ABDULLA ORIPOV (1941) Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. OTA-ONASI - Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etdi.
- Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi.
Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi. - Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi.
- To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |