A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Metodologiyaning muhim vazifalari


Download 276.68 Kb.
bet4/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

3. Metodologiyaning muhim vazifalari.
Metodologiyaning muhim vazifalaridan biri bilim manbaini aniqlashdir. Ushbu masalaning echimini falsafadan izlamoq darkor, zero, falsafiy nuqtai nazaridan har qanday bilim manbai ob’ektiv voqelik va uning inson ongidagi aksidir.
Borliqning inson ongidagi aksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita («ko‘zgudek toza») bo‘lishi mumkin emas. Bu aks bilish sub’ektining ob’ektga munosabati ta’sirida bo‘ladi, ammo ushbu ta’sir doirasi inson imkoniyatlariga bog‘liq, ma’lum chegarada kechadi.
Gnoseologiyada hissiy bilish jarayonida yuzaga keladigan obraz va bilish ob’ekti o‘rtasidagi munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratiladi: «Hissiy bilish shakllari to‘g‘risida tashqi dunyo obrazlari sifatida gapirilganda, «obraz»ga, ob’ektga moslik xos emas, balki ob’ektga uning muvofiqligi xos ekanligini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. «Obraz» – oynadagi nusxa emas, lekin «belgi» ham emas, balki narsaga xos in’ikosdir».
Borliqning inson tomonidan idrok etilishi, bu idrok sezgi organlari yoki biror bir asbob vositasida bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo sub’ektivdir. Lekin bu bilan voqelik to‘g‘risida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish mumkin emas, biz bilayotganimiz voqelik bo‘lmasdan, faqatgina his-tuyg‘u, sezish natijasidir degan xulosaga kelish noto‘g‘ridir.
Voqelikni sub’ektiv bilish jarayoni tajriba nazoratidadir va ushbu jarayon natijasida biz voqelik haqidagi ob’ektiv bilimga, aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz, ob’ektiv xaqiqatni bilib olamiz. Ob’ektiv haqiqat dunyo haqidagi bilim mazmunidir va bu bilim sub’ekt bilan bog‘liq emas. Lekin ushbu bilimni to‘plash jarayoni bevosita sub’ekt faoliyati, uning dunyoqarashi va qanday vositalardan foydalanilayotganligiga bogliq. Ushbu faktorlarning barchasi ilmiy tadqiqot natijalarida o‘z aksini topadi va bizning voqelik haqidagi bilimimiz qay yo‘sinda shakllanishini belgilaydi. SHu sababli bilish faoliyatining har bir bosqichi ob’ektiv haqiqatga ma’lum darajada yaqinlashish va unga intilishning kuchayishiga imkon beradi.
Voqelikning tadqiqotchi tomonidan qanday tasavvur va idrok qilinishi ilmiy tadqiqot natijalari uchun muhimdir. Ma’lumki, voqelik real mavjudlikdan iborat, undagi hodisa va predmetlar o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etadi. Bu bogliqlik ularning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarida, alohida qismlar o‘rtasidagi yaxlitlik va xususiylik munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Dunyodagi barcha hodisalar doimiy o‘zgarishda, taraqqiyotdadir va bu taraqqiyot bosqichma-bosqich amalga oshadi hamda sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, voqelik hodisalari sinergetika qonuniyatlariga amal qilgan, o‘z-o‘zini tashkil etish tamoyillariga tayangan holda rivojlanadi.
Xullas, zamonaviy falsafa fani voqelikni ilmiy bilishning asosiy yo‘nalishlarini aniq belgilab berish qudratiga ega. Ilmiy bilish jarayonining samarasi voqelik hodisalarining dialektik munosabatlari va ularning sinergetik taraqqiyot omillarining e’tiborga olinishi bilan bog‘liq. Aynan shu falsafiy qarashlar asosida ilmiy tadqiqot jarayonida qo‘llaniladigan vositalar ham haqiqiy bahosini topadi.



Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling