O’ttiz ikkinchi oyat:
مَتَاعًا لَكُمْ وَلِأَنْعَامِكُمْ
Ma’noviy tarjimasi: Va sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat bo’lsin, deb.
Tafsiri jalolayn: Sizlarga va chorva hayvonlaringizga ozuqa bo'lishi uchun. Qandayki, oldingi surada muqaddam bo'lganidеk “rohat bеruvchi” narsa qildik.
Tafsiri hilol: Ha, haqiqatan, zikr qilingan va qilinmagan hamma ozuqabop narsalardan yoki insonning o’zi yoki uning chorvalarivmanfaatlanadi. Inson esa, mazkur nabototlarga qo’shib chorvalardan ham manfaat oladi. Ularni ham taom qilib yeydi.
O’ttiz uchinchi oyat:
فَإِذَا جَاءَتِ الصَّاخَّةُ
Ma’noviy tarjimasi: Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa.
Tafsiri jalolayn: Agar Sooxxoh (kar qiluvchii tovush) kеlsa. U ikkinchi marta sur puflanishidir.
Tafsiri hilol: Biz kar qiluvchi ovoz, deb tarjima qilgan ma’no, Uqr’oni Kraim ta’biri ila bir og’iz lafz ila As-Sooxxa deyiladi. As-sooxxa qiyomatnkng nomlaridan biri bo’lib, quloqlarni kar qiluvchi ovoz ma’nosini bildiradi. Qiyomat qattiq qichqiriq ovozdan keyin qoyim bo’lgani uchun shu nom bilan ham atalgan.
O’ttiz to’rtinchi oyat:
يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ
Ma’noviy tarjimasi: U kunda kishi o’z aka-ukasidan.
Tafsiri jalolayn: Ana o'sha Kunda kishi o'z aka-ukasidan qochadi
Tafsiri hilol:
O’ttiz beshinchi oyat:
وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ
Ma’noviy tarjimasi: Va onasi va otasidan.
Tafsiri jalolayn: Va ota-onasidan.
Tafsiri hilol:
O’ttiz oltinchi oyat:
وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ
Ma’noviy tarjimasi: Va xotini va bola-chaqasidan qochadi.
Tafsiri jalolayn: Xotini va farzandlaridan (bola - chaqasidan) qochadi.
“وم- إذا “ dan badal. Uning jovobi unga dalolat qiladi.
Tafsiri hilol: Ya’ni qiyomatning daxshatidan hamma o’zi bilan ovora bo’lib qoladi. Hatto, hech kimning aka-akasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo’lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |