Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlari va bioekologiyasi


Download 421 Kb.
bet4/5
Sana24.09.2020
Hajmi421 Kb.
#131032
1   2   3   4   5
Bog'liq
S.F.I Kurs ishi Bio-201 Origin


1.4.Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlari va bioekologiyasi
Respublikamizning daryo va ko'llarida 62 baliq turi yashaydi.Bu baliq turlari asosan karpsimon baliqlar oilasiga kiradi.7 tur va kenja turlar itbaliqsimon hamda bijkasimon baliqlar oilasiga oiddir. Osetrsimon baliqlar oilasiga atiga 5 tur baliq, olabug'asimon baliqlar hamda tosh osti baliqlar oilasiga taxminan uch tur baliqkiradi.Qolgan baliqlar oilalariga(cho'rtan baliqlaroilasi,laqqabaliqlar oilasi, somiksimonlar oilasi, gambuziyasimonlar oilasi, ilonboshlar oilasi va boshqalarga)kiruvchi atiga bittadan ortiq turi bor.Baliqlarda urchish,qishlash yoki ovqatlanish migrasiyalari qayd etilgan. Bu paytda ular minglab kilometr masofani o'tadi.Migrasiya ikki xil bo'ladi:passiv va aktiv.

Qishlash migrasiyasi ham keng tarqalgan. Chunonchi, zog'ora baliq, sla, laqqa kabilar kuz faslida suv ostidagi chuqurlarga yig'ilishib, qishi bilan karaxt bo'lib yotadilar.

Baliqlarning oziq topish bilan bog'liq bo'lgan oziq izlash migrasiyasi ayniqsa keng tarqalgan.Kuzda Sirdaryo tomonga ko'chadigan ship va mo'ylov baliqlarning ko'chishini tuxum qo'yish uchun emas, balki qishlash maqsadida ko'chish deb tushunish kerak. Ko'pchilik yarim o'tkinchi baliqlar (leshch, zog'ora baliq,qizilko'z va boshqalar),chuchuk suv quyilishidan uzoqqa ketmaydigan va daryo bo'ylab yuqoriga ko'tarilmaydigan baliqlar oziqlanish davri tugagandan keyin daryolarning quyilish joyiga keladi va qishlash uchun chuqurlarga kirib ketadi. Bunday chuqurlarda ba'zan minglab baliqlar to'planadi.

Respublikamizdagi baliqlarning ko'chib yurish xususiyatlarini bir qancha baliqlarda o'rgandim:



Sazan-zog'ora - Cyprinus carpio L. O'zbekistonning suv havzalarida zog'ora baliq(sazan)juda ko'p tarqalgan.Tanasi nisbatan cho'ziq,deyarli hamma yerda uning yuqori tanali formalari uchraydi.Sazan ko'llarda, baliqchilik zavodlariga qarashli suv havzalarida, ariqlarda, sholipoyalarda, ba'zan esa daryolarning uzanlarida yashaydi. Bunday baliqlar chuchuk suvlardagina emas, balki sho'rtob suvli havzalarda va Orol dengizida ham uchraydi.

Yosh baliqlari dastlab zooplanktonlar (shoxlangan mo'ylovli va kurak oyoqli qisqichbaqalar) bilan oziqlanib, keyin esa suv ostida yashaydigan jonivorlar (xironomid lichinkalari, mollyuskalar) bilan oziqlanadi. Voyaga etganlari iste'molqiladigan oziqlarining ko'pchilik qismini chuvalchanglar, hasharotlar va yonboshlab suzgichlarning lichinkalari, suvda o'sadigan o'simliklar tashkil etadi.

Sazan uvildiriqlarini aprel oyida suvning temperaturasi 12—15° ga etganda suv o'tlari orasiga yoki suv toshgan yerlardagi o'simliklar orasiga ko'pi bilan 1,5metr chuqurlikka tashlaydi. Hap qaysi urg'ochi balig'i 2,5 mln donagacha uvildiriq tashlaydi. Ertalabki soatlarda bunday baliqlar 2—10 tadan gruppa bo'lib to'planishib, to'qaylardagi suvlar yuzasiga shulp-shulp qilib otilib o'ynaydilar. Kuzatishlarga qaraganda sazanning uvildiriq tashlash vaqti bir sutkadan bir oygacha davom etadi. Ko'pchilik baliqlar esa uvildiriq tashlash joylarida 5—15 kun bo'ladilar. Erkaklari uch yoshida,urgochilari esa uch yoki to'rt yoshida jinsiy jihatdan voyaga yetadi.Sazan Orol dengizida ovlanadigan asosiy baliqlardan biri hisobanadi. Bu erda har yili 50—105 ming sentnergacha, suv omborlarida esa 600—650 sentnergacha sazan ovlanadi.Sazan ovlashda asosan yoyma to'r va venterlardan foydalaniladi.Ba'zan esa ular Amudaryoning o'zanlarida qo'zg'almas to'r va suvda suzib yuradigan turlar bilan ham tutiladi.Qarmoq bilan sazanni aprel oyidan boshlab,oktabrgacha tutish mumkin.Yoz paytlarida avji kun issig'ida suv juda isib ketib,baliqlarning aktivligi susayib ketadi. Natijada ular ovqat ham axtarmasdan, suvning chuqur joylarida dam olib yotadilar. Shunga ko'ra yoz paytlari sazanni erta tongda va kechqurunlari salqin tushganda ov qilingani ma'qul. Ko'llarda sazan qamishzorlardan iborat bo'lgan chakalakzorlar orasidan,daryolarda esa suv sekin oqadigan joylardan tutiladi.

Qorabaliq-Schizo thoraxinter mediusmc clell.Respublikamizning tog'li daryolarda va soylarda qorabaliq (zardabaliq)ni juda ko'plab uchratish mumkin. Tanasi cho'ziq, urchuqsimon, sirti mayda tangachalar bilan qoplangan. Og'zi pastda joylashgan. Pastki labi yoki o'rtasidan ajralgan, yoki tutash hoshiya hosil etadi. Mo'ylovlari to'rtta. Tanasining ichki bo'shlig'i qora parda bilan qoplangan. Uzunligi 50 sm atrofida bo'lib,massasi 1 kggacha boradi.

Qora baliqlar Nurota tog' tizmalarining soy va buloqlarida ko'plab uchraydi. Bundan 20—30 yil ilgari bunday baliqlar Chirchiqda, Ohangaronda vaToshkent oblastining tog'li qismidagi mayda soylar va daryochalarda hamda Samarqand atroflarida juda ko'p bo'lar edi.Keyingi vaqtlarda ularni yirtqichlarcha (portlovchi moddalar bilan) ovlash tufayli bunday baliqlar keskin kamayib ketdi. Qora baliqlar Zarafshonda, Qashqadaryoda, Surxondaryoda, Norinda va ularning irmoqlarida yashaydi. Bu baliqlarning tarqalish oblastlari daryolar, O’rta va Markaziy Osiyo, shuningdek, Qozog'istondagi ko'llar bilan chegaralangan.Ko'ksuv va Boshqizilsoyda 1,5—2 m balandlikdagi suv sharsharalarida ham bu baliqlarni kuzatgan vaqtlarim bo'lgan. Nurota tog'larida qora baliqlar deyarli hamma soylarda, buloqlarda va hatto buloq tipidagi mayda quduqlarda ham yashaydi. Qora baliqlar zuluklarni yo'qotish uchun buloq va quduqlarga ataylab qo'yiladi. Qora baliq qo'yilgan havzalarning suvi hamisha toza bo'ladi: u erda zuluk ham, qisqichbaqalar ham, suv o'tlari ham bo'lmaydi. Qora baliqlar bo'lmagan qo'shni buloqlarda umurtqali jonivorlar to'lib toshgan bo'ladi.Qora baliqlar o'simliklar(suvo'tlari) va hayvonot ovqatlar(qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, mayda baliqlar) bilan oziqlanadi.



Zarafshon daryosida qorabaliqlarning yoppasiga uvildiriq tashlash davri may oyiga to'g'ri keladi.Baland tog'larga bu davr muddati iyundan sentabr oyigacha cho'ziladi.Yosh baliqchalar juda tez rivojlanib,bir yoshga yetishi bilan(dumidan tashqari bo'yi 10— 12sm kelganda)jinsiy jihatdan voyaga yetadi.Qora baliqning go'shti nihoyatda mazali bo'ladi. Lekin ov qilishda hech qanday ahamiyatga ega emas.Ular asosan breden,oqizoq qarmoq yordamida va tog'li soylarning qirg'oqlarida qo'l bilan tutiladi. Ko'pincha qora baliqlar tog'li soylarning sayoz yerlariga qo'yilgan oqizoq qarmoqlarga tushib qoladi.Yozgi paytlarda sharsharalarga, ko'prik ostiga va suv aylanib oqadigan aylanmalarga tashlab qo'yilgan qarmoqlarga ilinib turadi.Qora baliqlarning uvildiriqlari zaharli bo'ladi.Shunga ko'ra Nurota aholisi bu baliqlarni ovqat uchun iste'mol qilishda juda ehtiyot bo'lishadi. Ba'zi joylarda mahalliy aholi bu baliqning zaharliligini hisobga olib, uni muqaddas baliq deb hisoblasa kerak.

Laqqa - Cilurus glanisL.Respublikamizning suv havzalarida laqqa baliq keng tarqalgan. Tanasida tangachalari bo'lmaydi, bo'yiga cho'ziq. Orqa suzgich qanotlari kichkina. O’zbekistonda Orol dengizi sohillarida, ko'llarda va daryolarning o'zanlarida yashaydi. Ko'pchilik hollarda suvlarning tinch oqadigan aylanmalarida vachuqur joylarda bo'ladi.Laqqa baliqlar asosan mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Yosh baliqlari hasharotlar,shu jumladan quruqlikda yashovchi hasharotlar bilan oziqlanadi.Laqqa baliqlar oshqozonida ko'pincha chigirtkalar ham uchratilgan.Laqqa baliq vaqti kelganda kaltakesak, suvilon va sut emizuvchi mayda jonivorlar (kemiruvchilar)ni ham yutib yuboradi.Ayrim hollarda parrandalarni ham yutib yuborgan. Laqqa baliq Chinoz atroflarida va Amudaryo deltasida iyun oyida uvildiriq tashlaydi. Uning uvildiriq tashlash joyi daryoning Chinoz atrofidagi kamar hisoblanadi. Serpushtligi urg'ochisining kattaligiga bog'liq. (136—467 mingtagacha uvildiriq tashlashi mumkin.) Uvildiriqlarining diametri o'rta hisobda 3 mm ni tashkil etadi. Laqqa baliqlar to'rt yoshligida jinsiy voyaga etadi.Orol dengizida laqqa baliqlar yiliga 9 ming sentnergacha ovlanadi. Respublikaning ichki suv havzalarida laqqa baliq, sazandan keyin asosiy ovlanadigan baliqlardan hisoblanadi. Daryolarda laqqa baliq suvda suzib yuradigan to'rlar, yoyma to'r va venterlar bilan hamda ko'pincha qarmoqlar bilan tutiladi.

Sudak(sla)–Lucioper calucioperca L. Sla(sudak)-yirik baliqlardan hisoblanib,uzunligi 130sm,massasi 12 kggacha. Ayrimlariniki esa 18kggacha boradi.Tanasi mayda tangachalar bilan qoplangan,gavdasi xushbichim va yon tomonlari bir oz botib kirgan. Orqa tomonida ikkita katta suzgich qanotlari bo'ladi. Oldingi qanotlari qattiq va o'tkir nurlar bir tortilgan. Ko'krak va qorin suzgichlari bir-biriga yaqin joylashgan va oxirgisi deyarli tomog'ida. Katta og'zi burchak bo'lib ko'zigacha kirib borgan. O’tkir va yirik tishlari boshqa hamma baliqlardagi kabi qoziq tish shaklida bo'lib, ular o'ljalarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi.Slaning ust tomoni yashilsimon kulrang bo'lib,yoni hamda past tomoni kulrangsimondir.Tanasi bo'ylab uzunasiga qo'ng'ir tusli yo'llar ketgan.Sla Amudaryo bo'ylab To'rtko'lgacha tarqalgan. Orol dengiziga ham o'tib turadi, yaqin-yaqinlarda u bir qator suv havzalari sharoitida uyg'unlashtirildi.Sla uvildiriqlarini Orol dengizi sohillariga mart oyidan boshlab, suvning temperaturasi 13—15° bo'lganda tashlaydi. Uvildiriq tashlash davri anchaga cho'zilib, u iyun oyi oxiriga qadar davom etadi.Urg'ochi baliqlar uvildiriqlarini suvga nisbatan katta chuqurlikda (kamida 3—5 metrgacha)tashlaydilar va ularni suv osti o'tlariga,ildizpoyali qamish hamda suv ostida cho'kib yotgan shoxlarga biriktirib qo'yadilar. Tashlangan uyildiriqlarerkak baliqlar tomonidan butun rivojlanish davri davomida qo'riqlanadi.Bu davr 7—15 kun davom etadi.Sla balig'i juda serpusht.O’lchami 40—60 sm keladigan urg'ochi baliqlarining har qaysisi 200dan 500ming donagacha uvildiriq tashlaydi.Sla baliqlar bilan oziqlanadi. Shunga ko'ra uni keraksiz baliqlarni yo'qotish uchun suv havzalariga qo'yib yuboriladi. Orol dengizida ilgarilari bunday baliqlarning asosiy ozig'i ovlanadigan baliqlar (plotva, leshch, qorako'z, tarasha baliq va moybaliq) hisoblanadi, hozirda esa ularning ovqati bizning sharoitimiz uchun uyg'unlashgan buqa baliq, qiyshiq og'iz va mezid baliqlardan iboratdir.Sla balig'i yil davomida ovlanib, uning yarmidan ko'prog'i baliqlarning uvildiriq tashlash vaqtiga to'g'ri keladi. 1960 yilga qadar Orol dengizidan 5,7 ming sentnergacha bu xildagi baliqlar ovlanib, u jami ovlangan baliqlarning 2,8 protsetsini tashkil etgan. Undan keyingi yillarda bu baliqning ahamiyati yanada oshib, 1960 yildan 1971 yilgacha o'rtacha ovlangan baliq o'rta hisobda 32,8 ming sentnerga ko'tarildi,eng ko'p ovlanganda uning miqdori yiliga 94 ming sentnerni tashkil etdi. Endilikda sla balig'i Orol dengizida ovlanadigan baliqlar ichida birinchi o'rinda turadi.

Ilonbosh–Ophio cehalu sarguscan. Ilonboshlar Uzoq Sharqda Ussuriya va Amur daryolarida hamda Hanqako'lida tarqalgan. 1961 yilda ilonbosh baliq Toshkent oblastining baliqchilik xo'jaliklariga keltirilib, hozirgi kunda ular ayrim hovuzlarda boqilmoqda. Endilikda u Sirdaryoning o'rta oqimigacha kirib borib, Qashqadaryo basseynlariga ham qo'yib yuborilgan.Qashqadaryodagi suv omborlarida ilonbosh baliq asosiy ov qilinadigan baliqlardan biri bo'lib qoldi.Tanasi cho'ziq(uzunligi 55smgacha boradi),massasi o'rta hisobda 7kg keladi. Boshi yassi,usti tangachalar bilan qoplangan,ko'rinishi ilonga o'xshab ketadi(shunga ko'ra unga ilonbosh baliq deb nom berilgan).Baliqning bu turi juda tez o'sadi. Hamma turdagi jonivorlar bilan oziqlanadi,u o'ljalarini yutib yuborishi ham mumkin.Suv havzalari uchun keraksiz bo'lgan baliqlarni, qurbaqalarni, suv ilonlar va boshqa suvga tushib qolgan hayvonlarni yeb bitiradi.Shunga ko'ra suv havzalarida, Qashqadaryodagi suv omborlari kabi suvni keraksiz baliqlar bosgan suv havzalariga ilonbosh baliqlarni qo'yib yuborish xo'jaliklar uchun juda katta iqtisodiy foyda keltiradi. Qimmatli baliqlar ko'pchilikni tashkil etgan boshqa turdagi suv havzalariga ilonbosh baliqlarni qo'yib yuborish maqsadga muvofiq kelmaydi. Ilonbosh baliq o'ziga xos yashash sharoitigaega emas.U mayda suv havzalaridagi loyqa suvlarda ham, hatto bir necha kun suvdan tashqarida ham yashay oladi.Ularni xo'l lattaga o'rab yuz kmlab masofaga olib borish mumkin.Ilonbosh baliq yil davomida bir necha marta uvildiriq tashlaydi.


II.BOB. O'ZBEKISTON “QIZIL KITOB” IGA KIRITILGAN VA IQLIMLASHTIRILGAN NOYOB BALIQLAR

2.1. O‘zbekiston ―Qizil kitobiga kiritilgan noyob baliqlar tavsifi.

Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini

ko'paytirish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bularga quydagilar kiradi:



1. Baliqlarning ko‘payish joylarini himoya qilish;

2. Suv havzalarini ortiqcha chiqindi va suv o‘simliklaridan tozalab turish;

3. Daryo, ko‘l va hovuzlarni sanoat korxona-laridan chiqqan zaharli oqava suvlardan va neft quyilishdan qo‘riqlash;

4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish;

5. Turlari va sonlari kamayib ketayotgan hamda O'zbekiston ―Qizil kitobiga kiritilgan baliq turlarini muhofaza qilish.
O‘zbekiston Respublikasi ―Qizil kitobiga 19 ta noyob karpsimon baliqlar kiritilgan.Ularning tavsifi quyidagicha:

Turkiston ko'kbo'yini Shimoliy Yevroosiyo turining maqomi jihatidan noaniq Orol endemik kenja turi. Tarqalishi. Amudaryoning quyi qismidagi havzalari; o'tmishda Orolning chuchuklashgan qismlarida ham bo'lgan. O'zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston ,Turkmaniston ,O'rta va Sharqiy Yevropada, Sibirda boshqa kenja turi uchraydi. Yashash joylari uncha katta bo'lmagan ko'llarda, kamdan-kam hollarda daryolarda yashaydi.

Soni. Ayrim joylarda va kam miqdorda uchraydi. Sonining ahyon-ahyonda keskin o'zgargan davrlari ma‘lum: hozirgi kundagi holati noma‘lum.

Yashash tarzi. Chuchuk suvlarda turg'un hayot kechiruvchi baliq. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi — mart-aprelda. Serpushtliligi 30-80 ming uvildiriq atrofida. Suv hasharotlarning lichinkalari, suv o'tlari va mayda baliqlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Suv havzalari tabiiy suv rejimining o'zgarishi va suvining ifloslanishi; Orol dengizi sathining pasayishi va suvining sho'rlanishi; kelgindi baliqlar raqobati.

Muhofaza choralari. Sonni mukammal o'rganish.Turning yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

Orol tikanagi G'arbiy Yevroosiyo turining zaifga yaqin Orol endemik kenja turi.TMXI Qizil ro'yhatiga kiritilgan

Tarqalishi: Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon daryolarininng yuqori oqimidan quyi qismigacha. O'zbekistondan tashqarida, Qozog'iston, Qirg'izton,Tojikiston, Turkmaniston. Boltiq, Egyey, Qora, Azov, Kaspiy dengiz havzalarida —boshqa kenja turlari.Yashash joylari. Daryo va ko‘llarning sayoz qo'ltiqlari, buloqlar. Ulardagi tubi qumog' balchiqli joylarni afzal ko'radi.

Soni. O'tmishda butun yashash areali bo'ylab ko'p bo'lar edi. Keyingi o'n yil davomida Sirdaryo Zarafshon va O'zbekistonning janubidaga suv havzlarda sonining uzluksiz kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Yashash tarzi. Daryolar tubida yashaydigan, ba‘zan daryo ostidagi qumga ko'milib oladigan baliq. 2 yoshda jinsiy voyaga yetadi.

Urchishi aprel- iyunda. Serpushtliligi — 240-1850 uvildiriq atrofida. Daryo tubidagi mayda umurtqasizlar, suv o'tlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari bilan oziqlanadi.



Muhofaza choralari. Tur monitoringi olib borish va yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

Turkiston mo'ylabdori (shimbaliq, kayaz) (5-rasm) Orol-Kaspiy turining zaif, qisqarib borayotgan Orol endemik kenja turi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryoning o‘rta oqimlari o'tmishda Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarning quyi oqimlari .O'zbekistondan tashqarida: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Kaspiy dengizi havzasida boshqa kenja turi uchraydi. Oqar suv havzalarining chuqurligi 2- 3 m tubi qumli toshli yoki qumli shag'alli joylari.O‘tmishda barcha yashash joylarida ko'p bo‘lgan, keyingi o‘n yillikda soni keskin kamayib ketdi.



5-rasm.Turkiston mo'ylabdori

Yashash tarzi. Turg‘un hayot kechiradigan baliq. 4-5 yoshda voyaga yetadi. Urchishi may-iyunda 12-129 ming uvildiriq tashlaydi.Suv hasharotlarining lichinkalari o'tlari, suv o‘tlari va jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari bilan oziqlanadi.

Chekovchi omillar. Daryolar oqimining sun‘iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o‘zgarishi, suvning ifloslanishi, turning qayta ko'payish shart sharoitlarini yomonlashishi, sun‘iy iqlimlashtirilgan baliqlarga raqobat qila olmasligi va brakonerlik. Ko'payishi - ko'paytirilmagan.

Muhofaza choralari. Ovlash ta'qiqlangan. Boday-To'qay, Qizilqum va Surxon qo'riqxonalarida muhofaza qilinadi. Yashash joylarida ko'paytirishni tashkil qilish va mahsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.



Parrak (nayza qanot) (capoetobrama kuschakewitsheschi) (6-rasm)O'rta Osiyo endemik relikt turining zaif, qisqarib borayotgan Sirdaryo va Amudaryo kenja turi.

Tarqalishi. Amudaryoning yuqori qismidan to dengizga quyilishigacha; Qashqadaryo va Surxondaryo; Zarafshonning o'rta va quyi qismlaridagi suv havzalari; o'tmishda Sirdaryoda ham bo'lgan. O'zbekistondan tashqarida Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'izistonda boshqa kenja turi uchraydi.




6-rasm.Parrak baliq

Yashash joylari. Oqar suv havzlarining tubi qumli va toshloq joylari. Loyqa suvda yashaydi.



Soni. O'tmishda barcha yashash joylarida ko'p bo'lgan,

keyingi o'n yilliklarda soni keskin kamayib ketdi.

Yashash tarzi. Kam sonli galalar hosil qilib yashovchi daryo balig‘i. 3-4 yoshda jinsiy voyaga yegadi. Urchishi — aprel-iyunda. Serushtliligi — 1,75-42,3 ming uvildiriq atrofida. Jonivorlarning chiri-yotgan qoldiqlari va balchiq bilan oziqlanadi.



Muhofaza choralari. Boday-To'qay,Qizilqum va Surxon qo'riqxonalarida muhofaza qilinadi. Turning yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilsh lozim.
Orol qorako'zi ( oq sazan)(7-rasm) G‘arbiy Yevroosiyo turining zaif, qisqaib borayotgan Orol endemik kenja turi.

Tarqalishi.Amudaryo va Sirdaryo havzalarining quyi va o‘rta qismlari.O'tmishda Orol dengizida ham bo‘lgan.O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston Kaspiy, Qora, Azov va Boltiq dengizlari havzalarida boshqa kenja turlari turlari uchraydi.Yashash joylari. Tubi qumli va toshloq suv havzalari.
Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling