Абдухалилова лайло


-mavzu: Pul – kredit tizimi. Banklar va ularning iqtisodiyotdagi roli


Download 1.02 Mb.
bet14/27
Sana12.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1192202
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
4 Масалалар туплами, кейс ва лойиха

22-mavzu: Pul – kredit tizimi. Banklar va ularning iqtisodiyotdagi roli.

1. Agar tijorat banki 11% ssuda olib, uni o’z mijozlariga 20% li stavkada kredit qilib bersa, bank marjasi qanday bo’ladi?


2. Mijoz bankdan yillik foiz stavkasi 30% bo’lgan 10 mln so’m miqdorida ssuda oldi. U umumiy hisobda bankka qancha pul qaytaradi, agar ssudani to’lash bir yildan keyin boshlanib, har oyda amalga oshirilib borilsa?
3. Markaziy bank pul siyosatini yuritishda uchyot (hisob) stavkasini oshiradi. Bu avvalo (nimaga) qanday holatga olib keladi?
4. Mrkaziy bankning davlat qimmatli qog’ozlarining katta qismini aholiga sotish nimaga olib keladi?
5. Mijoz bankdan olgan 15 mln. so’m miqdoridagi ssudasini bir yildan keyin 18 mln qilib qaytaradi. Foiz stavksini aniqlang.
6. Mamalakatda pul taklifi 100 mln doll.ni tashkil etadi. Nominal YAIM esa 500 mln.doll. Agar pul taklifi 2 marta ortsa pul aylanish tezligi qanday o’zgaradi (klassik miqdoriy pul nazariyasiga ko’ra)?
7. Majburiy rezerv me’yori 5% ga teng. Bank tizimi 20 mln. so’m ssuda berganda pul taklifi qanday o’zgaradi?
8. Majburiy rezerv me’yori – 2% tijorat banki markaziy bankdan 30 mln so’mga obligatsiya sotib oldi. Bank depozitlari summasi qanday o’zgaradi?
9. Siz bankdan 10 mln. so’m miqdorida ssuda oldingiz. SHundan so’ng boshqa firma tomonidan shu bankka 4 mln. so’m omonat puli qo’ydi. Pul taklifi qanday bo’ladi?
23-MAVZU: Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli.
1) Ikkinchi jahon urushdan keyingi davrda AQSH da hukumat xarajatlarining yillik ulushi o’rtacha olganda YAMM ning 20% ni tashkil qilib keladi.
P.Samuelsonning fikricha, jamiyatda qator muammolar (so\liqni saqlash, ta’lim va boshqalar) borki, ularni sof bozor usullari bilan hal qilib bo’lmaydi. A.Smit nuqtai nazariga ko’ra esa davlat va iqtisodiyot o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bu «arzon davlat» tamoyili bo’lishi kerak.
YUqorida keltirilgan jumlalar ustida fikr yuriting va quyidagi savollarga javob bering.
A) Sof bozor iqtisodiyoti tushunchasini qanday tavsiflash mumkin?
B) «Aralash iqtisodiyoti» tushunchasiga qanday fikr berdingiz?

2. Quyidagi ma’lumotlarga diqqat bilan e’tibor qiling.


AQSH federal xukumatining byudjet strukturasi, 1990 yil.
Daromad %
-individual 44,1
-korparativ 11,1
-soliqqa tortishning boshqa turlari
harajatlari 44,8
-milliy mudofa 26,3
-fundamental fanlar 1,2
-soliqni saqlash 4,5
-boshqa harajatlar 68

Ushbu ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:



  1. Jamiyat ne’matlari nima?

  2. Odatdagi xususiy ne’matlarni iste’mol qilishdan farqli (o’laroq) jamiyat ne’matlarini iste’mol qilishning xususiyati nimada?

  3. Jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarishni kim va nima uchun moliyalashtiradi?

  4. Quyidagi keltirilgan faktik materiallarni tahlil qiling:

1990 yil AQSH federal byudjetida tabiatni muhofaza qilishga ajratilgan harajatlar 14,4 mlrd doll.ni tashkil qiladi.
Iyul oyida Parijda «katta yettilik» yi\ilishi qatnashchilari murojaat qildilar: «Erning ekologik balansini aniqlashtirish va saqlash uchun shoshilinch chora qabul qilish zarur. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalaridagi umumiy muammolarni hal qilish maqsadida planetada so\lom, muvozanatli atrof-muhitni yaratish va saqlashga erishish uchun biz o’z imkoniyat va kuchlarimizni birlashtiramiz».
Quyidagi savollarga javob bering:
1) Salbiy eksternallar deganda nimani tushunasiz?
2) Nima uchun ko’pincha aynan bozor tizimidagi davlatlar salbiy ekstrenallarni minimallashtirish muammolari bilan shu\ullanadi?
3) Makroiqtisodiy siyosiy maqsadlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:
YAMM, bandlik, narxlarining barqarorligi, muvozanatli to’lov balansi, iqtisodiy o’sish, atrof muhitni muhofaza qilish.
1) Davlat maqsadlardan ba’zilarini tanlashi mumkinmi?
2) Davlat maqsadlardan ba’zilarini tanlashi mumkinmi?

  1. Taxminan oxirgi 50 yil ichida AQSH da aholining turli tabaqalari daromadlari o’rtasidagi farq kamaydi.

Quyidagi savollar yuzaidan o’zingizning mustaqil fikringizni bayon qiling.

  1. Daromadlarni qayta taqsimlash Davlat makroiqtisodiy siyosatining dastgohi hisoblanadimi?

  2. Davlat qanday qilib daromadlarni qayta taqsimlashni amalga oshiradi.

  3. Daromadlar tengsizligi adolatdanmi yoki daromadlar tengligi adolatsizlikmi?




Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling