Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borishga


Download 1.46 Mb.
bet163/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

3.5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat saboqlari” mashg’ulotlarini olib borishga

oid didaktik materiallar


M


Biliming osmonga еtgan bo’lsa ham, boshqalar ilmiga quloq sol har dam”
(Shukur Balxiy)


a’lumki, har qanday mashg’ulot, ayniqsa, dars mashg’uloti didaktik ma’lumotlar, materiallar va vositalarsiz bo’lmaydi. Ularning majmuasi esa didaktik materiallar deyiladi. Didaktik vositalar quyidagilar kiradi: turli jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar, maketlar, ko’rgazmali va texnik vositalar, shuningdek, asbob – uskunalar, mahsulotlar va shu kabilar.

Tarqatma materiallarga esa quyidagilar kiradi: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hokazolar.

Didaktik materiallar murabbiylar yoki tarbiyachilar tomonidan har bir o’tkaziladigan mashg’ultga mos keladigan qilib oldindan tayyorlanib qo’yiladi. Ular mashg’ulot mazmunini boyitishga, ya’ni dars mazmunini to’liq qilib ifodalashga xizmat qiladi va bu orqali bolalar dars mazmunini yaxshi tushunib yetishga erishadilar. Bular turli ko’rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi masalalar va moslamalar, o’yinlar va hokazolardan tashkil topadi.

Ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning didaktik qobiliyatlari o’ta muhimdir. Ularga quyidagilar kiradi: murabbiy va tarbiyachilar tomonidan o’quv materialini ko’rgazmali qurollar va vositalarni tayyorlab qo’yish; o’quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish mexanizmini taxt qilish; o’quv materiallarini o’rganishga bo’lgan qiziqish, ma’naviy va hissiy istaklarni rag’batlantirish; o’quv bilimini oshirish; bilishni faollashtirish va shu kabilar.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling