A yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, unda joylashgan barg va kurtakdan iborat


Download 69.53 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi69.53 Kb.
#1645263
Bog'liq
6-sinf to\'pgulgacha


1. Ildiz – bu?
A. yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, unda joylashgan barg va kurtakdan iborat.
B. yuksak o’simliklarning vegetativ organi bo’lib, o’simlikni tuproqqa biriktiradi, tuproqdan suv va unda erigan moddalarni o’simlikning yer ustki qismiga yetkazib beradi.
C. novdaning yon vegetativ organi.
D. hamma javoblar to’g’ri.
2.Gulli o'simlikning poya yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organi nima deb ataladi?
A rizoid B ildizpoya C ildiz D shakli o'zgargan poya
3. Ildizga xos muhim xususiyatni belgilang.
A kurtak hosil qilmaydi B barg hosil qilmaydi
C gul hosil qilmaydi
D tuproq ostida joylashgan bo'ladi
4 .Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nima(lar)ga bog’liq?
1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga
2)ildizining shoxlanishiga 3)tashqi muhit omillariga 4)tuproq unumdorligiga
5) qo`shimcha ildizlarga 6) o`simliklar turiga
A1,3,4,6 B 2,3,4,5,6 C 2,3,4,6 D 2,4,5,6
5.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
6 . Ildizdan preparat tayyorlab mikroskop ustida ko'rish uchun nima qilinadi?
A ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
B uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
C ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
D uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
7.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?
A 10-12 kun B 10-20 kun C 20-25kun D 10-15kun
8. ildiz tukchasi ildizning qaysi qismidan o’sib chiqadi?
A ildiz po'sti B bo'linuvchi qism C o'suvchi qism
D so'ruvchi qism
9..Ildiz po'sti hujayralariga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A tirik yumaloq va yupqa qobiqli
B tirik yumaloq va qalin qobiqli
C tirik cho'zinchoq va yupqa qobiqli
D tirik cho'zinchoq va qalin qobiqli
10. Ildizning uchini … o'rab turadi.
A ildiz qinchasi B o'suvchi qism C so'ruvchi qism
D po'kak
11. Ildiz qismlari(zonalari) nechta va ular qanday ataladi (to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring)?
A 5; ildiz qinchasi; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
B 4; bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
C 4; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
D 4; o'suvchi; bo'linuvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
12.Havo ildizlar bor bo’lgan o’simliklar ko’rsating?
A) tropiklarda o’sadigan o’simliklar
B)ban’yan o’simlikgida
C) makkajo’xori , qulupnay , ajriq o’simliklarida
D)sabzi , turp , rediska o’simliklarda
13. Qushimcha ildizli o’simliklarni ko’rsating?
A) tropiklarda o’sadigan o’simliklar
B)ban’yan o’simlikgida
C) makkajo’xori , qulupnay , ajriq o’simliklarida
D)sabzi , turp , rediska o’simliklarda
14.Novdalar necha xil va qanday bo'ladi?
A 3; bargli, kurtakli va gulli
B 2; vegetativ va generativ
C 2; vegetativ va gulli
D B va C
15. … - bu boshlang’ich novda.
A barg B urug’ C kurtak D poya
16. Qaysi turdagi kurtak o’simliklarning boshlang’ich bargli novdasi hisoblanadi?
A generativ B vegetativ C yon kurtak D uchki kurtak
17. Qaysi o’simliklarning kurtagi yirik?
A chinor, nastarin, soxta kashtan, terak
B terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och
C chinor, soxta kashtan, terak, na’matak
D tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut
18. Qaysi o’simliklarning kurtagi nisbatan mayda?
A chinor, nastarin, soxta kashtan, terak
B terak, tol, olma, o’rik, qayrag’och
C chinor, soxta kashtan, terak, na’matak
D tol, olma, o’rik, qayrag’och, tut
19. Kurtaklar novdada joylashishiga ko’ra qanday bo’ladi?
A ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadigan
B uchki va yon C uchki, yon va qo’shimcha
D ketma-ket, qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashadigan va uchki, yon, qo’shimcha
20. O’simliklarni uchrash joylari bilan birgalikda juftlab yozing.
1)sekvoyadendron 2)evkalipt 3)rotang palma
a)Avstraliya b)Janubiy Osiyoning tropik o’rmonlari c) Sharqiy Osiyoning tropik o’rmonlari d)Kaliforniya
A 1-d; 2-a; 3-c; B 1-d; 2-a; 3-b; C 1-d; 2-c; 3-a;
D 1-d; 2-b; 3-a;
21. Juftlab yozing. Shoxlangan poya(a) va shoxlanmagan poya(b)li o’simliklar 1)olma 2)palma 3)jiyda 4)do’lana 5)yong’oq
A a-3,4; b-1,5 B a-3,4; b-2; C a-1,5; b-2;
D a-1,4; b-2
22.Gajaklari yordamida bag’azlarga ilashib o’sadigan o’simlikni belgilang.
A rotang palma B qulupnay C nuxat D tol
23. Chirmashuvchi poyali o’simlikni belgilang.
A rotang palma B qulupnay, g’ozpanja C tok
D qo’ypechak, karnaygul
24. Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan o’simliklarni belgilang.
1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja
A 9,10 B 8 C 1,2,3,4,6 D 5,7
25. Bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydigan poya turini belgilang.
A yoyilib o’suvchi B o’raluvchi C ilashuvchi
D o’rmalovchi
26.Po’st parenximasiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)epidermaning ustida joylashgan 2)epidermaning ostida joylashgan 3)asosiy to’qimadan tuzilgan 4)qoplovchi to’qimadan tuzilgan 5)ko’p qavatli tirik hujayralardan tuzilgan 6) ko’p qavatli o’lik va tirik hujayralardan tuzilgan 7)bir qavatli tirik hujayralardan tuzilgan
A 1,4,7 B 2,4,5 C 2,3,6 D 2,3,5
27. Elaksimon naylarga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)lub tolalari orasida joylashgan 2)po'stloq orasida joylashgan 3)o'simlikning pishiqligi va egiluvchanligini ta'minlaydi 4)teshikli to'siqlar bilan bo'lingan cho'ziq ingichka naychalar 5)barglardan boshqa organlarga organik moddalarni tashiydi 6)Ildizdan boshqa organlarga suv va unda erigan mineral moddalarni tashiydi
A 1,3,4,5 B 1,4,5 C 2,3,6 D 2,6
28.Mebel va uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda qaysi daraxtlardan foydalaniladi?
A yulg’un, eman, saksovul, chinor, zarang, yong’oq, qayrag’och
B tol, jiyda, terak C tut, tol, jiyda
D saksovul, yulg’un, eman, o’rik, zarang, yong’oq, qayrag’och
29.Kambiy hujayralariga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)doimo bo’linib turadi 2)yosh hujayralar 3)nozik hujayralar 4)poyaning eniga o’sishini ta’minlaydi 5)po’stloq bilan yog’ochlik o’rtasida joylashgan 6)yog’ochlik ko’ndalang kesilganda uning markaziy qismida joylashgan bo’ladi 7)bo’linish xususiyati cheklangan
A 1,2,3,4,5 B 1,2,3,4,5,6 C 2,3,4,5,6,7 D 2,3,4,5,7
30. O’zb.da nisbatan sekin o’sadigan daraxtlarni belgilang.
A chinor, tol, terak, shotut, yong’oq
B nok, do’lana, qatrong’i, pista
C archa, shamshod, nok
D tol, terak, gilos,chinor, yong’oq
31. Avstraliya evkaliptining bo’y uzunligini to’g’ri belgilang.
1)150 m 2)110m 3)155 m 4)142 m 5) 46 m
A 1,2 B 1,3 C 1,4 D 2,4
32. Sekvoyadendronning bo’y uzunligini to’g’ri belgilang.
1)150 m 2)110m 3)155 m 4)140 m 5) 46 m
A 1,2 B 1,3 C 1,4 D 2,4
33. Sekvoyadendronning pastki qismining aylanasini belgilang.
A 10-11 m B 13,5 m C 49 m D 46 m
34. Sekvoyadendronning bitta qubbasida nechta urug’ bo’ladi?
A 196 ming B 200 C 200 ming D 196
35. Sekvoyadendronning nechta urug’i 1 kg ni tashkil etadi?
A 196 ming B 200 C 200 ming D 196
36. Sekvoyadendronning nechta urug’i 1 g ni tashkil etadi?
A 196 ming B 200 C 200 ming D 196
37.Bandli barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.
1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12)anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi
A 2,4,7,10,11,14,15,17 B 1,3,5,6,8,9,12,13,16
C 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D 2,4,7,10,11,14,15,17
38.Bandsiz barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.
1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12) anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi
A 2,4,7,10,11,14,15,17 B 1,3,5,6,8,9,12,13,16
C 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D 2,4,7,10,11,14,15,17
39. Oddiy bargli o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq
A 1,4,5,7,9,12,16,17,18
B 1,4,5,7,9,12,16,17,18,19
C 1,4,5,7,9,10,16,17,18
D 1,4,5,7,9,10,16,17,18,19
40. Quyidagi o’simliklardan murakkab bargga ega bo’lmagan(lar)ini belgilang.
1)gilos 2)qayrag’och 3)majnuntol
A 1 B 1,2,3 C 1,3 D 2,3
41. Murakkab bargli o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq
A 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15,18,19
B 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15
C 2,3,6,8,11,12,13,14,15,18,19
D 2,3,6,8,11,12,13,14,15
42. Ikki urug’pallalilar(1) va bir urug’pallali(2) o’simliklarning bargi qanday tomirlanadi?
a)patsimon b)parallel c)yoysimon d)panjasimon (to’rsimon)
A 1-a,b; 2-c,d; B 1-a,d; 2-b,c; C 1-b,c; 2-a,d;
D 1-c,d; 2-a,b;
43.Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?
A panjasimon, uch bargchali, patsimon
B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon
C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
44. Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ?
A 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon
B 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
C 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon
D 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon
45.Barglari novdada navbat bilan joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
46. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
47.Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang
1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda
3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va mag`izdan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan
A1,4,6 B 2,4,7 C1,4,8 D3,4,6
48.Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi?
1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida
A)a-3,b-5 B)a-4,b-1 C)a-2,b-4 D)a-1,b-4
49.To’pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka gulli o’simliklarni belgilang.
A gilos, nok, olcha, olma B lola, nok, behi, shaftoli
C behi, lola, binafsha D behi, shaftoli, binafsha
50.to’pgullar … … bo’ladi.
A bir va ikki jinsli B oddiy yoki murakkab
C o’troq yoki bandli D to’g’ri yoki qiyshiq
51.Oddiy to’pgul(a) va murakkab to’pgullar(b)da gulpoyaning tuzilishini belgilang.
1)shoxlangan 2)shoxlanmagan
A a-1; b-2; B a-2; b-1; C a-1; b-1; D a-2; b-2;
52.Oddiy qalqonsimon to’pgulli o’simliklarni belgilang.
A shaftoli, nok, olma, olcha B o’rik, nok, olma, olcha
C gilos, nok, olma, olcha D olma, o’rik, gilos, nok
53. Qaysi turdagi topgular yo’g’on va uzun gulpoyada bansiz gullar joylashgan?
A)qalqoncha B)soyabon C)boshcha D)so’ta
54.Qaysi turdagi o’simlik yo’g’on va uzun gulpoyada bansiz gullar joylashgan?
A)zubturum B)piyoz C)sebarga D)makkajo’xori
55.qaysi turdagi topgullar kalta va yo’g’on gulpoyada bansiz joylashgan ?
A)qalqoncha B)soyabon C)boshcha D)so’ta
56. Qaysi turdagi o’simlik yo’g’on va kalta gulpoyada bansiz gullar joylashgan?
A)zubturum B)piyoz C)sebarga D)makkajo’xori
57. Qaysi o’simliklar yo’g’on va uzun gupoyada (a) , kalta va yo’g’on gulpoyada (b) bandsiz joylashgan ?
A)a-makkajo’xori b-sebarga B)a-piyoz b-qashqarbeda C)a-makkajo’xori b-piyoz D)a-olma b-sebarga
58.Qaysi turdagi to’pgulning yuqori qismining uzunligi bir xilda bo’ladi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C soyabon
D oddiy shingil
59. Qaysi turdagi topgular yo’g’on va uzun gupoyada (a) , kalta va yo’g’on gulpoyada (b) bandsiz joylashgan ?
A) a-so’ta b- kallakcha B)a-boshcha b-kallakcha C) a-so’ta b- tol D)barchasi
60.Qaysi turdagi to’pgulda mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
61.Oddiy boshoq to’pgulga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.
A qashqarbeda B zubturum C bodiyon D rovoch
62.Qaysi o’simlikning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
A makkajo’xorining urug’chili guli
B kelin supurgi C zubturum D jag’-jag’
63. Qaysi turdagi to’pgulda gullar uzun bandi bilan joylashgan bo’ladi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
64.Shoxlanmagan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
65. Shoxlangan soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
66.Bodiyon o’simligining gullari qanday to’pgulda yig’ilgan?
A murakkab soyabon B ro’vak Csavatcha D shingil
67.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi
A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 D 1,4,5,6,7
68.Shoxlangan shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1, 15 C 3,8,11,12,13
D 6,7,9,14,20
69.Gulpoyasi shoxlanmaydigan o’simliklarni toping.
1)olcha 2)zupturum 3)otquloq 4)arpa 5)shashir 6)bodiyon 7)qashqarbeda 8)gilos
A 3,4,5,6 B1,2,5,6 C 1,2,7,8 D 2,4,5,8
70 .Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6
71.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lmagan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6
72.Qaysi o’simliklarning changchili gullari kuchala to’pgulda yig’ilgan bo’ladi?
A yong’oq, terak, oqqayin B oqqayin, tok, yong’oq
C tut, oqqayin, yong’oq D oqqayin, yong’oq, tol
73.Qaysi to’pgullar turli xillarga mansub bo’lsada lekin o’zaro o’xshaydi?
A kuchala va ro’vak B oddiy va murakkab soyabon
C shingil va ro’vak D boshoq va kuchala
74. Sholi va qamish o`simligi uchun umumiy bo`lgan xususiyatni belgilang
A hayotiy shakl B to`pguli C ildizpoyasi D hammasi
75.Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi?
A bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi
B asosiy gulpoyasi osilib turadi
C asosiy gulpoyasi osilib turmaydi
D asosan changchili gullarda uchraydi
76. Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
A qashqarbeda B yantoq C sachratqi D qayrag’och
77.Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
A qulupnay B yantoq C sachratqi D qayrag’och
78. Qaysi o’simliklarning guli gulpoyasi uchidagi savatchada joylashgan bo’ladi?
1)karrak 2)kungaboqar 3)kartoshkagul 4)ermon 5)shuvoq 6)bo’tako’z 7)sachratqi
A 1,2,4,5,6,7 B hammasi C 2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,6
79.Savatcha to’pgulning atrofi nima bilan o’ralgan bo’ladi?
A jinssiz gullar bilan B naychasimon gullar bilan
C tilchasimon gullar bilan D o’rama bargchalar bilan
80.To’pgullar juftlab ko’rsatilgan javobni belgilang:
1) xarduma 2) qashqarbeda 3) sholi 4)shashir 5)karrak 6) olcha 7) qamish
a) oddiy shingil b) yakka gulli c) murakkab soyabon d)ro’vak e)murakkab boshoq f)savatcha g)qalqonsimon
A 1-e;2-a;3-e;4-d;5-f;6-b;7-d;
B 1-e;2-a;3-d;4-c;5-f;6-g;7-d;
C 1-f;2-a;3-e;4-c;5-g;6-b;7-e;
D 1-d;2-g;3-a;4-f;5-e;6-g;7-c;

Download 69.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling