Abduhakimova nargiza sobitovnaning
KOORDINATSION - HARAKAT QOBILIYATLARINI TARBIYALASH METODIKASI
Download 0.81 Mb.
|
Aduhakimova Nargiza Asosiy (Ko\'rildi) (2)
KOORDINATSION - HARAKAT QOBILIYATLARINI TARBIYALASH METODIKASI Yangi harakat faoliyatlariga o‘g‘ratish va takomillashtirish jarayonida ta’sir etuvchi qobiliyatlar to‘g‘risida fikrlashar ekanmiz, avvalam bor anchadan beri chaqqonlik haqida gapirib kelganmiz. To‘g‘ri, hozirgacha bu fikr davom etmoqda va xali chuqur o‘rganilgani yo‘q. Lekin oxirgi yillar adabiyotlarida taxminan 90- yillarda bu tushunchani ko‘proq "Koordinatsion qobiliyatlari" bilan boglashmoqdalar, chunki: birinchidan, yangi harakat faoliyatlarini bajarishda va tuzilishida har bir harakatning bir biriga moslashtirishga qaratilgan qobiliyatidir. Ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez qayta qurish qobiliyati sifatida qarash mumkin. Qoordinatsion qobiliyatining bu ikkala tomoni bir bin bilan chambarchas bog‘liq va o‘zining maxsus xususiyatlariga ega. Bular turli harakat vaziflarini echishda va har xil koordinatsion qiyinchiliklarni engishda vujudga keladi. Albatta bu koordinatsion qiyinchiliklar va ularni engish har xil bo‘ladi. Masalan, gimnastika bilan shug‘ullanuvchilar eng murakkab gimnastik-koordinatsion kombinatsiyalarni oson va muvaffaqiyatli bajaradilar. Koordinatsion qobilyatlarni tarbiyalash metodikasi Lekin, ko‘pincha sharoit, atrof-muhit o‘zgarishi bilan bu kombinatsiyani sifatli bajara olmaydilar. Sport o‘yinlarida shugullanuvchilar eng murakkab harakatlarni bir-biriga molslashtirib bajaradilar, lekin sport o‘yini bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni tez o‘zlashtira ololmaydilar. Majmua holda bajariladigan bu koordinatsion - harakatlar qobiliyatini bir o‘lcham bilan baholab bo‘lmaydi. Baholashda har xil tashqi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bularning ichida nisbatan asosiylari bu: a) harakat faoliyatlarining yangi shaklini o‘rganishga sarflangan vaqt, murakkab mashqlarni o‘zlashtirishga sarflangan vaqt qancha kam bo‘lsa shuncha bir xil sharoitda uning koordinatsion harakat qobiliyatlarining rivojlanganligi yuqori bo‘ladi. b) shular qatori faoliyatning koordinatsion murakkabligi ham hisobga olinadi hamda harakatlarning aniqligi shunday qilib bir biridan farq qiladi. Har bir harakatda o‘ziga xos koordinatsion qobiliyatlari, talablari bor. Ular shu qobiliyatlarning o‘lchamlaridir, ya’ni: a) harakat faoliyatining koordinatsion murakkabligi; b) harakatning aniqligi; v) harakatlarni o‘zlashtirib olishga sarflangan vaqtdir. Demak, koordinatsion qobiliyatlari - bu baholash uchun yagona kriteriyaga ega bo‘lmagan murakkab majmua sifatidir. Koordinatsion qobiliyatlari - bu inson o‘z harakati faoliyatida to‘satdan o‘zgaruvchan sharoit talablariga muvofiq ravishda yangi harakatlarni tezda egallash va tezda qayta ko‘ra olish qobiliyatidir. Hayotda va umuman jismoniy tarbiyada uchratiladigan harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: 1. Nisbatan stereotip harakatlar - engil atletika yo‘lkasida yugurish, uloqtirsh va sakrashlar, gimnastik mashqlari, tennis; 2. Nostereotip harakatlar - sport o‘yinlaridagi harakatlar yakkakma-yakka olushuvdagi, "slalom"dagi, krossdagi harakatlar. Stereotip harakatlaridagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o‘rganganligiga bog‘liq. Agar inson o‘zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatlarni o‘zlashtirib olishga ko‘proq vaqt ketkazgan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi. Stereotip harakatlarda vaziyat to‘satdan o‘zgargandagina chaqqonlik harakatni o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o‘zgartira bilishlari kishining harakatini maqsadga muvofiq qayta qurish uchun sarflangan vaqti bilan ifodalaydi. Psixologik nuqtai nazaridan koordinatsion qobiliyatlar xususiy harakatlarni o‘zlashtirish va atorof muhitning to‘liqligiga; tashabbuskorligiga bog‘liqdir. Koordinatsion qobilyat tezkorlik va murakkab reaktsiyalarning aniqligi bilan chambarchas bogliqdir. Koordinatsion - harakat qobiliyatlarini tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim: 1. Yangi harakat shakllarini bajarish qobiliyatlarini takomillashtirish harakatlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan; 2. Sharoit o‘zgarishiga binoan koordinatsion-harakat shakllarini qayta qurish qobiliyatini takomillashtirish; 3. Har xil charchashga olib keluvchi qiyinchiliklarga qarshi koordinatsion - harakat shakllarining mustahkamligini oshirish. Yuqorida qayd etilgan vazifalar sezgi funktsiyalarini, harakatlarni aniqligini harakat tajribalarini muntazam bajarishini va boshqalarni mustahkamlashga va takomillashtirishga yo‘naltirilgandir. Koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalash vositaiari. Koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalashda turli-tuman jismoniy mashqlarni vosita sifatida qo‘llash mumkin, lekin bu mashqlar har xil koordinatsiyaon harakatlar murakkabligi bilan bogliq bo‘lib, uni engish talablariga egadir. Umuman, mashqlar texnikasini o‘zlashtirish jarayonida har xil qiyinchiliklarni enga olishga to‘g‘ri keladi. Shuni ham aytish kerakki, bu mashqlarni o‘rganishda ular mustahkamlanadi va murakkabligi yo‘qolib boradi. Demak: koordinatsion harakat qobiliyatini oshirish uchun koordinatsion-harakatlar faoliyatini murakkabligini o‘zgartirib borish maqsadga muvoffiqdir. Panja va qo‘l mushaklarining kuchlarini tarbiyalashga oid mashqlar. 1.joydan uzunlikka sakrash Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash vositalari 2. buyumlar bilan qo‘llarni (oyoqlarni) ko‘rsatilgan burchakkacha ko‘tarish: 30, 45, 60, 90, 120, va h. K. 3. berilgan vazifalar bo‘yicha masofani qadamlab o‘tish (10, 20, 30, 50, 60, 100m va h.k.) Burilishlar. 4. ko‘rsatilgan balandlik" asosida sakrash. 5. ko‘rsatilgan masofaga va nishonga koptokni otish to‘ldirma to‘plar tennis koptogi, va h.k. Vaqt sezgini tarbiyalashga oid mashqlar. 1. Qat’iy belgi-langan vaqt davomida yurish yugirish, sakrash irg‘itish, URM. 2. belgilangan vaqt ichida erkin harakatni bajarish. 3. mashqlarni ko‘p marta takroriy bajarilishi tezlikka aniqlikka. Muvozanatni saqlashga oid mashqlar. 1. bir oyoqda ko‘zni yumgan va ochgan holda turish. 2. har xil harakatli o‘yinlar Sport o‘yinlaridan so‘ng bir oyoqda va ikki oyoqda muvozanat saqlab qolish. 3. turli buyumlar va buyumlarsiz gimnastika, devorda gimnastika va h.k. Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalashda keng qo‘llaniladigan vositalarga: harakatli va sport o‘yinlari, gimnastika, akrobatika kiradi. Shuning uchun ham bu mashqlar o‘quvchilarning jismoniy tarbiyalashda katta o‘rin egallaydi. Bu vositalar umumiy chaqkonlikni rivojalanishiga ko‘maklashadi. Masxsus chaqkonlikni tarbiyalashda xarakteri va yo‘nalishi bo‘yicha musobaqaviy mashqlarga yaqin tayyorlov mashqlardan foydalaniladi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling