Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida psixologik seminar trening bo‘lib o‘tdi
Download 320.51 Kb.
|
1 2
Bog'liqO'quv trening 28.11.2020
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida psixologik seminar trening bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Stress-menejment” mavzusida o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 28-noyabr kuni ta’lim muassasamizda "Agressiyani bartaraf etish usullari", "Maktablarda ijobiy psixologik jamoani shakllantirish “Ijtimoiy ma’naviy muhitni yaxshilash” mavzulariga doir psixologik suhbatlar, trening mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘quv treningining kirish qismida psixologiya ruhiyat ilmi ekanligi hamda unga tasir etuvchi holatlar yuzasida amaliy mashiqlar berildi. “Dembo” metodikasi orqali har bir o‘quv-trening qatnashchilarining xarakter xususiyatlari o‘rganib chiqildi. O‘z navbatida o‘quv-trening dasturining asosiy qismi bo‘lgan “stressing ijobiy va salbiy oqibatlari” haqida mashg‘ulot ishtirokchilariga taqdimot amalga oshirildi Ma’lumki, hozirda yurtimizda ta’limga e’tibor eng ustivor vazifalardan hisoblanadi. Bilimli, zukko yoshlarni yetishtirish uchun esa, albatta, pedagog kadrlarning aqliy va ruhiy jihatlari shuningdek, shaxsiy sifatlari muhim ahamiyatga ega. Binobarin ta’lim muassasasida ijtimoiy muhit, hodimlarning o‘zaro munosabati, bir-birini tushunish kabi jihatlar ham alohida o‘rin kasb etadi. O‘quv-teningining amaliy qismida nazariy ma’lumotlar asosida “Qal’a” va “Tirbantlik” kabi faoliyatga undovchi o‘yin texnologiyalaridan foydalanildi. Download 320.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling