Abdulla Qodiriy nomidagi Madaniyat va istirohat bogʻi


Download 0.86 Mb.
Sana15.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1200539
Bog'liq
Qodiriy bog\'i

  • Qodiriy bog'i
  • Abdulla Qodiriy nomidagi Madaniyat va istirohat bogʻi (Zarqaynar koʻchasi, 6) – Toshkentning shimoli-gʻarbiy qismida, Olmazor tumani, Sebzor dahasi, Eskijoʻva bozori va Toshkent sirki oʻrtasida joylashgan. Umumiy maydoni 19,8 gektar. Oʻz vaqtida bogʻda xalq sayillari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilgan. Bogʻda ochiq tomoshagoh (amfiteatr), planetariy, 11 ta attraktsion, kurash maydoni, stol tennisi va shaxmat-shashka paviloni, ovqatlanish va salqin ichimliklar bilan savdo qilish shoxobchalari boʻlgan. Bogʻ orqali "Chorsu" va "G'ofur g'ulom" metro bekatlariga, Zarqaynar, Abdulla Qodiriy va G'afur G'ulom koʻchalaridagi avtobus bekatlariga chiqish mumkin.
  • Tarixi
  • 1932–1934-yillarda yoshlar tashabbusi bilan bunyod etilgan. Joyning tarixiy nomidan kelib chiqib, xalq orasida „Jangob“ („Janggoh“) deb atalgan. 1932–1936-yillarda Akmal Ikromov, 1936–1938-yillarda Mirmuhsin Shermuhamedov nomlarida boʻlgan. 1939-yilda rus shoiri Aleksandr Pushkin nomi berilgan, 1992-yildan Abdulla Qodiriy nomida (Abdulla Qodiriy bobolarining shahar hovlisi Jangobning shimoli-gʻarbiy tarafida boʻlgan, yozuvchi shu joyda tugʻilgan).
  • Bogʻda chinor, qaragʻay, archa, tol, akatsiya kabi daraxtlar oʻsadi, har yili gulzorlarga 10000 tupdan ziyod gul koʻchatlari ekiladi. Abdulla Qodiriyning tugʻilganiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan 2001-yilda tasdiqlangan loyiha asosida bogʻda bunyodkorlik ishlari olib borildi (meʼmor A. Narutskaya). Bogʻdan oʻtgan ariq va sunʼiy choʻmilish havzasi tosh bilan bezatildi, 2 ta favvora qurildi. Bogʻ hududida ertak qahramonlariga haykallar qoʻyildi. Maysazor va gulzorlar barpo qilindi. Bogʻning Eskijoʻva bozori tomonidan kiraverishdagi maydonga yozuvchi haykali oʻrnatildi (2004-yil, haykaltarosh Jaloliddin Mirtojiyev).
  • Bogʻning holati
  • Bogʻ toʻliq rekonstruktsiya qilinib, 2005-yil avgustda qayta ochildi. 2011-yilda bogʻ yana qaytadan toʻliq rekonstruksiya qilindi. 2018-yil Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bogʻda olib borilayotgan koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi va u yerda Abdulla Qodiriy haykalini oʻrnatish va bogʻni turistik manzilga aylantirish haqida topshiriq berdi. Abdulla Qodiriy nomidagi Madaniyat va istirohat bogʻini turistik manzilga aylantirish maqsadida 2020-yil Yaponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. Ltd kompaniyasi kiritgan investitsiya asosida bogʻning 0,5 ga qismida 4 yulduzli mehmonxona qurish ishlari boshlab yuborildi, oqibatda qurilish maydoni oʻrnida boʻlgan koʻplab daraxtlar kesib tashlandi. 2021-yilda bogʻning 0,75 ga maydonida Qozogʻistonning BI Group kompaniyasi Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri deb nomlangan mehmonxona qurish ishlarini boshlab yubordi. Bogʻning ahvoli yomonlashishda davom etaverdi.
  • 2021-yilning yoz oylariga kelib bogʻning holati talabga javob bermas darajaga tushib ketdi. Bogʻda chiqindilar toʻplandi, suvsizlik oqibatida koʻplab daraxtlar va oʻt-oʻlanlar qurib qoldi. Bogʻning holatini oʻrgangan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi investorlarga berilgan qismlardagi daraxtlarning qurib qolganligi va hududda chiqindilar koʻpayayotgani yuzasidan masʼullarga qonuniy chora koʻrish talabini qoʻydi va holatni quyidagicha baholadi:
  • “Yanada achinarlisi, yaqin yillar davomida oʻz koʻrki va chiroyi bilan insonlarni oʻziga jalb qilgan mazkur bogʻ bugunga kelib, yongʻin kelib chiqishi mumkin boʻlgan chiqindixonaga aylangan. Bogʻdagi bunday holatning yanada achinarli tus olishiga yaqinda ushbu hududdagi avtomobillarni vaqtincha saqlash maydonida sodir boʻlgan yongʻin ham sabab boʻlgan. Ekologik reyd natijasi boʻyicha shu yerning oʻzida masʼullar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirildi.”
  • 2022-yilga kelib bogʻdagi chiqindilar kamaytirildi, yoʻlaklar tozalandi, yoʻlaklarning ayrim qismlari yangilandi, yangi daraxtlar ekildi, baʼzi daraxtlarning shoxlari butaldi. Lekin, bogʻ hududidan qurilish uchun yer sotib olgan Xitoyning Wan Li firmasi avvalroq xatlangan 177 tup daraxtdan 64 tupini qish oylarida boshqa yerga koʻchirib oʻtqazdi. Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi bogʻdagi 64 tup daraxt koʻchirilishi noqonuniy amalga oshirilganini maʼlum qildi va tadbirkorga nisbatan maʼmuriy chora koʻrdi.
  • 2022-yilning 7-mart kunidan boshlab Olmazor Business City maʼmuriyati bogʻda navbatdagi rekonstruksiya ishlari boshlanishini va bogʻ attraksionlarsiz ekobogʻga aylantirilishini maʼlum qildi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling