82
7.13 – ilova
Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 5 fevraldagi 68-sonli qarori bilan tasdiqlangan
―ONA VA BOLA‖ DAVLAT DASTURI
Maqsad va vazifalar:
Homilador ayollar salomatligini yaxshilash va sog‗lom bola tug‗ilishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari
yordamida ularni kuzatib borish va parvarish qilish
Bola tug‗ilgan paytdan boshlab doimiy tibbiy nazorat o‗rnatish, uning
sog‗lom o‗sishi uchun xavf tug‗diradigan salbiy ta‘sirlardan uni himoya
qilish, turli xil kasalliklarga qarshi muntazam ravishda emlab borish va
boshqa profilaktika tadbirlarini o‗tkazish
Bolalarni go‗daklik yoshidan boshlab jismoniy va ma‘naviy jihatdan to‗g‗ri
tarbiyalash, har bir oilada zamonaviy tibbiyot, pedagogika va psixologiya
tavsiyalarining bajarilishini ta‘minlash
IV. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ajdodlarimizdan meros bo‗lib qolgan
an‘analar va urf-odatlar asosida milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida,
pedagogikaning zamonaviy usullarini qo‗llab, ularni tevarak-atrofdagi
olamning boyligi va xilma-xilliklari bilan keng ko‗lamda tanishtirgan holda
tarbiyalashda Ota-onalar va murabbiylarning rolini kuchaytirish
Bolalarda, xususan ular boshlang‗ich sinflarda ta‘lim olayotgan davrda
bilimlar bilan birgalikda milliy an‘analar va qadriyatlarga hurmat bilan
munosabatda bo‗lishni, shuningdek keng dunyoqarashni, chet tillarga va
umuminsoniy qadriyatlarga qiziqishni shakllantirish
Bola tarbiyasida, uning balog‗at yoshiga etgunga qadar jismoniy va
ma‘naviy rivojlanishida ona va oilaning rolini, ushbu barcha jarayonlarda
ona va bolaning ajralmas aloqasini kuchaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: