Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat
Download 77.43 Kb.
|
abasa12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafsiri hilol
‘’Abasa’’ surasining qiyosiy tahlili. بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Birinchi oyat: عَبَسَ وَتَوَلَّىٰ Ma’noviy tarjimasi: Aftini burishtirdi va yuz o’girdi. Tafsiri jalolayn: Yuzini burishtirdi va yuz o'girdi. Ya'ni, Nabiy s.a.v. yuzlarini burishtirdi va yuz o'girdi. Tafsiri hilol: Ya’ni Muhammad sollallohu alayhi vasallam aftlarini burishtirib, yuz o’girdilar. Ikkinchi oyat: أَنْ جَاءَهُ الْأَعْمَىٰ Ma’noviy tarjimasi: Ko’zi ko’r kishi huzuriga kelganda. Tafsiri jalolayn: Unga kеlgan ko'r sababli. Ya'ni, uni oldiga kеlgan ko'r Abdulloh ibn ummu Maktum sababli. U kishi Nabiy s.a.v. mashg'ul bo'lib turgan narsadan to'sib qolgandi. O'sha narsa Quraysh sha'raflilarini islomga kiritishdan iborat edi. Shundayki, Rasululloh s.a.v. ularni islomga kiritishga intilardilar. Ko'r kishi U zot ana o'sha ish bilan mashg'ulliklarini bilmasdan “Alloh sizga o'rgatgan narsani mеnga o'rgating” dеb nido qildi. Shunda Nabiy s.a.v. uylariga burilib kеtdi. Bas, ana o'shanda bu surada nozil bo'lgan narsa bilan itoblandilar (koyildilar). Shundan so'ng qachon ibn ummi Maktum kеlsalar “Robbim u tufayli mеni koyigan kishi xush kеlibdi” dеrdilar va unga ridolarini yozardilar. Tafsiri hilol: Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu,ey, Allohning Rasuli, Alloh sizga o’rgatgan narsadan menga ham o’rgating, deb kelganida. Ey Payg’ambar, Uchinchi oyat : وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّهُ يَزَّكَّىٰ Ma’noviy tarjimasi: Qayerdan bilasan,ehtimol, u poklanar. Tafsiri jalolayn: Sizga nima bildirdiki, balki u poklanar.Bu oyatda aslida bor bo'lgan “الزاي " التاء ga idg'om qilingan. Ya'ni, sizdan eshitgan narsa tufayli gunohdan poklanar. Tafsiri hilol: Bu oyat Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hitob bo’lib, Unga Alloh taolo: “ Ey Muhammad, qayerdan bilasan, ehtimol bu ko’zi ko’r Abdulloh ibn Ummu Maktum sendan eshitgan Qur’on va boshqa ta’linotlar tufayli gunohlardan poklanar. Sen bo’lsa, boylarga boqib, undan yuz o’girmoqdasan”, deydi. Download 77.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling