Abdulhamidov axrorbek 1-iqt-22
Download 277.55 Kb.
|
ABDULHAMIDOV AXRORBEK 1-IQT-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
ABDULHAMIDOV AXRORBEK 1-IQT-22Bu maqola O‘tkir Hoshimov Qalamiga mansub “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi asosida yozilgan.Bu kitob boshlanishida yozuvchi asarni qirq yil davomida yozganligini aytib o‘tadi. Va men buni umrim davomida shoshmasdan yozdim va siz ham bu kitobni shoshilmasdan o‘qing degan jumlalar keltiriladi. Bu kitob adbining umri davomida chiqargan xulosalari hisoblanadi va bu xulosalarni har birini kitob qilib chiqarsa bo‘ladigan ma’lumotlar jamlangan. Kalit so‘zlar: Baliq, maymun, laylak, Ona, daraxt, do‘st, to‘y, bola, qishloq, shahar, aqil, dunyo Inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni so'z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog'onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o'ylikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o'xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir.Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg'ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga tegishli hissa qo'sha oladi. Muhimi, ular faqat ma'rifly bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma'naviy kamolotga xizmat qiladi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari Umr davomida sayqal topib shu holatga kelganiga qadar insondan qanchdan-qancha bilim,sabr-toqat,tajriba juda kata ro‘l o‘ynaydi. Va yozuvchi o‘zi aytganidek qishloqning qalbi shaharning aqli kerak bo‘ladi. Bu asarni o‘qir ekansiz hech qayerida tutilmaysiz, va yozuvchining topqirligiga tassano aytasiz.Kitobni o‘qib bir jumla haqida bosh qotirib ko‘rdim: Eng aqlli jonivor Dunyoda eng aqlli jonivor-baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi! Bu jumlani o‘qir ekansiz odiygina baliq haqida gap ketgan ekanda deb o‘ylaysiz,lekin nazarimda bu ibora baliq uchun ishlatilmagan chunki baliq orqali insonlarga qaratilgan anchagina gap yotad, Buning zamirida .Mening fikrimcha yozuvchi shunday demoqchi: Qancha kam gapirsang va qancha ko‘p harakat qilsang va shu qilgan ishlaringni minnat qilmasang dunyodagi aqilli insonlardan biri san demoqchi.Buni yana boshqacha shakilda ham tushinish mumkin:kimgadir yaxshilik qilsangizu keyin uni minnat qilib takrorlayversangiz bunda sizni yaxshiligingiz havoga sovriladi.Bundan hulosa shundaki yaxshilik qil-u suvga ot,Holiq bilar Holiq bilmasa baliq bilar degan maqol ham kelib chiqsa ajab emas.Bu asardagi “Laylak” hikoyasiga to‘htalsak Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida onabola qishloqqa – uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, teztez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi. Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi. - Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay. -Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. – Yura qol, jonim. Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to’xtab qoldi. -Nima u, oyi? –dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib. -Laylak, o’g’lim, laylak. - Nimaga bir oyoqda turibdi? Ona kuldi: - Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim. Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi. Bola tag’in to’xtab qoldi. - Nima o’zi u, oyi? Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak. -Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. – senga salom beryaptida. Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. ... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador, Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Ko‘zidan nur ketdi. Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko‘rinar, uyada esa oyog‘i, tumshug‘i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydiyu qadamini tezlatdi. Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi. - Anavi nima, o‘g‘lim? – dedi to‘xtab. -Laylak, oyi, laylak! Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to‘rt qadam yurib yana to‘xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko’rinyapti. Qiziq... -Nima, o‘g‘lim? – dedi ko‘zlarini pirpiratib. O‘gil taqqa to ‘xtadi. G‘ashi keldi. O‘zi shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da! -Laylak! –dedi jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz! Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning hali shaharga qaytishi kerak… Uning g‘or, go’dak bolalari bor… Bu hikoyani o‘qib onaga achinasiz onangizni o‘ylab ketasiz men onamga shunaqa muomilada bo‘lmadimmikin deb.Laylak hikoyasida ona yoshligida bola necha marta so‘rasa ham laylak deb javob berishi onalarimizni sabr toqatini mehribonligini ko‘rsatib turadi. Lekin bolasini onasiga qilgan munosabatini ko‘rib u bolaga nisbatan nafratimiz uyg‘onadi.Lekin qaytar dunyo ekanligi va uning ham farzandlari borligi hikoya so‘ngida yaqolgina tushinarli bo‘lgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki bu asar umr davomida yozilgan va sizning ham umringiz davomida kerakli bo‘ladigan ibratli so‘zlar bor.Bazi hikoyalarini o‘qib o‘ylanasiz, bazilarini o‘qib esa yig‘laysiz. Bazilarindan xulosa chiqarasiz yana birlaridan esa o‘zingizga kerakli bo‘lgan so‘zlarni takror takror aytaverib yod bo‘lib ketganligini bilmay ham qolasiz. E’tiboringiz uchun rahmatDownload 277.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling