Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet157/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

KIRISH:

Davlat – bu jamiyatning harakatlanishida muhim rol o’ynovchi alohida o’z qonun – qoidalariga ega bo’lgan rasmiy tashkilotdir. Uning faoliyati jamiyatning, ayniqsa jamiyat taraqqiyotining hamma sohasiga ta’sir qiladi. U xalq vakolati tufayli mavjud bo’ladi, shakllanadi va o’ziga tegishli vakolatni o’zining maxsus tuzilmalari – davlat organlari orqali amalga oshiradi.

Agar davlat xalq manfaatini ko’zlasa, unga ijtimoiy hayotda, davlat ishlarida, xo’jalik yuritishda erkinlik bersa, tinchlik siyosatini yurgizsa, bunday davlat demokratik davlat deyiladi va bunday davlatning taraqqiyoti bardavon bo’lib boraveradi.

Agar davlat xalqning erkinligini cheklasa, taraqqiyotga to’sqinlik qilsa, zo’ravonlik bilan ish olib borsa, bunday davlat reaksion davlat deyiladi.

Umuman olganda, “Davlat” so’zi ko’pincha “mamlakat” ham deb yuritiladi.



Davlat o’ziga xos va mos qonunlarni ishlab chiqadi va ular iste’molga kiritilgandan keyin, o’sha davlat ishlab chiqilgan qonunlarga so’zsiz amal qilinadilar.

Davlat ramzlari – Asosiy qomusimiz bo’lmish, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 5 – moddasida belgilangan va ular Davlat bayrog’i, Davlat gerbi, Davlat madhiyalaridan iboratdir. Bular mamlakatimizning mustaqilligini belgilovchi ramziy belgilar bo’lib, ularning tuzilishi, shakli, maqsadi, ishlatilishi mamlakatimizning maxsus qonunlari bilan tasdiqlangan.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling