Abdikatsiya lot taxtdan, hokimiyatdan, lavozimdan voz kechish
Download 224.89 Kb. Pdf ko'rish
|
ABDIKATSIYA — l-WPS Office
ABDIKATSIYA — lot. taxtdan, hokimiyatdan, lavozimdan voz kechish. ABDUKSIYA — muqobil (alternativ) farazlarga nisbatan mavjud ma‘lumotlardan kelib chiqib ularni yaxshiroq izohlaydigan yoki baholaydigan farazdan mulohaza yuritish usuli. Ilk marotaba fanda izohlash farazlarini qurish maqsadida Ch.S.Pirs tomonidan ishlab chiqildi va qo‗llana boshlandi. ABOLITSIONIZM (lot. abolitio – yo‗qotish, bekor qilish) — 1) biror qonunga barham berish uchun qilinadigan ijtimoiy harakat; 2) negrlarni qullikdan ozod qilish harakati. A. XVIII a.da AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniyada paydo bo‗lib, XIX a.ning birinchi yarmida avj olgan. AQSHdagi A. jamiyatlari quldorlikka qarshi targ‗ibotni kuchaytirdilar. Negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan. A. ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-1865 – yillarda AQSHda bo‗lib o‗tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o‗ynadi. Bu urush natijasida AQSH janubida quldorlikka chek qo‗yildi; 3) Buyuk Britaniya, Fransiya va b. ayrim mamlakatlarda mustamlakalardagi quldorlikni bekor qilish uchun olib borilgan kurash harakati. ABORIGENLAR (lot. aborigine – qadimdan, boshidan) — 1) biror mamlakat, o‗lkaning qadimdan o‗sha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qadimgi Rim rivoyatlariga ko‗ra, Apennin tog‗lari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qadimgi qabila A. deb atalgan. Mas., Amerika va Avstraliya mustamlaka qilinish davrida A.ning ko‗pchiligi qirib tashlangan, qolgan qismi maxsus ajratilgan hududlarga - rezervatsiyalarga quvib chiqarilgan, kamsitishlarga duchor etilgan. ABSENTEIZM (lot. absentia – qatnashmaslik, bosh tortish) — saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig‗ilishlarda va h.k.da qatnashishdan bosh tortishi; aholining o‗z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko‗rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli; U quyidagi sabablarga ko‗ra vujudga kelishi mumkin: shaxsda siyosiy madaniyat yetarlicha shakllanmagani; guruhga mansublik hissining yo‗qotilishi yoki umuman bo‗lmaganligi; siyosiy institutlarga ishonchsizlikning nihoyatda kuchliligi; hokimiyatga ta‘sir eta olmaslik hissi; hayotdan mamnunlik. Ya‘ni absenteizm hayotning ijtimoiysiyosiy sharoitlaridan o‗ta darajada qoniqmaslik yoki o‗ta qoniqish natijasi bo‗la oladi. Shunga ko‗ra u hokimiyat ijtimoiy madaddan maxrumligini yoki siyosiy barqarorlikni anglatishi mumkin. ABSOLYUT MONARXIYA (cheklanmagan, mutloq) — bunda monarxning vakolati cheklanmagan, u yagona hukmdor bo‗ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (mas., Saudiya Arabistonida) bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Mutlaq monarxiya hozirgi kunda 8 ta mamlakatda saqlangan, ular qatoriga Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklar, Quvayt va b.lar kiradi. ABSOLYUTZIM (lot. absolutus – shak-shubhasiz, cheklanmagan, mutlaq) — bir kishining (podsho, sulton, imperator) qonun bilan cheklanmagan mutloq hokimiyatiga asoslangan davlat tuzumi. Bunda siyosiy hokimiyat tamomila bir kishi qo‗lida bo‗ladi. A. Fransiya va Angliyada XVII a.da, Yaponiyada XVIII a. boshlarida, Turkiya, Misrda XIX a. oxirida mavjud bo‗lgan. Bu turdagi davlatda hokimiyat bir kishi qo‗lida to‗planadi, davlat ulkan byurokratik apparat (davlat muassasalari), muntazam armiya, sud, politsiya yordamida idora qilinadi. O‗rta Osiyo hududida 1917-yil inqilobigacha mavjud bo‗lgan xonliklarni A.ga kiritish mumkin. ABSTRAKSIYA (lot. abstractio – chalg‗ish, chetlashish) — narsalar xossa va nisbatlarining boshqalari, mazkur tadqiqotda jiddiy bo‗lmagan va ikkinchi darajali deb ko‗rib chiqilayotganlaridan xayolan ajratib olish (farqlash) jarayoni. Abstraksiya (mavhumlash) natijasi mavhum obyektlarning hosil bo‗lishidir. AD‟YUNKT (lot. adjunctus – qo‗shilgan) — ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ishga layoqati bo‗lgan hamda harbiy ilmiy tadqiqot institutlari yoki oliy o‗quv yurtlarining ad‘yunkturasipya fan doktori, professor (ba‘zi hollarda katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy darajasiga ega fan nomzodlari) ilmiy rahbarligida ma‘lum bir harbiy mutaxassislik bo‗yicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tekshirish ishlari olib borayotgan oliy ma‘lumotga yoki magistr darajasiga ega bo‗lgan harbiy mutaxassis. AD‟YUTANT (lot. adjutans – yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir, qo‗mondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho Rossiyasi armiyasida shtablarda harbiy devon mutasaddisi bo‗lgan zobit lavozimi (katta polk, batalon va divizion A.i); XVII a. ikkinchi yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada joriy bo‗lgan, 1716-yil harbiy nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho, imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi A. general a. deb, zobit mansabidagi – fligel a. deb atalgan. ADAPTATSIYA (lot. adaptare – moslanish) — shaxs (guruh) xulq-atvorining mazkur jamiyat, qatlam va ijtimoiy guruhda humronlik qiluvchi an‘ana va normalarga moslashish. Ijtimoiy o‗zgarishlar tez-tez ro‗y berib turadigan sharoitlarda (ilmiytexnikaviy o‗zgarishlar, industrlashtirish va h.k.) ijtimoiy adaptatsiyaning ahamiyati oshadi. U siyosiy tizim oldida turgan vazifalar o‗zgarishi, yangi maqsadlar aniqlanishi, muammolarni hal qilish uchun yangi yondoshuvlar ishlab chiqilishida namoyon bo‗ladi. ADAPTIROVLI STRUKTURA — mexanik (byurokratik) tuzilmalarning yon atrofdagi keng o‗zgartirishlarga moslashishi, o‗zgartirishi va ruxsat etadigan tashkiliy tuzilma. ADDITIVLI — qo‗shimcha. ADEKVAT (lot. tenglashgan) — aynan o‗xshash, teng ma‘noli. ADEPT (lot. erishgan) — biror ta‘limot, g‗oyaning ashaddiy tarafdori, davomchisi. ADL (arab. odillik) — islom dinida Olloh sifatlaridan biri. Hozirgi zamon islom ilohiyotida A. jamiyatning barcha a‘zolariga nisbatan «ilohiy adolat», ularning «Olloh oldidagi tengligi» deb talqin etiladi. ADLIYA (arab, adl – adolat, to‗g‗rilik, haqqoniylik, odil sudlov, holislik) — sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. A. keng ma‘nodagi huquqdir. O‗zbekiston Respublikasida A. organlari faoliyatiga O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. O‗zbekiston Respublikasining qabul qilingan «Sudlar to‗g‗risida»gi qonuni (1993-yil 2-sentabr) 10-moddasi talabiga ko‗ra, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudi, tuman shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‗ysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (yana q.Huquq). ADLIYA VAZIRLIGI – ijrochi hokimiyatning organi, adliya sohasida boshqaruvni amalga oshiradi hamda ushbu sohadagi ijroiya hokimiyati organlari olib borayotgan faoliyatni muvofiqlashtiradi. Adliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar: adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; shaxs va davlatning huquq va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, aqliy mulkni sudlar faoliyati tartibi bilan belgilangan huquqiy himoyasini ta‘minlash, sud yoki boshqa huquq organlarining jinoiy jazolar bo‗yicha aktlarini bajarish. ADMINISTRATSIYA — ma‘muriyat. ADMIRAL (arab. amir ul-bahr – dengiz hukmdori, hokimi) — harbiy-dengiz flotining qo‗mondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi A.lar uchun - kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi A.lar uchun - injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor. ADOLAT — ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol o‗ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o‗zida aks ettiradi. Siyosiy xatti - harakatlar, huquq va burch me‘yorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni e‘tirof qilish va h.k.ga mazkur tushuncha orqali baho beriladi. A. tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. A.ning ijtimoiy-falsafiy jihati jamiyat a‘zolarining xilma-xil munosabatlaridagi o‗zaro tengligini nazarda tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‗lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. A.ning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‗amini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda A. kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuritishini taqozo etadi, unda har bir odam o‗z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tufayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‗z faoliyatida fuqarolar tomonidan A. qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat a‘zolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini ta‘minlaydi. ADOLAT SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI — 1995-yil 18-fevralda Ta‘sis quriltoyida tuzilgan O‗zbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Matbuot nashri «Adolat» gazetasi. Partiyaning bosh maqsadi mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarning borishiga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga va pirovardida O‗zbekistonning jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam o‗rin olishiga munosib hissa qo‗shishdan iborat. Pаrtiyaning oliy orgаni Qurultoy hisoblаnаdi. Siyosiy Kengаsh Plenumlаri hаr yildа kаmidа ikki mаrtа o`tkаzilаdi. ―Аdolаt‖ ijtimoiy-siyosiy gаzetаsi O`zbekiston ―Аdolаt‖ sotsiаl-demokrаtik pаrtiyasining rаsmiy nаshriy orgаni hisoblаnаdi, gаzetа 1995-yil 22-fevraldа tаshkil etilgаn va shu yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida o‘z fraktsiyasini tuzgan. ASDP Oliy Majlisga bo‗lib o‗tgan saylovlarda quyidagicha deputatlik o‗rinlarini egalladi: 1999-yilda 11 ta (3 foiz), 2004-yilda 10 ta (8 foiz), 2009-yilda 19 ta (14 foiz), 2014-yilda 20 ta (15 foiz) deputatlik o‗rinlarini egalladi. Download 224.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling