Abdukarimov anvar


semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema= nomema+sememadir. Nomema


Download 20.81 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi20.81 Kb.
#1799781
1   2
Bog'liq
ABDUKARIMOV ANVAR Leksik ma‘noning kengayishi va torayishi

semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema= nomema+sememadir.
Nomema leksemaning tilga xos tomonidir. U ongimizda muayyan fonemalar tizmasi sifatida mavjud. Nomemaning fonemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq jarayonida (kishi fikr yuritganda, ma’lum matnni ichida o‘qiganda) aniq seziladi. Chunki odam ichki nutq jarayonida so‘zlarni, qo‘shimchalarni ketma-ket tizib, xuddi gapirayotgandek, ularni grammatik jihatdan shakllantiradi. Demak, inson faqat ovoz chiqarganda emas, balki ovozsiz ham fonemalarga moddiy shakl bera oladi. Tashqi muhitda nomema tovushlar (yoki harflar) tizmasi sifatida voqelashadi. Substansional tilshunoslik leksemalarning moddiy tomoniga – nomemalarga ko‘p ahamiyat bermaydi. Chunki nomema leksemaning mohiyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Leksemaning mohiyati esa uning ichki tomoni – semema orqali va shunga ko‘ra leksemaning boshqa til birliklariga munosabati, aloqaga kirishuvi orqali belgilanadi.
Nomemaning ahamiyati nazmiy nutqda behad katta bo‘ladi (qofiya, radif, tajnis turlari, saj’….). Shu sababli she’riyatda nomemaga asosiy e’tibor qaratiladi. Lingvistika nuqtayi nazaridan esa asosiy e’tibor faqat sememaga qaratiladi. Semema leksemaning ichki tomoni, uning mazmuni, ma’nosi, nimani ifodalab kelishidir. Sememalar ko‘pincha ongimizda muayyan bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi. Tushuncha – ong, mantiq birligi, semema esa leksemaga xos birlikdir. Masalan, [o‘rik] leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:

  1. ho‘l meva turi;

  2. shu mevaning quritilgani;

  3. shu mevani beradigan daraxt.

Sememaning tushunchalar bilan bog‘liqligini faqat mustaqil leksemalardagina kuzatish mumkin. Yordamchi leksemalarda, olmoshlarda esa bunday bog‘lanishni ko‘rmaymiz. Tilshunoslikda sememani hosil qiluvchi ma’no bo‘laklari sema deyiladi. Masalan: [daraxt] leksemasining semalari quyidagilar:
1) predmet; 2) o‘simlik; 3) yerda o‘suvchi; 4) tanali; 5) ildizli; 6) shoxli; 7) bargli.
Sistem tilshunoslikning asosiy vazifalaridan biri leksemalarni tizim sifatida tahlil qilishdir. Leksemalarni shu nuqtayi nazardan o‘zaro ichki munosabatlar asosida muayyan qatorlarga, guruhlarga, tur va turkumlarga birlashtirish zarur.
So’zlar ham tuzilishiga ko’ra turlichadir. Ular, asosan, quyidagi tuzilish turlariga ega: 1) sodda tub so’zlar; 2) sodda yasama so’zlar; 3) qo’shma so’zlar; 4) juft so’zlar; 5) takror so’zlar; 6) murakkab so’zlar.
So’zlarning barchasi leksemalar yoki maxsus so’z yasash qoliplari asosida nutqda hosil qilinadi. Shuning uchun leksemalarning yuqorida qayd etilgan beshta turi ham sodda, soddalashgan, qo’shma, juft va murakkab so’zlar sifatida nutqda voqelashadi. Ammo leksemalarga tayanadigan qo’shma, juft va murakkab so’z­lar tom ma’noda qo’shma, juft va murakkab so’zlar emas. Ularning barchasi til birligi hisoblanadi. Chunki ular tayyor, shakl va mazmun butunligiga ega bo’lgan til birligi-leksemaning voqelanishi, nutqda namoyon bo’lishidir. Shu sababli so’zlarning tuzilish turlari haqida fikr yuritganda, ikki yo’ldan birini tanlash zarur.
Birinchi yo’lga ko’ra so’zlar: leksemalarning voqelanishi ruyobga chiqishi; unumli so’z yasash qoliplarining hosilalari kabi ikki katta guruhga ajratilishi lozim. Bu holda har bir guruhda qo’shma, juft, takror, va murakkab so’zlarning ajratilishi maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, birinchi guruhda, bulardan tashqari, yana sodda so’zlar, ikkinchi guruhda esa sodda yasama so’zlar ajratiladi.
Sistem tahlil usuli talabiga ko’ra bu eng to’g’ri va mukammal yo’ldir.
Ikkinchi yo’lga ko’ra esa sodda, qo’shma, juft, tak­ror va murakkab so’zlarga ajratiladi. Ayni vaqtda ularning har biri o’z ichida ikki guruhga: a) leksema­larning nutqiy shakllari (voqelanishi) va b) so’z yasash qoliplarining hosilalari kabilarga bo’linishi kerak.
Bu yo’l sistem tahlil usulidan bir qadam orqaga chekinish hamda tarixiy va shakliy omillarni bir porona yuqori qo’yish yo’lidir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, leksema «o‘zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik xususiyatlarini mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlik» deb tariflanar ekan, bu ta’rif faqat mustaqil leksemalar uchun xosdir. Chunki yordamchi leksemalar denotativ xususiyatlarga ega emas. Yordamchi leksemalar uchun grammatik ma’no xosdir.
Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling