transformatorning keltirilgan almashtirish sxemasi va vektor diagrammasi 7.3–rasmda ko‘rsatilgan.
deb qabul qilinib, agar, I2 vektori I1 vektoridan o‘zib ketsa (soat millari harakatiga qarama–qarshi holda) burchak xatolik ishorasi musbat bo‘ladi. Ichki va tashqi o‘rnatiladigan tok transformatorlari Tashqi tizilmalar uchun TFN tipidagi qog‘oz –moy izolyatsiyali, chinni korpusda tayanch tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi . Moy bilan to‘ldirilgan ichi bo‘sh chinni izolyatorlarda transformatorning magnit o‘tkazgichi bilan cho‘lg‘amlari joylashtirilgan. TFN transformatorlari 0,5 sinf cho‘lg‘amli bitta magnit o‘tkazgich rele muhofazasi uchun mo‘ljallangan cho‘lg‘amli ikki uchta magnit o‘tkazgichga ega. Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, birlamchi cho‘lg‘amni izolyatsiyalash shuncha qiyin, shuning uchun 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarga kaskad tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Transformatsiyaning ikki kaskadining bo‘lishi (cho‘lg‘amli ikkita o‘zaklar) har bir pog‘ona cho‘lg‘amlarining izolyatsiyasini to‘la kuchlanishga hisoblamay, balki uning yarmiga teng qilib tayyorlash imkonini beradi. Qo‘sh transformatsiya tok transformatorlarining konstruksiyasini murakkablashtirib, xatosini oshiradi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tizilmalarda bakli o‘chirgichlar yoki kuch transformatorlarining o‘tuvchi vtulkalariga joylashadigan tok transformatorlari keng qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarning birlamchi cho‘lg‘ami bo‘lib vtulka sterjeni hisoblanadi. Uncha katta bo‘lmagan birlamchi toklarda tok transformatorlarining aniqlik sinfi 3 yoki 10 bo‘ladi. 1000–2000 A li birlamchi toklarda 0,5 sinfida ishlash ham mumkin. Optik –elektron o‘lchash transformatorlari Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, VN ning birlamchi cho‘lg‘amini transformatorlarning ikkilamchi o‘lchash cho‘lg‘amidan izolyatsiyalash shuncha qiyin bo‘ladi. 500, 750 va 1150 kV ga mo‘ljallangan kaskadli o‘lchash transformatorlarni tayyorlash ancha qiyin va qimmatga tushadi, shuning uchun ularning o‘rniga prinsipial yangi optik –elektron transformatorlar (OET) ishlab chiqilgan. Bu transformatorlarda o‘lchanayotgan signal (tok, kuchlanish) ma’lum qonun asosida o‘zgaradigan yorug‘lik oqimiga aylantiriladi va u yerga ulangan elementga joylashgan qabul qiluvchi qurilmaga uzatiladi. So‘ngra yorug‘lik oqimi o‘lchash asboblari qabul qiladigan elektr signalga aylantiriladi. Nazorat savollari: 1. Nima uchun tok transformatorlarining ikkilamchi zanjiri qisqa tutashtiriladi? 2. Tok transformatorining ikkilamchi yuklamasi ruxsat etilgandan oshib ketsa uning ishlashiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 3. Tok transformatorining magnitlanish bog‘lanishini tushuntiring? 4.OET transformatorining ulaninish sxemasini izoxlang. 5. O‘lchov transformatorlarini tanlash shartlarini ayting. Download 110.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling