Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universities
Download 35.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Etemenanki
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Universities Tarix fakultiti Tarix yunalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi Bo'riboyeva Aziza Asatilla qizi " Osmon va yer poydevorining uyi" Annotasiya: Mesopatamiya madaniyatining yitukligining namunasi zikkuratlar hisoblanadi bu zikkuratlarni afsona va haqiqatning uyg'unligi deb hisoblash mumkun. Zikkuratlar ibodatxona sifatida gavdalanadi . Bu esa Qadimgi mesopatamiya madaniyatida xudolarning o'rni haqida so'zlaydi. Olimlar zikkuratlar sirini ochishga harakat qilar ekan kuplab jumboqlarga duch keladi.Uning qanday qurilgani qachon qurilgani Ushbu maqolada qurilishi haqida arxealogik manbalari yordamida yoritilgan. Qurilish jihatdan piramidalarni eslatuvchi bu tarixiy majmua xudolarning uyi sifatida xam qaralgan. Buning misolini Eteminanki zikuratida kurish mumkun. Kalit soʻzlar:Etemenanki, Marduk,zinapoya, Bobil,Nabopalasar, Aleksandr Makedonskiy, maʼbad,ibodatxona, Esangil, "Enuma elis", Sinaxxerib yilnomalari,astronimik kuzatish, minora, Tiamat,sirlangan rang-barang gʻisht, oltin shoxlar, oltin stol, Kaliforniya universiteti, Gerodot, Gigantizm uslubi, poydevor, Asosiy qism Zikkuratlar—Mesopotmiya va dunyo madaniyati dunyo madaniyati durdonasi hisoblanadi.Misrda piramidalar eng noyob sanʼat asari hisoblansa ,ikki daryo oraligʻida esa zikkuratlar eng noyob sanʼat namunasi hisoblanadi.Zikkuratlar Misr piramidalarining sharqdagi koʻrinishi hisoblanadi. Lekin zikkuratlarning Misr piramidalaridan farqi ular qabr emas, balki ibodatxona edi. Mesopotamiyadagi zikkuratlardan eng mashhuri "Etemenanki" zikkurati hisoblanadi. Etemenanki zikkurati Bobilning bosh xudosi Mardukka atab qurilgan zikkurat hisoblanadi.Marduk Mesopotamiyadagi asosiy hudo hisoblanib, osmon va yerning asosiy yaratuvchisi sifatida ulugʻlangan. Zikkuratning asosiy ziyoratgohi Esangil tomonda joylashgan edi. Etemenanki zikkuratining xarobalari hozirda Iroqda yaʼni Bagʻdoddan 90 km janubda joylashgan."Etemenanki" soʻzi shumer tilidagi "E.Temen.An.Ki" soʻzidan olingan boʻlib "osmon va yer poydevoriining uyi" degan ma'noni anglatadi. Etemenanki zikkurati dastlab qachon qurilgani nomaʼlum va u ba'zan Bobil minorasi bilan birlashtirilgan yoki u bilan bogʻlangan.Ushbu ibodatxona haqida topilgan yozuvlarga koʻra "Etemenankining choʻqqisi osmonga yetadi", "yerdagi osmon xudosining uyi", "Yer va osmon poydevorining uyi" degan yozuvlar bitilgan. Etemenankining tiklangan koʻrinishi Baʼzi rivoyatlarda aytilishicha Marduk barcha xudolarni shaytoniy yirtqich Tiamatdan himoya qilgan. Marduk Tiamatni oʻldirgandan soʻng u koinotga tartib oʻrnatadi va yangi dunyoning matkazi boʻlgan Esagilani va Etemenankini quradi.Etemenanki Esagilaning yonida qurilgan boʻlib, bu zikkuratning maʼbadi koinotning oʻqi sifatida dunyoning markazida qurilgan hisoblanadi. Bu yerda yer toʻgʻri chiziq yer va osmonni bogʻlaydi deb hisoblashgan. Baʼzi bir zamonaviy olimlarning tadqiqotlariga koʻra Etemenankini Bobil shohi Nabopalasar tomonidan miloddan avvalgi 610- yilda Bobilning oliy xudosi Mardukka atab qurilgan degan xulosaga kelishdi.Lekin koʻpchilik tadqiqotchilar buning qachon va kim yomonidan qurilganligini nomaʼlum deyishmoqda.Endryu Jorjning aytishicha Etemenanki miloddan avvalgi XIV-IX asrlarda qurilgan degan xulosaga keldi.Shuningdek baʼzilar Etemenankini qurilmagan, hatto mavjud boʻlmagan, shunchaki afsonaviy inshoot deb hisoblaydi.Etemenanki haqida eng qadimgi maʼlumotlar "Erra" dostonida yozilgan. Etemenankining koʻrinishi, uning qanday qurilishi, tuzilishi haqida turli manbalarda turlicha maʼlumotlar mavjud.Etemenanki miloddan avvalgi 229- yilga oid Uruk shahri xarobalaridan topilgan mixxat yozuvidagi sopol taxtachalarda yozilgan boʻlib, hozirda ushbu taxtachalar Luvrda saqlanadi.Ushbu taxtachalarda zikkurat 7 qavatli qilib qurilgan boʻlib, balandligi 30 fut va har tomonida 300 fut kvdartat maydonga ega boʻlgan poydevor bor. Zikkuratning eng baland tepa qismida Mardukka bagʻishlangan maʼbad bor edi. Bu yerda undan tashqari yana bir nechta diniy xonalar ham mavjud boʻlgan. Ushbu xonalar 7 ta xonadan iborat boʻlib, ular quyidagilar:birinchi xona—oliy xudo Marduk va uning xotini Sarbanitumga bagʻishlangan, ikkinchi xona — kotib xudo Nabu va uning xotini Tashmetuning xonasi, uchinchi xona—suv xudosi Eaga, toʻrtinchi xona—yorugʻlik xudosi Nuskiga, beshinchi xona—osmon xudosi Anuga, oltinchi xona—Enlilga bagʻishlangan.Eng oxiridagi yettinchi xonada yotoq divani va taxt joylashgan edi.Ushbu xonalardan soʻng tomga chiqiah uchun zinapoyalar boʻlib, ular orqali tomga chiqilgan.Zikkuratning tom qismida Bobil astronomlari astronomik kuzatish ishlarini olib borganlar. Boshqa manbalarda Etemenaki zikkuratining poydevori 93×93metr, balandligi-90 metr, pastki zina-33 metr, ikkinchi zina-18 metr, qolganlari esa -6 metrni tashkil etgan. Zinalari sirlangan rang -barang gʻishtlardan qurilgan. Ushbu gʻishtlar asosan yashil, qora, qizil, koʻk, oq, sariq, rangli gʻishtlardan iborat boʻlgan. Ushbu zikkurat gigantizm uslubida qurilgan.Zinalardagi gʻishtlar ohak bilan mahkamlangan. Zikkurat tepasida ibodatxona qismining burchaklarida oltin shoxlar ilib qoʻyilgan va ushbu shoxlar quyosh nurida tovlanib uzoqdan odamlarga oltin haykallar, nurlangan haykallarga oʻxshab koʻringan. Lekin bu shunchaki oltin shoxlarning nurlari edi, u yerda birorta ham haykallar boʻlmagan. Zikkuratning maʼbad qismida esa oltin, zarxal bilan bezatilgan kursi boʻlgan.Bundan tashqari zikkuratda toʻrtta yorugʻlik chizigʻi boʻylab joylashgan toʻrtta eshik ham joylashgan. Etemenankining tepasida joylashgan maʼbadning gipotetik xaritasi Etemenanki zikkurati quyosh nurida pishirilgan loy gʻishtlardan qurilgan.Chunki Mesopotamiya va Gʻarbiy Eron platosida toshlar deyarli umuman yoʻq edi.Etemenanki bilan Bobil minorasi bitta inshoot boʻlishi mumkin degan xulosalsr ham mavjud.XX asrda Germaniya Sharq Jamiyati Robert Keldeven boshchiligida Bobil shahri xarobalarini oʻrganishni boshladi.1913- yilda Robert Keldevey Etemenanki xarobalarini oʻrganib tadqiq qilishni boshladi. Robert Keldevey Esarxadon yozuvlari bitilgan 24 ta gʻishtni topadi va bitta muxr topadi. Ushbu gʻishtlarning 7 tasi Etemenanki haqida yozilgan bitiklar edi. Uning tadqiqotlari davomida zikkurat 7 ta ayvondan iborat boʻlib uning balandligi 91 metr,umumiy maydoni 91×91metr aniqroq qilib aytganda 91,48×91,66 metr degan xulosaga kelindi.Binoning janubiy tomonidan katta zinapoyalar ham topilgan.Lekin baʼzi zamonaviy olimlar Etemenankini 91 metr balandlikda boʻlgan deb yozilgan Bobil manbasi boʻlgan Esagila lavhasi daʼvosiga qarshi chiqishmoqda. Zikkuratning janubiy tomonida Etemenankini Esagila bilan bogʻlovchi uch eshikli darvoza ham boʻlgan. Sharqdagi katta darvoza Etemenankini muqaddas yoʻl bilan bogʻlaydi. Etemenanki haqida "Enuma elis" dostonida ham anchagina bor maʼlumotlar mavjud.Ushbu dostonida Etemenankini mustahkam markaziy minoraga ega boʻlib, bitta stadion maydoniga teng hududda qurilgan, uning ustiga ikkinchisi, keyin uchinchisi shunga oʻxshash yettitagacha bino oʻrnatilgan.7 ta minoraning barchasini tashqaridan spiral yoʻl bilan tepaga koʻtarilish mumkin. Tepaga koʻtarilish uchun dam dam olish oʻrindiqlari ham mavjud edi. Ibodatxonaning eng balandida maʼbad joylashgan. Etemenanki zikkurati miloddan avvalgi 689- yilda Sinaxxareb tomonidan vayron qilingan. Shundan keyin ancha vaqt davomida zikkurat xaroba holatda qoldi. Etemenankining qayta yiklanishi uchun 88 yil vaqt ketdi, shuncha yil oʻtibgina zikkurat qayta tiklana boshladi. Bobil yilnomalari va astronomiya kundaliklarida Etemenankini qayta tiklash, taʼmirlash boʻyicha qilingan ishlar, urinishlar qayd etib oʻtilgan. Etemenankini qayta tiklash, taʼmirlash boʻyicha dastlabki urinish miloddan avvalgi 600-yillarda Ossuriya podshosi Esarxadon tomonidan amalga oshirilgan. Zikkuratni tiklash uchun pishirilgan gʻishtdan foydalanilgan. Ammo Esarxaddon Etemenankini qayta tiklash ishlari oxirigacha amalga oshmadi. Esarxaddondan soʻng Nabopalasar uning ishlarini davom ettirib zikkuratni tiklash ishlarini davom ettirgan. Nabopalasarning vorisi Navuxodonosor II ham otasining ishlarini davom ettirib, zikkuratbi qayta tiklash ishlarini amalga oshirgan. Navuxodonosor II mamlakatda kech koʻlamli qayta qurish, taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan. Navuxodonosor II barcha inshootlarni, jumladan zikkuratni ham pishirilgan gʻishtdan qurishni farmon bergan. Navuxodonosor II davrida zikkurat tiklangan, bundan tashqari boshqa inshootlar ham tiklangan, aynan shu davrda Bobilning eng yuksalgan davri boʻlgan. Navuxodonosor II davridan keyin zikkuratning taʼmirlash ishlariga eʼtibor berilmagan. Turli xil yogʻinlar, urushlar natijasida zikkurat oʻz salobatini yoʻqota borgan. Miloddan avvalgi 331- yilda Fors podshosi Aleksandr Makedonskiy Bobilni bosib oladi. Aleksandir Makedonskiy Etemenanki xarobalarini koʻrib uni qayta taʼmirlashni buyurib oʻzi Eronga qaytib ketadi.Zikkuratning Navuxodonosor II davridan soʻng ilk bora taʼmirlanishi edi. Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 323- yilda Bobilga qaytib keladi va Etemenankining taʼmirlash ishlarini tekshiradi. Ammo zikkuratda hech qanday oʻzgarish koʻrmaydi, sababi u anchagina xaroba ahvolda edi. Keyin Aleksandr Makedonskiy oʻz qoʻshiniga Etemenankini toʻla qayta qurishni buyuradi. Ammo Aleksandr Makedonskiy Bobilga kelganidan ikki oycha vaqt oʻtib vafot etadi. Aleksandr Makedonskiyning vafot etgani sababli zikkuratning qayta qurish ishlari toʻxtab qoladi. Zikkurat uchun keltirilgan materiallar, gʻishtlar boshqa binolarni qurish uchun sarflanadi va zikkurat xaroba holida qolaveradi. Miloddan avvalgi 229- yilda Uruklik yosh ruhoniy Anubleshunu "Esagila yilnomasi" ni yozadi. Esagila yilnomasi qoldiqlaridan topilgan maʼlumotlarga qaraganda Aleksandr Makedonskiydan soʻng maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng yana Etemnankini qayta tiklash, taʼmirlash ishlari boshlandi. "Esagila yilnomasi" lavhasida aytilishicha Salavkiylarning shahzodasi Antiox I Etemnankini qayta qurishga qaror qilgani haqida yozib oʻtilgan. Antiox I Etemenankini qayta tiklash oldidan qurbonlik qilgani haqida ham maʼlumotlar bor. Antiox I Etemenanki xarobalariga zikkuratni koʻzdan kechirishga borganda xarobalarga qoqilib, yiqilib tushadi. Shundan soʻng jahli chiqib, jangchilariga aytib, Etemenankining oxirgi qoldiqlarini yoʻq qilishni buyuradi. Antiox I ning janhchilari fillar yordamida Etemenankining oxirgi qoldiqlari ham yoʻq qilingan. Shu voqealardan keyin zikkurat butunlay vayronaga aylangan. Antik davrdan keyin Etemenanki zikkurati haqida boshqa maʼlumotlar umuman uchramaydi. Shu davrdan soʻng Etemenanki umuman taʼmirlanmagan. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati •"Babylon"—Eva Christiane, Joachim Marzhan—2011 •"History's Mysteries:People, Places and addities.Lost in the Sands of time"—Brian Haughton—2010 •"Первые уроки истории"—Petr Melgunov—1917 •"Вавилон и Ассирия. Быт, религия, култура"—Genri Saggs—2022 •"Синие Стрекозы Вавилона"—Yelena Xaetskaya—2022 •"Routledge Encyclopedia of Ancient Mediterranean Religions"—Eric Orlin—2015 •"Библейские наставления и нравоучения. Наука о Ветхом Завете."— Andrey Tixomirov—2022 •"Основы архитектуры и строительных конструкций"— Nadejda Savina, Kira Larionova, Kiril Solovyev—2021 •"Книги Паралипоменон"—Andrey Tixomirov—2022 •"Prologue to History"—John van Steries—1992 •"Images, Power and Politics:Figurative Aspects of Esarhaddonʼs Babylonian Policy"—Barbara N.Porter, Institute for scientific —1993 •"Late Achaemenid and Hellinictic Babylon"—T.Boiy—2004 Foydalanilgan internet saytlari www.livins.org www.glosbe.com www worldhistoriy.org www.wikipedia uz Download 35.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling