Abdiraimova Muqaddasning 11-"V" sinf o‘quvchisi Himmatov Sardorga bergan
Download 21.72 Kb.
|
SALBIY tavsifnoma
Termiz davlat unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta'lim yo'nalishi IV bosqich 319-guruh talabasi Abdiraimova Muqaddasning 11-"V" sinf o‘quvchisi Himmatov Sardorga bergan Tavsifnoma11-“V” sinf o’quvchisi Himmatov Sardor kamgap va biroz uyatchang bola. Ko’p hollarda atrofidagi voqealarga e’tiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi, sinfdosh o’rtoqlari bilan ham ko’p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg’izlikni ma’qul ko’radi. Yoshlik davridan faqatgina tarix faniga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, xulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnashadi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi darslarni u o’zlashtiradigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berishi orqali uning faolligini oshirishi kerak. Bu o’quvchi tarix fanini yaxshi biladiganlarga havas qiladi, lekin o’zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida savollarga javob bera olmaydi. Bunga sabab unga qo’shimcha e’tiborning kamligi va ko’pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim. Darslarni yaxshi o’zlashtirishi uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina tarixni o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi. 03.11.2022-yil Abdiraimova Muqaddas Download 21.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling