Abduhakimova nargiza sobitovnaning


Download 0.81 Mb.
bet4/25
Sana19.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1600609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Aduhakimova Nargiza Asosiy (Ko\'rildi) (2)

Tadqiqotning maqsadi: Umumta’lim maktablarida 14-15 yoshli o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda yengil atletikani o‘rnini aniqlash.
Mamlakatimizda bolalarni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular uchun ko‘plab sport majmualari, stadionlar, sport maktablari, suv sporti saroylari, gimnastika maktablari barpo etilgan bo‘lib, ushbu inshootlarda bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bundan tashqari respublikamizda uch bosqichli musobaqalar, ya'ni maktab o‘quvchilari uchun «Umid nihollari», litsey va kollej talabalari uchun «Barkamol avlod» va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun «Universiada» sport musobaqalari joriy qilingan bo‘lib, ushbu musobaqalar turli yoshdagi bolalarni qamrab olgan. Ushbu musobaqalar haqiqiy sport bayrami darajasida o‘tkazilayotgani uchun bolalarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qilmoqda.
Maktab o‘quvchilarining sog‘lom va barkamol bo‘lib shakllanishida jismoniy tarbiya darslarining roli beqiyosdir, chunki jismoniy madaniyat - o‘quvchilarda o‘ziga, o‘z tanasiga bo‘lgan ongli munosabatni, sog‘likni mustahkamlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, irodaviy hamda axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi yagona o‘quv fanidir.
Tadqiqot vazifasi:
1. Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiya tizimida jismoniy sifatlarni rivojlantirilishida yengil atletikaning zarurligini asoslash orqali ulardan foydalanish jarayonida 14-15 yoshdagi o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining nazariy, pedagogik va ruhiy asoslarini tadqiq etish;
2. Yengil atletika mashqlaridan foydalanish orqali umumta’lim maktabi o‘quvchilari jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish va o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali ma’lum xulosalar chiqarish;
3. Jismoniy tarbiya darslarida yengil atletika turlaridan foydalanish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirishning samarador usullari va ularni o‘rgatish yo‘llarini tajriba orqali aniqlash. O‘quvchilarda jismoniy madaniyatga va sportga bo‘lgan yaxshi munosabatning shakllanishi ko‘p jihatdan o‘quv jarayonini samarali tashkillashtirishga va aniq qo‘yilgan pedagogik vazifalarga bog‘liq.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan jismoniy tarbiya darslarida yengil atletika mashqlarini o‘rgatishda va talab meyorlarini qabul qilishda bajarilishi qiyin bo‘lgan mashqlarni ko‘pchiligini o‘rgatishda yengil atletika mashqlarini bajarish imkonini beradigan vosita va usullarni xilma xillarini qo‘llanilishi dars jarayonini bir maromda zerikarli o‘tishining oldini olish.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling