Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
soglom turmush tarzi omillari va amaliyoti
Ovqatlanish omili. Ovqatlanish hayot uchun kurash shakllaridan biri sifatida
jamiki jonzodning oldida turgan asosiy masala hisoblanadi. Inson ham bundan istisno emas. Ibtidoiy odamning kundalik tashvishi va asosiy maqsadi ovqat topish va qornini to‗yg‗azish bo‗lgani aniq. Ma‘lumotlarga qaraganda, ularning ovqatlanishdagi asosiy mashg‗uloti termachilik bo‗lgan. Ya‘ni ular issiq iqlimli
12
sharoitlarda, o‗rmonlarda, tog‗ yonbag‗irlarida, voha va vodiylarda o‗sadigan daraxtlarning mevalarini, ildizlarini terib yeb kun kechirganlar. Asosiy iste‘mol qiladigan ovqatiga kura ibtidoiy odam mevaxo‗r bo‗lgan. Shubhasiz, ibtidoiy odam ovqat mahsulotlarini g‗amlashni bilmagan, qorni ochganda esa ovqat izlab, topilganda qorni to‗ygunicha egan. Ovqat topish qiyin va mashaqqatli bo‗lgani uchun uni bir necha kunlab och yurganini tasavvur qilish qiyin emas. Bunday vaqtlarda u badanining ichki imkoniyatlari hisobiga yashagan. Va nihoyat, insoniyat noto‗g‗ri ovqatlanish va kasalliklar o‗rtasida bog‗liqlikni anglab etdi. Buni qadimgi dunyoning Zardusht, Luqmon, Gippokrat kabi ko‗pgina mutafakkirlarning asarlaridan bilish mumkin. Ana shu davrdan boshlab, ovqatliklarning tarkibiy mutanosibligi, energiya muvozanati, mikroblar, ovqatlanish rejimi va tartibi haqida ilmiy qarashlar paydo bo‗la boshladi. Ovqatla- nish haqidagi fan — dietologiya shakllandi. Hozirgi kunga kelib esa, noto‗g‗ri ovqatlanish kishilar o‗rtasida uchrayotgan oshqozon va ichaklar, yurak va qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari hamda bo‗g‗imlar, modda almashinuvining buzilishi, shuningdek, rak kabi kasalliklarning asosiy sababchisi ekanligi ilmiy ravishda isbotlandi. Hatto Jahon Sog‗liqni Saqlash Tashkilotining ekspertlari P. Revel hamda Ch. Revellar, «Kishilar o‗rtasida uchrayotgan kasalliklarning 80 foizi noto‗g‗ri ovqatlanishdan», degan fikrni ilgari suradilar. Shuning uchun ham bugungi kunda ovqatlanishni to‘g‗ri tashkil etish, inson kundalik turmushining eng asosiy talablaridan biri va buni sog‗lom turmush tarzini tashkil etishda hisobga olmaslik mumkin emas. Harakat omillari. Ibtidoiy odamning ovqatlik topish va qorin to‗yg‗azish zarurati uni harakat kilishga, uzoq yurishga, yugurishga, daraxtlarga chiqib, tog‗larga tirmashishga, suv kechib, qirlardan oshishga, hayvonlar bilan olishishga majbur qilgan. Xar bir luqma ovqatlik uchun ba‘zan kunlab xarakat qilishga to‘g‗ri kelgan. Faqatgina ovqatlik topish uchungina emas, balki yirtqich hayvonlardan qochish, jon saqlash uchun ham u ko‗p yugurishi, harakat qilishi kerak bo‗lgan. Keyinchalik uning bu harakati mehnat bilan almashgan. Xuddi ana shu turmush mashaqqati uning badanidagi modda almashinish jarayonini tartibga keltirgan, 13
ichki a‘zolar faoliyatini yaxshilagan, xujayralarni va oxir oqibatda butun vujudini modda almashinish natijasida xosil bo‗lgan oraliq maxsulotlardan tozalashga, bo‗limlar harakatchanligini ta‘minlashga, chidamlilik, degan nihoyatda muhim bir tayanch tizimini vujudga kelishiga xizmat qilgan. Demak, insoniyat uchun harakat va uning turlarini o‗zining kundalik turmushiga ongli ravishda kiritish zarurati paydo bo‗ldi. Shu bilan birga, gigiena fani xulosalari badan muntazam ravishda parvarishga muxtoj ekanligini va uni to‗g‗ri parvarish qilish umrni uzaytirish bilan bevosita aloqadorligini ham isbotladi. Shu nuqtai nazardan harakat va badantarbiya salomatlik yo‗lidagi muhim omil bo‗lib, sog‗lom turmush tarzining asosiy talablaridan biri bo‗lib qoladi.
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling