A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021


Download 276.68 Kb.
bet34/65
Sana14.11.2023
Hajmi276.68 Kb.
#1772083
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
Bog'liq
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)

Til sathlari klassifikatsiyasi.

Til sathlari klassifikatsiyasi turlicha amalga oshirilsa-da, bir xil asosga ega. Masalan, T.Bushuy va SH.Safarovlarning e’tirof etishicha, til sathlari quyidagilardan iboratdir:


1. Fonetik-fonologik sath (fonema);
2. Morfem-morfologik sath (morfema);
3. So‘z yasash sathi (so‘z strukturasi va yangi so‘z yasalishi);
4. Sintaktik sath (so‘z birikmasi, gap);
5. Leksik-semantik sath (so‘z, frazeologik birlik).
Tilshunos olim Z.Xolmonova til sathlarini quyidagicha qayd etadi:
  1. Fonetik-fonologik sath;


  2. Lug‘at sathi;


  3. Grammatik sath.




1. Fonetik-fonologik sath.
Ushbu sath nutq tovushlarini turli nuqtai nazardan o‘rganadi. Xususan, nutq tovushlarining akustik (hosil bo‘lishi), artikulyasion (talaffuz qilinishi), fiziologik xususiyatlari fonetikada o‘rganilsa, uning funksional (ma’no farqlash) tomoni fonologiyada o‘rganiladi. Fonetikaning nazariy, amaliy, segmental, supersegmental kabi ko‘rinishlari bor. Fonetika nuqtai nazaridan, nutqning fraza, takt, bo‘g‘in, nutq tovushlari kabi elementlari farqlanadi. Fonologiya nutqning funksional aspekti bilan shug‘ullanadi. Bunda nutq tovushlari (fonema)ning ma’no farqlash vazifasi o‘rganiladi.
2. Lug‘at sathi. Ushbu sath tilda mavjud so‘zlar yig‘indisidan iborat. Ushbu sathda leksikologiya (so‘z ta’rifi, lug‘atning o‘zgarishi, so‘zlarning o‘zaro munosabati), etimologiya (so‘zlarning boshlang‘ich ma’nosi va shakliy o‘zgarishi), leksikografiya (lug‘at va uning tuzilishi), semasiologiya (so‘z ma’nosi va uning taraqqiyoti) kabi bo‘limlar ajratiladi.
3. Grammatik sath. Tilning mazkur sathi o‘z ichiga so‘zlarning grammatik formasi, so‘z birikmalari, gaplarni qamrab oladi. Grammatik sath birliklariga morfema, so‘z birikmasi, gap, murakkab sintaktik butunlik, abzats, matnlar kiradi.
A.Hojiev til sathlarini quyidagicha tasvirlaydi:

Download 276.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling