Abdulla Oripov she’riyati Reja: Abdulla Oripov ijodida tabiat tasviri


Download 15.66 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi15.66 Kb.
#136228
Bog'liq
11-mavzu Abdulla Oripov


Abdulla Oripov she’riyati

Reja:

  1. Abdulla Oripov ijodida tabiat tasviri.

  2. Shoir ijodida Vatan madhi.

  3. Abdulla Oripovning qo‘shiqqa aylangan she’rlari matni ustida ishlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. N.Karimov. S.Mamajonov, B.Nazarov va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “O‘qituvchi”, 1999. –544 b.

2. Qo‘shjonov M.Suvon Meli. Abdulla Oripov. T.: Ma’naviyat, 2000.

3. XX asr o‘zbek she’riyati antologiyasi. T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. – 496 b.

4. Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. O‘qituvchi NMIU, 2019. –720 b.

5. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. T.: Sharq, 2019.



Seminar mashg‘ulotlari amaliy mashg‘ulotlardan tubdan farq qiladi. Bunda talabaning mavzuni mustaqil o‘zlashtirganligi kuzatiladi. Albatta, talabaga bir qancha mas’uliyat yuklanadi. Shunga qaramay, o‘qituvchi tomonidan unga muayyan yo‘nalish berib boriladi. Ikki tomonning hamkorligi natijasida talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishiga ko‘maklashiladi.
1. Abdulla Oripov ijodida tabiat tasviri. Topshiriqni bajarishda ijodkorning “Olam qachon go‘zal bo‘ladi?”, degan she’riy hayqirig‘i inobatga olinadi. Shuningdek, “Qo‘riqxona” she’ri tahlilga tortiladi. Shoir “Qo‘riqxona” deganda nimani nazarda tutgani, asardagi tag ma’no insoniy munosabatlar, milliy o‘zlik va qadriyatlar tarannumi, ezgulik va oqibatni asrash masalasi ekanligi, Abdulla Oripov “insof yo‘qolmasin” singari mushohadalarga urg‘u berganligi tasdiqlanadi. Ayni paytda, “Globallashuv jarayonida nimalarni qo‘riqlash kerak?” mavzusida esse yozish maqsadga muvofiq. Esse kamida 450 ta so‘zdan iborat bo‘lishi shart.

2. Shoir ijodida Vatan madhi. Abdulla Oripov she’riyatida yurt tarovati, vatanni sevish, ardoqlash tuyg‘usi qay darajada ifodalangani kuzatiladi. “O‘zbekiston”, “Yurtim shamoli” singari she’rlar tahlil qilinadi va fikrlar asoslanadi.

3. Abdulla Oripovning qo‘shiqqa aylangan she’rlari matni ustida ishlash. Topshiriqni amalga oshirishda quyidagilar inobatga olinadi:

A) shoirning qo‘shiq bo‘lgan she’rlari ro‘yxati tuziladi.



V) asl matn bilan qo‘shiq matni solishtiriladi.

Bu qiyoslash davomida so‘zlardagi farqlar, ibora va tasvirdagi tafovutlar, tushirib qoldirilgan misralar, so‘z va jumlalarning orttirilishi kabi jihatlar inobatga olinadi.
Download 15.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling