Abdikatsiya lot taxtdan, hokimiyatdan, lavozimdan voz kechish


Download 224.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi224.89 Kb.
#1134571
Bog'liq
ABDIKATSIYA — l-WPS Office



ABDIKATSIYA — lot. taxtdan, hokimiyatdan, lavozimdan voz kechish.
ABDUKSIYA — muqobil (alternativ) farazlarga nisbatan mavjud ma‘lumotlardan
kelib chiqib ularni yaxshiroq izohlaydigan yoki baholaydigan farazdan mulohaza yuritish
usuli. Ilk marotaba fanda izohlash farazlarini qurish maqsadida Ch.S.Pirs tomonidan
ishlab chiqildi va qo‗llana boshlandi.
ABOLITSIONIZM (lot. abolitio – yo‗qotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga
barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat; 2) negrlarni qullikdan ozod qilish
harakati. A. XVIII a.da AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada paydo bo‗lib, XIX a.ning
birinchi yarmida avj olgan. AQSHdagi A. jamiyatlari quldorlikka qarshi targ‗ibotni
kuchaytirdilar. Negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari –
abolitsionist deb atalgan. A. ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-1865 –
yillarda AQSHda bo‗lib o‗tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o‗ynadi. Bu
urush natijasida AQSH janubida quldorlikka chek qo‗yildi; 3) Buyuk Britaniya, Fransiya


va b. ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi quldorlikni bekor qilish uchun olib
borilgan kurash harakati.
ABORIGENLAR (lot. aborigine – qadimdan, boshidan) — 1) biror mamlakat,
o‗lkaning qadimdan o‗sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim
rivoyatlariga ko‗ra, Apennin tog‗lari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila A.
deb atalgan. Mas., Amerika va Avstraliya mustamlaka qilinish davrida A.ning ko‗pchiligi
qirib tashlangan, qolgan qismi maxsus ajratilgan hududlarga - rezervatsiyalarga quvib
chiqarilgan, kamsitishlarga duchor etilgan.
ABSENTEIZM (lot. absentia – qatnashmaslik, bosh tortish) — saylovchilarning
vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig‗ilishlarda va h.k.da
qatnashishdan bosh tortishi; aholining o‗z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq
qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko‗rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli;


U quyidagi sabablarga ko‗ra vujudga kelishi mumkin: shaxsda siyosiy madaniyat
yetarlicha shakllanmagani; guruhga mansublik hissining yo‗qotilishi yoki umuman
bo‗lmaganligi; siyosiy institutlarga ishonchsizlikning nihoyatda kuchliligi; hokimiyatga
ta‘sir eta olmaslik hissi; hayotdan mamnunlik. Ya‘ni absenteizm hayotning ijtimoiysiyosiy
sharoitlaridan o‗ta darajada qoniqmaslik yoki o‗ta qoniqish natijasi bo‗la oladi.
Shunga ko‗ra u hokimiyat ijtimoiy madaddan maxrumligini yoki siyosiy barqarorlikni
anglatishi mumkin.
ABSOLYUT MONARXIYA (cheklanmagan, mutloq) — bunda monarxning
vakolati cheklanmagan, u yagona hukmdor bo‗ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta
idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (mas.,
Saudiya Arabistonida) bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Mutlaq monarxiya
hozirgi kunda 8 ta mamlakatda saqlangan, ular qatoriga Saudiya Arabistoni, Birlashgan
Arab Amirliklar, Quvayt va b.lar kiradi.
ABSOLYUTZIM (lot. absolutus – shak-shubhasiz, cheklanmagan, mutlaq) — bir


kishining (podsho, sulton, imperator) qonun bilan cheklanmagan mutloq hokimiyatiga
asoslangan davlat tuzumi. Bunda siyosiy hokimiyat tamomila bir kishi qo‗lida bo‗ladi. A.
Fransiya va Angliyada XVII a.da, Yaponiyada XVIII a. boshlarida, Turkiya, Misrda XIX
a. oxirida mavjud bo‗lgan. Bu turdagi davlatda hokimiyat bir kishi qo‗lida to‗planadi,
davlat ulkan byurokratik apparat (davlat muassasalari), muntazam armiya, sud, politsiya
yordamida idora qilinadi. O‗rta Osiyo hududida 1917-yil inqilobigacha mavjud bo‗lgan
xonliklarni A.ga kiritish mumkin.
ABSTRAKSIYA (lot. abstractio – chalg‗ish, chetlashish) — narsalar xossa va
nisbatlarining boshqalari, mazkur tadqiqotda jiddiy bo‗lmagan va ikkinchi darajali deb
ko‗rib chiqilayotganlaridan xayolan ajratib olish (farqlash) jarayoni. Abstraksiya
(mavhumlash) natijasi mavhum obyektlarning hosil bo‗lishidir.
AD‟YUNKT (lot. adjunctus – qo‗shilgan) — ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ishga
layoqati bo‗lgan hamda harbiy ilmiy tadqiqot institutlari yoki oliy o‗quv yurtlarining


ad‘yunkturasipya fan doktori, professor (ba‘zi hollarda katta ilmiy xodim yoki dotsent
ilmiy darajasiga ega fan nomzodlari) ilmiy rahbarligida ma‘lum bir harbiy mutaxassislik
bo‗yicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tekshirish ishlari olib borayotgan oliy
ma‘lumotga yoki magistr darajasiga ega bo‗lgan harbiy mutaxassis.
AD‟YUTANT (lot. adjutans – yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir,
qo‗mondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho
Rossiyasi armiyasida shtablarda harbiy devon mutasaddisi bo‗lgan zobit lavozimi (katta
polk, batalon va divizion A.i); XVII a. ikkinchi yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada
joriy bo‗lgan, 1716-yil harbiy nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho,
imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi A. general a. deb,
zobit mansabidagi – fligel a. deb atalgan.
ADAPTATSIYA (lot. adaptare – moslanish) — shaxs (guruh) xulq-atvorining


mazkur jamiyat, qatlam va ijtimoiy guruhda humronlik qiluvchi an‘ana va normalarga
moslashish. Ijtimoiy o‗zgarishlar tez-tez ro‗y berib turadigan sharoitlarda (ilmiytexnikaviy
o‗zgarishlar, industrlashtirish va h.k.) ijtimoiy adaptatsiyaning ahamiyati
oshadi. U siyosiy tizim oldida turgan vazifalar o‗zgarishi, yangi maqsadlar aniqlanishi,
muammolarni hal qilish uchun yangi yondoshuvlar ishlab chiqilishida namoyon bo‗ladi.
ADAPTIROVLI STRUKTURA — mexanik (byurokratik) tuzilmalarning yon
atrofdagi keng o‗zgartirishlarga moslashishi, o‗zgartirishi va ruxsat etadigan tashkiliy
tuzilma.
ADDITIVLI — qo‗shimcha.
ADEKVAT (lot. tenglashgan) — aynan o‗xshash, teng ma‘noli.
ADEPT (lot. erishgan) — biror ta‘limot, g‗oyaning ashaddiy tarafdori, davomchisi.
ADL (arab. odillik) — islom dinida Olloh sifatlaridan biri. Hozirgi zamon islom
ilohiyotida A. jamiyatning barcha a‘zolariga nisbatan «ilohiy adolat», ularning «Olloh
oldidagi tengligi» deb talqin etiladi.


ADLIYA (arab, adl – adolat, to‗g‗rilik, haqqoniylik, odil sudlov, holislik) — sudlov
muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. A. keng
ma‘nodagi huquqdir. O‗zbekiston Respublikasida A. organlari faoliyatiga O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. O‗zbekiston Respublikasining qabul
qilingan «Sudlar to‗g‗risida»gi qonuni (1993-yil 2-sentabr) 10-moddasi talabiga ko‗ra,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudi, tuman
shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash sudyalarning mustaqilligi va
ularning faqat qonunga bo‗ysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (yana q.Huquq).
ADLIYA VAZIRLIGI – ijrochi hokimiyatning organi, adliya sohasida
boshqaruvni amalga oshiradi hamda ushbu sohadagi ijroiya hokimiyati organlari olib
borayotgan faoliyatni muvofiqlashtiradi. Adliya vazirligining asosiy vazifalari
quyidagilar: adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; shaxs va davlatning huquq


va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, aqliy mulkni sudlar faoliyati tartibi bilan
belgilangan huquqiy himoyasini ta‘minlash, sud yoki boshqa huquq organlarining jinoiy
jazolar bo‗yicha aktlarini bajarish.
ADMINISTRATSIYA — ma‘muriyat.
ADMIRAL (arab. amir ul-bahr – dengiz hukmdori, hokimi) — harbiy-dengiz
flotining qo‗mondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi A.lar uchun -
kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi A.lar uchun -
injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor.
ADOLAT — ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta
rol o‗ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning
tushunchalarini o‗zida aks ettiradi. Siyosiy xatti - harakatlar, huquq va burch me‘yorlari,
axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish,
qadr-qimmatni e‘tirof qilish va h.k.ga mazkur tushuncha orqali baho beriladi. A.


tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan
belgilanadi. A.ning ijtimoiy-falsafiy jihati jamiyat
a‘zolarining
xilma-xil
munosabatlaridagi o‗zaro tengligini nazarda tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada
bir xil munosabatda bo‗lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob
qoidalariga amal qilishni bildiradi. A.ning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni,
siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‗amini
yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda A. kishilarning demokratik qonunlar asosida
ish yuritishini taqozo etadi, unda har bir odam o‗z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati
tufayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‗z faoliyatida fuqarolar tomonidan
A. qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat a‘zolarining mol-mulki
daxlsizligi va qonun oldida tengligini ta‘minlaydi.


ADOLAT SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI — 1995-yil 18-fevralda
Ta‘sis quriltoyida tuzilgan O‗zbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Matbuot nashri
«Adolat» gazetasi. Partiyaning bosh maqsadi mustaqillikni mustahkamlash,
islohotlarning borishiga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga
va pirovardida O‗zbekistonning jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam
o‗rin olishiga munosib hissa qo‗shishdan iborat. Pаrtiyaning oliy orgаni Qurultoy
hisoblаnаdi. Siyosiy Kengаsh Plenumlаri hаr yildа kаmidа ikki mаrtа o`tkаzilаdi.
―Аdolаt‖ ijtimoiy-siyosiy gаzetаsi O`zbekiston ―Аdolаt‖ sotsiаl-demokrаtik pаrtiyasining
rаsmiy nаshriy orgаni hisoblаnаdi, gаzetа 1995-yil 22-fevraldа tаshkil etilgаn va shu yili
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida o‘z fraktsiyasini tuzgan. ASDP Oliy Majlisga
bo‗lib o‗tgan saylovlarda quyidagicha deputatlik o‗rinlarini egalladi: 1999-yilda 11 ta (3
foiz), 2004-yilda 10 ta (8 foiz), 2009-yilda 19 ta (14 foiz), 2014-yilda 20 ta (15 foiz)


deputatlik o‗rinlarini egalladi.

Download 224.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling