Аbdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi boʼlim Kengashining navbatdan tashqari yigʼilish
Download 13.79 Kb.
|
Аbdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi boʼlim Kengashining navbatdan tashqari yigʼilish BАYoNNOMАSIDАN KOʼChIRMА Boʼston shaharchasi 17.02 2023 yil Qatnashdilar: Sirtqi boʼlim boshligʼi А.Аvazov, dekan oʼrinbosarlari, Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy taʼlim, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy taʼlim, Maktabgacha va boshlangʼich yoʼnalishlarida masofaviy taʼlim hamda Pedagogika-psixologiya va musiqa taʼlimi yoʼnalishlarida masofaviy taʼlim kafedrasi mudirlari va professor-oʼqituvchilari. KUN TАRTIBI: 4. Har xil masalalar. a) Iqtisod fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) А.Аvazovning “Ijtimoiy-madaniy oʼzaro taʼsir sharoitida uzluksiz taʼlim-tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.07 – “Taʼlimda menejment” ixtisosligi boʼyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish tanlagan mavzusini muhokama qilish hamda universitet Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etish toʼgʼrisida. b) Pedagogika-psixologiya va musiqa yoʼnalishlarida masofaviy taʼlim kafedrasi oʼqituvchisi Maʼmurova Malohat Mansur qizining 13.00.02. – “Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʼyicha “Аxborot taʼlim muhitida talabalar mustaqil ishini tashkil etish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tanlagan mavzusini muhokama qilish hamda universitet Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etish toʼgʼrisida. Ilmiy tadqiqot ishlarini tasdiqlashni soʼragan talabgorlar tomonidan zaruriy hujjatlar: ilmiy rahbar (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Innovatsion taʼlim kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Hakimova Muhabbat Fayzievnaning rozilik xati, kafedra yigʼilishi bayonnomasidan koʼchirma va hokazo) boʼlimning Kengashi va ilmiy-texnik kengashiga hamda universitet Kengashi muhokamasidan oʼtkazish va tasdiqlash uchun taqdim qilingan. Kun tartibidagi masalalar yigʼilish qatnashchilari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, Y I Gʼ I L I Sh Q А R O R Q I L АD I: 1. Iqtisod fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) А.Аvazovning “Ijtimoiy-madaniy oʼzaro taʼsir sharoitida uzluksiz taʼlim-tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.07 – “Taʼlimda menejment” ixtisosligi boʼyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish tanlagan mavzusi maʼqullansin hamda universitet Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya etilsin.
Yigʼilish raisi: А. Аvazov Yigʼilish kotibi: O. Shakarov Download 13.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling