A. Yuldashev “lingvistik tahlil metodlari” fanidan ma’ruzalar matni toshkent-2021
Download 276.68 Kb.
|
Umumiy tilshunoslik kafedrasi-hozir.org (1)
2. Distributiv tahlil. Mazkur metod til sathlari birliklarini ularning sintagmatik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganish usulidir. Bunda o‘rganilayotgan til birligining mohiyati uning atrofidagi birliklar qurshovi yoki lisoniy kontekst yordamida samarali yoritiladi. Ushbu tahlil usulining yuzaga kelishida Amerika deskriptiv tilshunosligining o‘rni ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalish namoyandalari sifatida B.Blok, J.Treyger, Z.Herris va boshqalar tan olinadi. Ushbu metod tilning fonologik sathida qo‘llanilishining asosiy sababi shundaki, fonologik birliklar soni aniq va ma’lum chegaraga ega.
Amerika struktural tilshunosligida distributsiyaning ikki ko‘rinishi farqlanadi: a) qo‘shimcha yoki to‘ldiruvchi distributsiya; b) qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi. Qo‘shimcha distributsiya bu ma’lum til elementi (fonologik birlik)ning faqat o‘ziga xos bo‘lgan nutqiy qatorda uchrashidir. Qiyosiy qarama-qarshilik distributsiyasi esa ikki yoki undan ortiq fonologik birlik (tovush)ning egallagan o‘rni (bir xil o‘rin bo‘lsa-da)dan qati nazar, turli ma’no ifodalanishiga ishora qiladi. Ushbu distributsiya turlariga T.Bushuy va SH.Safarovlar quyidagicha misol keltiradi. Birinchi tur uchun: “rus tilidagi ы va i unlilarining qurshovini qiyoslasak, ы faqatgina qattiq undoshlardan so‘ng uchraydi, i esa yumshoq undoshlar va so‘z boshida keladi”. Ikkinchi tur uchun: “inglizcha ship «kema» - sheep «qo‘y», son «o‘g‘il» - soon «tezda»”. Distributiv tahlilning fonologik sathdagi ahamiyati shundaki, fonologik birlik (fonema)lar birikma yoki jumlani eng kichik qismlarga ajratish (segmentlash)da muhim rol o‘ynaydi. Bunda birikma yoki jumlaning har bir segmentini boshqa birikma yoki jumla tarkibiga qo‘yib talaffuz qilib ko‘riladi. Bundan maqsad shuki, shu asosda har bir tovush u yoki bu segmentning vakili ekanligini aniqlanadi va bir tovushni har xil joylarda qo‘llash orqali ularning qurshovi aniqlanadi. Bunda tovushlar qurshovi o‘sha tovushlar qo‘shnichiligini bildiradi. Ushbu hodisani quyidagi misol bilan dalillaymiz: Masalan, “kitobni o‘qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o‘-qi-moq. Tadqiqotchi informantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning talaffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa informant orqali talaffuz qildiriladi. Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibidagi tovushlar oldingisidan bir oz farqlanishi mumkin. Masalan, o birida cho‘ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaffuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. CHunki o ning cho‘ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bo‘lmaydi, ma’no farqlamaydi. So‘ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo‘yib ko‘ramiz va informant uchun shunday qilish mumkin ekanligini tekshirib ko‘ramiz”. Bir qurshovda turgan segment o‘sha qurshovdagi boshqa segment bilan almashtirilganda, ma’no o‘zgarmasa, ular bir segmentning turli vakillari sanaladi, agar ma’no o‘zgarsa, demak, turli segmentlar hisoblanadi. Masalan, “tokning birinchi segmenti o‘rniga n segmentini qo‘ysak, tamomila yangi ma’noli nok kelib chiqadi. Demak, t va n segmentlari boshqa-boshqa segmentlarning vakillari sanalidi”. Distributiv lingvistikada ikki tovush o‘rtasida uch xil munosabat farqlanadi: a) kontrast distributsiya (bir xil qurshovdagi ikki elementning o‘zaro o‘rin almashgandagi ma’no farqlashi); b) qo‘shimcha distributsiya (bir xil qurshov (o‘rin)dagi ikki tovush o‘zaro o‘rin almasha olmasligi, ya’ni birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanila olmasligi); v) erkin almashinish distributsiyasi (bir xil qurshovdagi ikki elementning o‘zaro o‘rin almasha olishi). Bularga quyidagicha misollar keltirish mumkin: Masalan, birinchi tur: tom, nom, jom so‘zlarining birinchi segmentlari t-n-j bir xil pozitsiyada kelib, ma’no farqlash vazifasini bajarib, o‘zaro kontrast distributsiya munosabatidadir. Ikkinchi tur: bil so‘zi tarkibidagi i o‘rniga shu qurshovda ы ni qo‘llab bo‘lmaydi, yoki qo‘l so‘zi tarkibidagi o‘ o‘rniga shu qurshovda ы ni qo‘llab bo‘lmaydi. Uchinchi tur: gijda so‘zidagi portlovchi dj tovushi o‘rnida sirg‘aluvchi j tovushini almashtirish mumkin, lekin bu almashinish so‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. O‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bo‘lgan ikki element bir mohiyatning ikki varianti hisoblanadi. Download 276.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling