Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universities


Download 35.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1502465
Bog'liq
Etemenanki



Abdulla Qodiriy nomidagi
Jizzax Davlat Pedagogika Universities
Tarix fakultiti Tarix yunalishi
2-bosqich 201-guruh talabasi
Bo'riboyeva Aziza Asatilla qizi
"
Osmon va yer poydevorining uyi"
Annotasiya: Mesopatamiya madaniyatining yitukligining namunasi
zikkuratlar hisoblanadi bu zikkuratlarni afsona va haqiqatning uyg'unligi
deb hisoblash mumkun. Zikkuratlar ibodatxona sifatida gavdalanadi . Bu
esa Qadimgi mesopatamiya madaniyatida xudolarning o'rni haqida
so'zlaydi.
Olimlar zikkuratlar sirini ochishga harakat qilar ekan kuplab jumboqlarga
duch keladi.Uning qanday qurilgani qachon qurilgani Ushbu maqolada
qurilishi haqida arxealogik manbalari yordamida yoritilgan. Qurilish jihatdan
piramidalarni eslatuvchi bu tarixiy majmua xudolarning uyi sifatida xam
qaralgan. Buning misolini Eteminanki zikuratida kurish mumkun.
Kalit soʻzlar:Etemenanki, Marduk,zinapoya, Bobil,Nabopalasar, Aleksandr
Makedonskiy, maʼbad,ibodatxona, Esangil, "Enuma elis", Sinaxxerib
yilnomalari,astronimik kuzatish, minora, Tiamat,sirlangan rang-barang
gʻisht, oltin shoxlar, oltin stol, Kaliforniya universiteti, Gerodot, Gigantizm
uslubi, poydevor,
Asosiy qism
Zikkuratlar—Mesopotmiya va dunyo madaniyati dunyo madaniyati
durdonasi hisoblanadi.Misrda piramidalar eng noyob sanʼat asari
hisoblansa ,ikki daryo oraligʻida esa zikkuratlar eng noyob sanʼat namunasi
hisoblanadi.Zikkuratlar Misr piramidalarining sharqdagi koʻrinishi


hisoblanadi. Lekin zikkuratlarning Misr piramidalaridan farqi ular qabr emas,
balki ibodatxona edi.
Mesopotamiyadagi zikkuratlardan eng mashhuri "Etemenanki" zikkurati
hisoblanadi. Etemenanki zikkurati Bobilning bosh xudosi Mardukka atab
qurilgan zikkurat hisoblanadi.Marduk Mesopotamiyadagi asosiy hudo
hisoblanib, osmon va yerning asosiy yaratuvchisi sifatida ulugʻlangan.
Zikkuratning asosiy ziyoratgohi Esangil tomonda joylashgan edi.
Etemenanki zikkuratining xarobalari hozirda Iroqda yaʼni Bagʻdoddan 90 km
janubda joylashgan."Etemenanki" soʻzi shumer tilidagi "E.Temen.An.Ki"
soʻzidan olingan boʻlib "osmon va yer poydevoriining uyi" degan ma'noni
anglatadi. Etemenanki zikkurati dastlab qachon qurilgani nomaʼlum va u
ba'zan Bobil minorasi bilan birlashtirilgan yoki u bilan bogʻlangan.Ushbu
ibodatxona haqida topilgan yozuvlarga koʻra "Etemenankining choʻqqisi
osmonga yetadi", "yerdagi osmon xudosining uyi", "Yer va osmon
poydevorining uyi" degan yozuvlar bitilgan.
Etemenankining tiklangan koʻrinishi
Baʼzi rivoyatlarda aytilishicha Marduk barcha xudolarni shaytoniy yirtqich
Tiamatdan himoya qilgan. Marduk Tiamatni oʻldirgandan soʻng u koinotga
tartib oʻrnatadi va yangi dunyoning matkazi boʻlgan Esagilani va
Etemenankini quradi.Etemenanki Esagilaning yonida qurilgan boʻlib, bu
zikkuratning maʼbadi koinotning oʻqi sifatida dunyoning markazida qurilgan
hisoblanadi. Bu yerda yer toʻgʻri chiziq yer va osmonni bogʻlaydi deb
hisoblashgan. Baʼzi bir zamonaviy olimlarning tadqiqotlariga koʻra


Etemenankini Bobil shohi Nabopalasar tomonidan miloddan avvalgi 610-
yilda Bobilning oliy xudosi Mardukka atab qurilgan degan xulosaga
kelishdi.Lekin koʻpchilik tadqiqotchilar buning qachon va kim yomonidan
qurilganligini nomaʼlum deyishmoqda.Endryu Jorjning aytishicha
Etemenanki miloddan avvalgi XIV-IX asrlarda qurilgan degan xulosaga
keldi.Shuningdek baʼzilar Etemenankini qurilmagan, hatto mavjud
boʻlmagan, shunchaki afsonaviy inshoot deb hisoblaydi.Etemenanki haqida
eng qadimgi maʼlumotlar "Erra" dostonida yozilgan.
Etemenankining koʻrinishi, uning qanday qurilishi, tuzilishi haqida turli
manbalarda turlicha maʼlumotlar mavjud.Etemenanki miloddan avvalgi 229-
yilga oid Uruk shahri xarobalaridan topilgan mixxat yozuvidagi sopol
taxtachalarda yozilgan boʻlib, hozirda ushbu taxtachalar Luvrda
saqlanadi.Ushbu taxtachalarda zikkurat 7 qavatli qilib qurilgan boʻlib,
balandligi 30 fut va har tomonida 300 fut kvdartat maydonga ega boʻlgan
poydevor bor. Zikkuratning eng baland tepa qismida Mardukka
bagʻishlangan maʼbad bor edi. Bu yerda undan tashqari yana bir nechta
diniy xonalar ham mavjud boʻlgan. Ushbu xonalar 7 ta xonadan iborat boʻlib,
ular quyidagilar:birinchi xona—oliy xudo Marduk va uning xotini
Sarbanitumga bagʻishlangan, ikkinchi xona — kotib xudo Nabu va uning
xotini Tashmetuning xonasi, uchinchi xona—suv xudosi Eaga, toʻrtinchi
xona—yorugʻlik xudosi Nuskiga, beshinchi xona—osmon xudosi Anuga,
oltinchi xona—Enlilga bagʻishlangan.Eng oxiridagi yettinchi xonada yotoq
divani va taxt joylashgan edi.Ushbu xonalardan soʻng tomga chiqiah uchun
zinapoyalar boʻlib, ular orqali tomga chiqilgan.Zikkuratning tom qismida
Bobil astronomlari astronomik kuzatish ishlarini olib borganlar.
Boshqa manbalarda Etemenaki zikkuratining poydevori 93×93metr,
balandligi-90 metr, pastki zina-33 metr, ikkinchi zina-18 metr, qolganlari esa
-6 metrni tashkil etgan. Zinalari sirlangan rang -barang gʻishtlardan qurilgan.
Ushbu gʻishtlar asosan yashil, qora, qizil, koʻk, oq, sariq, rangli gʻishtlardan
iborat boʻlgan. Ushbu zikkurat gigantizm uslubida qurilgan.Zinalardagi
gʻishtlar ohak bilan mahkamlangan. Zikkurat tepasida ibodatxona
qismining burchaklarida oltin shoxlar ilib qoʻyilgan va ushbu shoxlar quyosh


nurida tovlanib uzoqdan odamlarga oltin haykallar, nurlangan haykallarga
oʻxshab koʻringan. Lekin bu shunchaki oltin shoxlarning nurlari edi, u yerda
birorta ham haykallar boʻlmagan. Zikkuratning maʼbad qismida esa oltin,
zarxal bilan bezatilgan kursi boʻlgan.Bundan tashqari zikkuratda toʻrtta
yorugʻlik chizigʻi boʻylab joylashgan toʻrtta eshik ham joylashgan.
Etemenankining tepasida joylashgan
maʼbadning gipotetik xaritasi
Etemenanki zikkurati quyosh nurida pishirilgan loy gʻishtlardan
qurilgan.Chunki Mesopotamiya va Gʻarbiy Eron platosida toshlar deyarli
umuman yoʻq edi.Etemenanki bilan Bobil minorasi bitta inshoot boʻlishi
mumkin degan xulosalsr ham mavjud.XX asrda Germaniya Sharq Jamiyati
Robert Keldeven boshchiligida Bobil shahri xarobalarini oʻrganishni
boshladi.1913- yilda Robert Keldevey Etemenanki xarobalarini oʻrganib
tadqiq qilishni boshladi. Robert Keldevey Esarxadon yozuvlari bitilgan 24 ta
gʻishtni topadi va bitta muxr topadi. Ushbu gʻishtlarning 7 tasi Etemenanki
haqida yozilgan bitiklar edi. Uning tadqiqotlari davomida zikkurat 7 ta
ayvondan iborat boʻlib uning balandligi 91 metr,umumiy maydoni
91×91metr aniqroq qilib aytganda 91,48×91,66 metr degan xulosaga
kelindi.Binoning janubiy tomonidan katta zinapoyalar ham topilgan.Lekin
baʼzi zamonaviy olimlar Etemenankini 91 metr balandlikda boʻlgan deb
yozilgan Bobil manbasi boʻlgan Esagila lavhasi daʼvosiga qarshi
chiqishmoqda. Zikkuratning janubiy tomonida Etemenankini Esagila bilan
bogʻlovchi uch eshikli darvoza ham boʻlgan. Sharqdagi katta darvoza
Etemenankini muqaddas yoʻl bilan bogʻlaydi.


Etemenanki haqida "Enuma elis" dostonida ham anchagina bor maʼlumotlar
mavjud.Ushbu dostonida Etemenankini mustahkam markaziy minoraga
ega boʻlib, bitta stadion maydoniga teng hududda qurilgan, uning ustiga
ikkinchisi, keyin uchinchisi shunga oʻxshash yettitagacha bino oʻrnatilgan.7
ta minoraning barchasini tashqaridan spiral yoʻl bilan tepaga koʻtarilish
mumkin. Tepaga koʻtarilish uchun dam dam olish oʻrindiqlari ham mavjud
edi. Ibodatxonaning eng balandida maʼbad joylashgan.
Etemenanki zikkurati miloddan avvalgi 689- yilda Sinaxxareb tomonidan
vayron qilingan. Shundan keyin ancha vaqt davomida zikkurat xaroba
holatda qoldi. Etemenankining qayta yiklanishi uchun 88 yil vaqt ketdi,
shuncha yil oʻtibgina zikkurat qayta tiklana boshladi. Bobil yilnomalari va
astronomiya kundaliklarida Etemenankini qayta tiklash, taʼmirlash boʻyicha
qilingan ishlar, urinishlar qayd etib oʻtilgan. Etemenankini qayta tiklash,
taʼmirlash boʻyicha dastlabki urinish miloddan avvalgi 600-yillarda Ossuriya
podshosi Esarxadon tomonidan amalga oshirilgan. Zikkuratni tiklash uchun
pishirilgan gʻishtdan foydalanilgan. Ammo Esarxaddon Etemenankini
qayta tiklash ishlari oxirigacha amalga oshmadi. Esarxaddondan soʻng
Nabopalasar uning ishlarini davom ettirib zikkuratni tiklash ishlarini davom
ettirgan. Nabopalasarning vorisi Navuxodonosor II ham otasining ishlarini
davom ettirib, zikkuratbi qayta tiklash ishlarini amalga oshirgan.
Navuxodonosor II mamlakatda kech koʻlamli qayta qurish, taʼmirlash
ishlarini amalga oshirgan. Navuxodonosor II barcha inshootlarni, jumladan
zikkuratni ham pishirilgan gʻishtdan qurishni farmon bergan.
Navuxodonosor II davrida zikkurat tiklangan, bundan tashqari boshqa
inshootlar ham tiklangan, aynan shu davrda Bobilning eng yuksalgan davri
boʻlgan. Navuxodonosor II davridan keyin zikkuratning taʼmirlash ishlariga
eʼtibor berilmagan. Turli xil yogʻinlar, urushlar natijasida zikkurat oʻz
salobatini yoʻqota borgan.
Miloddan avvalgi 331- yilda Fors podshosi Aleksandr Makedonskiy Bobilni
bosib oladi. Aleksandir Makedonskiy Etemenanki xarobalarini koʻrib uni
qayta taʼmirlashni buyurib oʻzi Eronga qaytib ketadi.Zikkuratning
Navuxodonosor II davridan soʻng ilk bora taʼmirlanishi edi. Aleksandr


Makedonskiy miloddan avvalgi 323- yilda Bobilga qaytib keladi va
Etemenankining taʼmirlash ishlarini tekshiradi. Ammo zikkuratda hech
qanday oʻzgarish koʻrmaydi, sababi u anchagina xaroba ahvolda edi. Keyin
Aleksandr Makedonskiy oʻz qoʻshiniga Etemenankini toʻla qayta qurishni
buyuradi. Ammo Aleksandr Makedonskiy Bobilga kelganidan ikki oycha
vaqt oʻtib vafot etadi. Aleksandr Makedonskiyning vafot etgani sababli
zikkuratning qayta qurish ishlari toʻxtab qoladi. Zikkurat uchun keltirilgan
materiallar, gʻishtlar boshqa binolarni qurish uchun sarflanadi va zikkurat
xaroba holida qolaveradi.
Miloddan avvalgi 229- yilda Uruklik yosh ruhoniy Anubleshunu "Esagila
yilnomasi" ni yozadi. Esagila yilnomasi qoldiqlaridan topilgan
maʼlumotlarga qaraganda Aleksandr Makedonskiydan soʻng maʼlum vaqt
oʻtgandan soʻng yana Etemnankini qayta tiklash, taʼmirlash ishlari boshlandi.
"Esagila yilnomasi" lavhasida aytilishicha Salavkiylarning shahzodasi Antiox
I Etemnankini qayta qurishga qaror qilgani haqida yozib oʻtilgan. Antiox I
Etemenankini qayta tiklash oldidan qurbonlik qilgani haqida ham
maʼlumotlar bor. Antiox I Etemenanki xarobalariga zikkuratni koʻzdan
kechirishga borganda xarobalarga qoqilib, yiqilib tushadi. Shundan soʻng
jahli chiqib, jangchilariga aytib, Etemenankining oxirgi qoldiqlarini yoʻq
qilishni buyuradi. Antiox I ning janhchilari fillar yordamida Etemenankining
oxirgi qoldiqlari ham yoʻq qilingan. Shu voqealardan keyin zikkurat
butunlay vayronaga aylangan.
Antik davrdan keyin Etemenanki zikkurati haqida boshqa maʼlumotlar
umuman uchramaydi. Shu davrdan soʻng Etemenanki umuman
taʼmirlanmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
•"Babylon"—Eva Christiane, Joachim Marzhan—2011
•"History's Mysteries:People, Places and addities.Lost in the Sands of
time"—Brian Haughton—2010


•"Первые уроки истории"—Petr Melgunov—1917
•"Вавилон и Ассирия. Быт, религия, култура"—Genri Saggs—2022
•"Синие Стрекозы Вавилона"—Yelena Xaetskaya—2022
•"Routledge Encyclopedia of Ancient Mediterranean Religions"—Eric
Orlin—2015
•"Библейские наставления и нравоучения. Наука о Ветхом Завете."—
Andrey Tixomirov—2022
•"Основы архитектуры и строительных конструкций"— Nadejda Savina,
Kira Larionova, Kiril Solovyev—2021
•"Книги Паралипоменон"—Andrey Tixomirov—2022
•"Prologue to History"—John van Steries—1992
•"Images, Power and Politics:Figurative Aspects of Esarhaddonʼs
Babylonian Policy"—Barbara N.Porter, Institute for scientific —1993
•"Late Achaemenid and Hellinictic Babylon"—T.Boiy—2004
Foydalanilgan internet saytlari
www.livins.org
www.glosbe.com
www worldhistoriy.org
www.wikipedia uz

Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling