A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi


Download 276.68 Kb.
bet19/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

2. Bevosita ishtirokchilarga ajratish metodi.
Diskriptiv lingvistika vakillari jumlani eng kichik ma’noli qismlarga ajratishda, ya’ni segmentlarga bo‘lishda bevosita ishtirokchilar (BI) asosidagi tahlilga ham tayanadilar.
Bu metodga ishora L.Blumfildning “Til” asarida uchrasa ham, uning aniq tamoyillari R.Uellz va YU.Naydalar tomonidan ishlab chiqildi.
BI metodiga muvofiq, tayanch nuqta konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar (BI) ajratiladi.
Konstruksiya atamasi ostida ma’noli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan so‘z yoki konstruksiya (yoki morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, SHabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini, (H.O.) jumlasi konstruksiya hisoblanadi. Uning tarkibida ishtirok etgan barcha ma’noli so‘zlar ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so‘zlar esa bevosita ishtirokchilar (BI) sanaladi. SHabboda so‘zi bilan totini so‘zi o‘rtasida ma’lum ma’noda bog‘lanish (biri gapning boshlovchisi, ikkinchisi gapning yakunlovchisi) bo‘lsa ham, lekin ular o‘rtasida bevosita aloqa mavjud emas. Aksincha, gulning so‘zi totini so‘zi bilan ilk sahar so‘zi olib ketdi so‘zi bilan, shabboda qurg‘ur so‘zi olib ketdi so‘zi bilan o‘zaro zich bog‘langandir.
Bunga muvofiq, nutqning har bir mustaqil parchasi ikki qismdan tashkil topadi. O‘z navbatida, har qaysi qism yana o‘z ichida ana shunday qismlardan iborat bo‘ladi. Ko‘rinadiki, har bir konstruksiya binar tamoyilga ko‘ra qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish konstruksiya doirasida graduallik (darajalanish) xususiyatiga ega bo‘ladi. BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular bir gap ichida birlashtiriladi. SHuning uchun BI tahlilini birlashtirish, o‘rash deb ham yuritiladi. Birlashtirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
  • bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi;


  • o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas;


  • BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi.


BI metodiga muvofiq, til grammatikasi shakliy to‘g‘ri gaplarni hosil qiluvchi (tug‘diruvchi) kibernetik qurilma hisoblanadi. Har bir tilning grammatikasi belgilarning yopiq (oxirgi) simvollar va bu simvollar zanjirining qayta kodlashtirish qoidalaridan iborat bo‘ladi. Qayta kodlashtirish qoidasi X-Y shakliga ega bo‘ladi. Bunda X-Y simvollar zanjirini ifodalaydi. Bir guruh simvollar so‘z va morfemalarni ifodalash uchun, boshqalari esa sintaktik guruh va gaplarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari # shaklidagi alohida belgi ham ishlatiladiki, u gapning boshlanishi va oxirini ifodalash uchun qo‘llaniladi. BI metodiga asosan gaplarni qismlarga bo‘lish so‘z birikmalariga ajratishni eslatadi va gap bo‘laklariga ajratishdan hech qanday farq qilmaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa BIga ajratish gapni bo‘laklarga ajratishdan tubdan farq qiladi. F.M.Berezinning fikricha, gap bo‘laklari bo‘yicha tahlil aniq javob berolmagan narsalarga BI metodi yo‘li bilan qilingan tahlil javob bera olishi mumkin. BI metodi asosan sintaksisda qo‘llaniladi. Sintaksisda obro‘-e’tibor qozongan bu metod keyinchalik morfologiya va fonologiyaning ayrim masalalarini hal etishda qisman qo‘llanila boshlandi.





Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling