Abdulla qodiriy nomidagi


“Farhod va Shirin” dostonini syujeti, kompozitsion tuzilishi


Download 51.51 Kb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi51.51 Kb.
#1763436
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDUALIYEVA GULYUZ XUSAN-QIZI

1.2 “Farhod va Shirin” dostonini syujeti, kompozitsion tuzilishi.
Alisher Navoiy "Xamsa"si, ko’rib o’tilganidek, ikki xil qurilmaga asoslangan dostonlardan iborat. Agar "Hayrat ul -abror" fikriy-nazariy maqolotlar va kichik hikoyalardan tarkib topgan bo’lsa, "Xamsa"ning boshqa to’rtta dostonlari sujetli, ya`ni ma`lum qahramonlarning turli xildagi faoliyatlarining badiiy tasviridan iboratdir. Bular orasida “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” ISHQ konsepsiyasining badiiy talqiniga bag’ishlangan monosujetli (yakka sujetli) dostonlardir. Adabiyotshunoslikda ular ba’zan she’riy roman sifatida ham baholanadi.
Xusrav – Shirin – Farhod hamda Layli va Majnun haqidagi qissa, rivoyat va dostonlarning yaratilish tarixi ancha qadimiydir.
Xusrav Parvez binni Hurmuz sosoniylar sulolasiga mansub shohlardan bo’lib, u 590-628 yillar orasida hukmronlik qilgan. Uning shaxsiy va davlat arbobi sifatidagi fazilatlari zamondoshlari bo’lmish misrlik Simokatta va arman tarixchisi Sebeosdan boshlanib, XV asr tarixchilaridan Mirxond va Xondamirning asarlarida, jumladan Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam"ida ham bayon etilgan. (MAT, 20 tomlik, 16 tom, 215-218-betlar).
Tarixiy asarlar, yodnomalarda Xusrav va Shirin muhabbati, hatto Shirin Xusravning jufti haloli ekanligi haqidagi ma`lumotlar bor. Ammo X asrgacha bo’lgan davrdagi manbalarda Farhod eslanmaydi. Tabariyning arab tilida yozilgan “Tarixi rusul val-muluk” asarida ham Xusrav va Shirin mojarolari tilgan olingani holda Farhod eslanmaydi. Faqat shu asarni "Tarixi Tabariy" nomi bilan fors tiliga o’girgan tarixchi Abu Ali Muhammad al-Bal`amiyning (X asr) asarida Xusrav tarixi bayonida Shiringa oshiq bo’lgan Farhod dev (bahaybat inson) tilga olinadi.
Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma"sida Xusrav Parviz podshohligi tarixiga bag’ishlangan dostondan tashqari “Xusrav va Shirin” deb nomlangan alohida doston ham kiritilgan. Biroq unda Shirinni sevuvchi Farhod obrazi yo’q.
Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat etar ekan, Farhodni toshyo’nar hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlaydi. Ammo u dostonning voqealarida boshdan oyoq qatnashmaydi, balki sut kanalini qazish ehtiyoji tug’ilgandan voqealar maydoniga kirib keladi. Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub "Shirin va Xusrav" dostonida Farhod Chin xoqonining o’g’li sifatida qalamga olinib, Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlaydi. Bunda Shirinning ham Farhodga moyilligi seziladi. Ozarbayjonlik shoir Orif Ardabeliy 717 hijriy (1369) yilda fors tilida "Farhodnoma" nomli doston yaratdi. XV asrda yashagan Ashraf Marog’aviy ham o’z "Xamsa" si tarkibiga "Shirin va Xusrav" dostonini kiritgan.
Alisher Navoiy o’zigacha yozilgan asarlardan farq qilguvchi yangi dostonni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganini shunday ifoda etgan:
Burun jam` et nekim bo’lg’ay tavorix, Borida ista bu farxunda tarix.
Topilg’ay shoyad andog’ bir necha so’z,
So’z aytur elg’a ul yon tushmagan ko’z. Ani nazm etki tarhing toza bo’lg’ay,
Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay.
Alisher Navoiy o’zining ijodiy niyati haqida shunday yozadi:
Meni mahzungakim ishq etti bedod,
Solib g’am tog’ida andoqki Farhod.
Munosibdur agar tortib navoni,
Desam Farhodi mahzun dostoni. [8-tom, 47-bet]
"Farhod va Shirin" dostoni 1484 yilda (hijriy 889) an`anaga ko’ra aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) vaznida yozilgan.
Qays va Layli qissasi, manbalarda qayd etilishicha, arab qabilalari orasida maydonga kelib, bu qissa Ibn Qutayba, Al-Johiz, Abulfaraj kabi olimlarning
"Kitobush-she`r va sh-shuaro", "Kitob ul-og’oni" nomli asarlarida hamda umaviylar davridagi shoirlar she`rlarida tilga olingan. Keyinchalik esa u islom madaniyati tarqalgan g’ayri arab o’lkalarda to’laqonli badiiy asarlarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Ana shunday shoirlardan mashhuri Nizomiy Ganjaviydir. Undan keyin Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliylar (Alisher Navoiy bu insonni yori aziz deb atagan) ham bu mavzuda go’zal asarlar yozganlar. Alisher Navoiy o’zining "Layli va Majnun"ini yozayotganda eslatilgan va boshqa asarlardan xabardor edi.
Alisher Navoiy "Layli va Majnun" dostonida shu mavzuda o’zigacha yozilgan asarlarga, bir tomondan, o’xshaydigan (mavzu, voqea, timsollar), ikkinchi tomondan va eng muhimi, o’xshamaydigan (voqea, timollar talqinida) asar yaratish borasida ko’p o’ylagani va, nihoyat, bu masalaning yechimini topgani haqida shunday yozadi: Kim, Ganjada ganjlar yoshurg’on,
Har ganjigakim yasadi qo’rg’on. Yo hindnajodi hinduvizod- Kim, qasrlarini qildi obod.
Har qal`a uchun kerakdurur shahr,
Ham qasrg’a bog’u sabzadin bahr. Bo’lsa manga fursat ul qadar chog’ Kim , shahr ila tarh solibon bog’.
Bog’ini riyozi xurram etsam,
Shahrini savodi a`zam etsam.
“Layli va Majnun”dostoni ham an’anaga ko’ra hazaj bahrida, hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (maf’uvlu mafoilun fauvlun) vaznida yozilgan.
Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida «Xamsa»ning har bir dostonini yozishda unga madad bergan manbalarni e’tirof etadi. Chunonchi
«Farhod va Shirin» shabistonig‘a xayolim yuz tutubdur, Mir Xusrav dami «Shirin va Xusrav» o‘tidin charog‘imni yoritibdur. Yana chun «Layli va Majnun» vodisida ishqim po‘ya urub, Xoju himmati «Gavharnoma»sida nisorimga gavharlar etkurubtur”.
Mazkur dostonlarning kompozitsiyasi, sujeti va umuman mazmun-mohiyatida bir qator mushtarak jihatlar mavjud.
Nasriy bayonchilik, tabdil, badiiy asarni nazmdan nasrga o‘girish an’nasi boshqa adabiy hodisalar singari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. XIX asr boshida Navoiy dostonlari nasriy bayonlarining dastlabki namunalari Xorazmda adib Umar Boqiy tomonidan yaratildi. Bu Navoiy dostonlarini falsafiy “murakkab” adabiyotdan ─ “sodda” adabiyotga, janrdan – janrga o‘girishning ilk namunasi edi.Umar Boqiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda ijod etgan. Umar Boqiy haqida bizgacha nihoyatda kam ma‘lumot yetib kelgan. Unin faoliyati Navoiy dostonlari asosida yaratilgan “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” qissalari olimlarimiz tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan.Umar Boqiyning “Farhod va Shirin” qissasi va Navoiyning shu nomli dostoni qiyoslab o‘rganilgan, dastlabki tadqiqot Abdurauf Fitratning 1930-yili “Alanga” jurnalida (1 – 2-sonlar) chop etilgan “Farhod va Shirin” dostoni to‘g‘risida”gi maqolasidir. Fitrat qissa va dostonning qiyosiy tahlilidan oldin, umuman, “Xusrav va Shirin”, “Farhod va Shirin” sayyor syujetlarining adabiyotga kirib kelishi, Firdavsiydan, Besutun tog‘laridagi bitiklardan to Navoiygacha bosib o‘tilgan yo‘li xususida batafsil to‘xtaydi. Markaziy Osiyo, xususan, Boysunda mazkur syujetlar asosida paydo bo‘lgan xalq hikoyalari haqida ham fikr yuritadi. Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54-bobdan iborat. Umar Boqiy dostonni xalq kitobiga aylantirishda kompozitsion yaxlitlash yo‘lidan boradi.
Dostonni bir necha qismlarga ajratib, ularni o‘zi nomlaydi. Navoiy dostonidagi sarlavhalarni aynan takrorlamaydi.Jumladan, asar boshlanishi Navoiy dostoni birinchi bobidagi kabi sarlavhasiz berilgan. “Va ollohi A`lam shahzoda Farhodni oynai Iskandarga boqqani hikoyasi”, “Shahzoda Farhodni oynai Iskandarni tamosho qilib otashi ishqqa giriftor bo‘lg‘ani”, “Farhodni ariq qozimoq bilan balo tog‘ini boshiga yog‘durg‘onini hikoyasi”, “Va bu asnoda Farhod parivashi uchun Xusravi zolimning elchi yiborganini hikoyasi” tarzida nomlanadi.“Farhod va Shirin” dostonining syujeti uning g‘oyat ko‘p epizodlardan tashkil topganligini ko‘rsatadi. Bu epizodlar ichida Farhod bilan Shirin sarguzashtlarining boshlanishiga sabab bo‘lgan epizod – Farhodning oynada Shirinni ko‘rib, sevib qolishi tasviridir. Shu sababli bu epizod asar syujetining,Farhod sarguzashtlarning bosh tuguni hisoblanadi.Doston syujetining kulminatsiyasi Xisrav bilan Farhod o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dialogdir.Farhodning insoniy fazilatlari, shoirning insonparvarlik qarashlari, doston g‘oyasi ana shu dialogda o‘zining mukammal ifodasini topgan. Doston syujetining yechimi Farhod bilan Shirinning o‘limidir. Asarning bosh siymolari Farhod va Shirin obraziga xos xususiyatlar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish; Farhod va Shirin obrazini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda Alisher Navoiy asarlarini o‘qishga nisbatan havasini tarbiyalash, komil insonga xos xususiyatlar haqida fikr yuritish.O‘qituvchi: Biz o‘tgan darsda o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, buyuk daho Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini mazmuni, g‘oyasi, undagi qahramonlarning sarguzashtlari haqida fikr yuritgan edik
1.Farhod yoshligida nimalarga qiziqadi, kimlardan ta’lim oladi?
2.Farhod Arman elida qanday ishlarni amalga oshiradi?
3.Farhodning Shirin bilan uchrashuvi voqeasini kim aytib beradi?
Dostonda tasvirlanishicha yosh Farhod ayniqsa, ilmga qiziqadi. Mashhur imorat ustalari Moniy, Qoranlardan tosh yo‘nish sirlarini o‘rganadi. Unga zamonasining olimlaridan Mulkoro ta’lim beradi. Farhod “Oinaiy Iskandariy”da go‘zal Shirinning husnu – jamolini ko‘rib bexush bo‘lgach, tog‘da yashayotgan donishmand Suqrot bilan uchrashadi. Buyuk olim uning taqdiri haqida bashorat qilgach Arman o‘lkasiga qarab yo‘l oladi. U yerda mashaqqat bilan tog‘dan ariq qaziyotgan minglab kishilarga javob berib o‘zi qaqragan yerlarga suv ochib obi- hayot bag‘ishlaydi.
Baland tog‘ni o‘zining sirli teshasi bilan parchalagan pahlavon Farhodning Shirin bilan uchrashuvi asarda hayajonli tasvir etiladi. Darslikda bu voqea shunday tasvirlangan:
…Ki: “Ey nodir yigit ofoq ichinda, Yagona charxi nili toq ichinda! Ayonda holingda ko‘p, ko‘p bul’ ajabliq.Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq”. Mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya’ni tarixiy shaxslar hayotidagi voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. Natijada bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o‘zining ijodiy maromi, dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida bunday asarlarda tarixiylikdan ko‘ra badiiy yaratuvchilik me’yori yetakchilik qilib, undagi obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo‘nalish va maqsadlarda amalga oshiriladi. Shundanda, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida Xusrav va Shirin tarixiy nuqtai nazardan tasvirlanib, unda Shirinni hech qanday aloqasi bo‘lmagan bir shaxs sifatida tasvirlagan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga murojaat etar ekan, balki badiiylik mezonini ustun qilib qo‘yadi, ikkinchidan esa obrazlar talqinini o‘zlashtiradi. Natijada Farhod toshyo‘nar hunarmand hamda Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning voqealarida boshdan oyoq qatnashmaydi, balki suv kanalini qazish ehtiyoji tug‘ilgandan voqealar maydoniga kirib keladi. O‘quvchilarni badiiy asar bilan tanishtirish dastlab sinfda o‘qish bilan boshlanadi. Sinfda badiiy asarni ifodali o‘qish o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda eng muhim va ta’sirchan metoddir. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish adabiyot o‘qituvchisi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Negaki, “faqat san’atkorona o`qish shoirlar haqida tushuncha hosil qiladi”. Shu sababli bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qish qonun – qoidalarini, texnikasini bilib olishi kerak. Shundagina u o‘quvchilarning ifodali o‘qish san’atini puxta egallab olishlariga, badiiy asar haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va to‘g‘ri baholash malakalarini egallashlariga erishadi.
O‘qituvchi ifodali o‘qishni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ona tili darslarida olgan bilimlardan foydalanadi. Ma’lumki, o‘quvchilar ona tili darslarida orfoepik qoidalarni o‘zlashtiradilar. Bunday bilim ifodali o‘qishda tekstdagi intonatsiyani, urg‘uli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, o‘z o‘rnida pauza qilish, emotsional, yoqimli ovozda vazn va qofiyalarga qarab to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi. Ifodali o‘qish adabiy asarni tushunarli, ta’sirchan o‘qish demakdir. Bu o‘qish san’ati yod olingan materialni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi, og‘zaki nutq bilan bog‘lanadi.“Sharh” so‘zi arabcha bo‘lib, izohlash, tafsir, tushuntirish, ma’no berish, talqin etish demakdir. Sharh adabiy tekstni talqin etuvchi filologik tadqiqotga xos usul hisoblanadi. Sharh adabiy asarni tadqiq qiluvchi adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, tarix, estetika, tilshunoslik fanlariga bog‘lanadi.Maktabda qo‘llanadigan tarixiy – adabiy sharhda asarning yaratilish tarixi, adabiyot tarixida tutgan o‘rni, asarda tasvirlangan voqea va shaxslar haqida ma’lumot beriladi. Masalan, VIII sinfda Alisher Navoiyning “Xamsa” asari xususida gapirilganda uning yaratilishi, uni tashkil etgan dostonlar to‘g‘risida tushuncha beriladi, “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda undagi tarixiy shaxslar — Arastu, Qorun, Moniy sharhlanadi.Yuqori sinflarda yozuvchining ijodini o‘rganishda biografik sharhlashdan ham foydalaniladi. Bunda asarning yozuvchi hayoti bilan bog‘liqligi yoritiladi.
Alisher Navoiy shaxsiyatidagi fazilatlarning u yaratgan asarlarda ham aks etganini ko‘rish mumkin. (Kamol et kasbkim). Bu to‘rtlikda Alisher Navoiy, olamda kimki biror kasbni mukammal egallab olmasa, u hammomdan toza bo‘lmay chiqqan kishiga o‘zshib qoladi, degan fikrni ifodalaganki, shoirning o‘zi bunga hamisha amal qilib yashagan.Buyuk shoirning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi haqida ham shu gapni aytish mumkin. Farhod xarakteriga xos o‘qishga, ilm – fanga, san’atga havas, insonparvarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar Alisher Navoiy shaxsiyatida ham mavjuddir. Shunga ko‘ra, Farhod obrazini o‘rganishda o‘quvchilar e’tibori bu masalaga ham jalb etiladi.
Alisher Navoiy o’zbek she`riyati tarixida g’azal janrini ham mazmun, ham shakl va ham badiiylik jihatidan yuqori cho’qqiga ko’targani sababli uni "G’azal mulkining sultoni" deb e`zozlaydilar. Shundan-da, inglis sharqshunosi A.Gibb
"Navoiy turkiygo’y shoirlar uchun ibrat va namunadir",- deb yozganda bu haqiqatni e`tirof etgan edi.
Alisher Navoiy g’azallarining mavzu doirasi keng. Ularda ishq (majoziy va haqiqiy), ijtimoiy, falsafiy, axloqiy mavzular shunchalik mahorat bilan yortilganki, natijada har bir g’azal badiiy tafakkurning o’ziga xos mujassamiga aylangan. Alisher Navoiy o’zining g’azallari bilan o’zbek she`riyatidagi g’azal yozish an`anasini rivojlantirdi va navoiyona uslubda yozilgan g’azallarni yaratdi. Navoiyona uslubda yozilgan g’azallar bir mavzuni keng va chuqur yoritish, ruhiy kechinmalarning samimiy va haqqoniyligi, pand-nasihat yoki mav`izaning mavjudligi hamda badiiy tasvir vositalaridan nihoyatda mahorat bilan foydalanganlik bilan ajralib turadi.
Alisher Navoiy o’z g’azallarida "ishq so’zi" (ishqdagi kuyish, yonishlar, ruhiy holat), "rindonalik" va "orifonalik" ning qorishganiga alohida e`tiborni qaratadi. Bu bilan g’azalnavislik ana`nasidagi uslublardan ijodiy ilhomlanish natijasida maydonga kelgan yangi uslubga- navoiyona uslubga ishora qilmoqda. SHuning bilan birga navoiyona uslubda turkiygo’y xalqlar og’zaki ijodidagi "turkiy" va "qo’shuq" nav`lari xususiyatlaridan ilhomlanish yo’nalishi ham ko’zga tashlanadi. Bas shunday ekan, Alisher Navoiy g’azallari ham forsiy, ham turkiy g’azal va "turkiyu qo’shuq"lar xususiyatlarining qorishuvi natijasida yaratilgan ajoyib asarlardir.
Alisher Navoiyning ana shunday ajoyib g’azallarida turli mavzular bilan birga ishq mavzusi alohida mavqega ega.
Alisher Navoiy she`riyati, jumladan g’azallarida ishq keng qirrali mavzu sifatida qalamga olingan, jumladan insonning insonga, tabiatga nisbatan bo’lgan ishqmuhabbati va, shuning bilan birga, Alloh taologa nisbatan bo’lgan ishqi masalalari yoritilgan. har ikkala ishq mukammal mujassam bo’lgan shaxsning komillikka-komil inson darajasiga erishuvi shoirning bosh maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Alisher Navoiy:
Ofarinishdin qilib inson g’araz,
Oni aylab xalq ichinda beavaz, - deb hazrati Insonning buyuk maqomidan so’z yuritadi va uning uchungina xos bo’lgan fazilatni-ishqdagi yonishkuyish (so’z), samimiylik va chuqur hissiyotlarni har tomonlama yoritadi. Shundan kelib chiqqan shoir shunday deydi:
Ey Navoiy, ul pari o’ltursa ham ozdur seni,
Kimki insondur aning mahbubi ham inson kerak.
Alisher Navoiy g’azallarida ana shu mahbub-sevimli kishining siymosi-portreti ham ma`lum darajada chizilgan.
Alisher Navoiy g’azallaridagi inson, bir tomondan, go’zal mahbuba bo’lsa, ikkinchi tomondan, do’st, yor, erkak jinsidagi yaqin kishi ham bo’lib keladi. Bu fikrning isboti uchun ulug’ shoirning mashhuр "qaro ko’zum" g’azalini eslatish mumkin:
Qaro ko’zum, kelu mardumlig’ emdi fan qilg’il Ko’zum qorasida mardum kabi vatan qilg’il.
Mazkur g’azal ko’pgina adabiyotshunoslar, jumladan Natan Mallaev, Ismatullo Abdullaev, Nusratullo Jumaev va boshqalar tomonidan tahlil qilingan va bu haqda turli xil bahslar yuritilgan. Men bu o’rinda ana shu bahsga qatnashib, o’zining ancha asosli fikrlarini bayon etgan arabshunos, adabiyotshunos va tasavvufshunos olim akademik Alibek Rustamovning ayrim fikrlarini aynan keltirib, tug’ilishi mumkin bo’lgan har xil savollarga ham undan javob topsa bo’ladi, deb o’ylayman:
"Navoiyning bu g’azaldagi manzuri (ya`ni mahbubi) insonmi yoki Xudomi, degan masalani hal qilaylik. "Qora ko’z"ni Xudo deb tushinish, birinchidan, ilmiy ma`lumotning etishmasligi natijasida vujudga kelgan taassub, ikkinchidan, fazlfurushlikka bo’lgan intilish natijasidir. Navoiy shaklsiз Oliy vujudga (Allohga)
"qora ko’zum" deb murojaat qilmaydi, undan inson qiyofasiga kirishni talab qilmaydi va uning "yuzidagi ter"ni ko’rib o’lmaydi…
Navoiyning bu g’azaliga manzuri (mahbubi) yigitmi, qizmi degan savolga yigit deb javob berishimiz kerak bo’ladi… Uning yigitligini tan olmaslikka harakat qilish Navoiyning ishqi ma`naviy ishq ekanligini hisobga olmaslik natijasidir. Ma`naviy ishqda jins va yoshning ahamiyati bo’lmaydi".
Bundan ma`lum bo’ladiki, Navoiy g’azaliyotida ham insoniy (ayol-erkak o’rtasidagi), ham ma`naviy (jinsi farq qilmaydi) hamda haqiqiy (Alloh taolaga nisbatan) ishq o’z ifodasini topgan bo’lib, ana shu asosda uning timsollari ham belgilanadi: oshiq-ma`shuqa, do’st-yor, Alloh-solik va boshqalar.
Navoiy talqini bo’yicha, ishq - bulhavaslik, mas`uliyatsizlik va axloqsizlikni emas, balki samimiylik, fidoiylik va o’zni idora qila bilishlikni talab qiladi. Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,
Gar meni o’ltur v-agar tirguzki, jonim sen mening.
Alisher Navoiy she`riyatida haqiqiy ishq - Alloh taologa nisbatan bo’lgan muhabbat, uning zotiy sifatlariga intilish jarayonida komillikka erishuv masalalari, Rasululloh Muhammad hazratlariga bo’lgan sadoqat kabi tasavvufiy mavzular ham qalamga olingan. Bu mavzu faqat alohida g’azallar (na`t, hamd, mav`iza) dagina emas, balki boshqa mavzulardagi g’azallar zimnida ham o’z aksini topgan. Shuning uchun bu mavzu keng qamrovli bo’lib, uning o’ziga xos timsol va badiiy tasvir vositalari borki, bu mavzudagi g’azallarni tahlil va talqin qilish jarayonida ularni e`tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Shuni nazarda tutgan Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoni" tarkibidagi devonlarni hamd, na`t va mav`iza g’azallardan boshlaydi. Masalan, "g’aroyib ulsig’ar" devonining "Ashraqat", "Zihi husnung", "Ey hamd", "Iloho, podshoho, kirdikoro" so’zlari bilan boshlanadigan, "Navodir ush-shabob" devonining "Zihi zuhuri jamoling", "Ilohiy amringa" kabi so’zlar bilan boshlanadigan hamd g’azallar hamda "Ey nubuvvat", "Zihi javlongahing", ("G’aroyib us-sig’ar"),"Zihi buroqing", "Bediling xayli rusul" ("Navodir ush-shabob") kabi na`t g’azallar bilan boshlanishi ham bejiz emas. Qayd qilinganidek, butun "Xazoyin ul-maoni" "G’aroyib us-sig’ar"dagi birinchi g’azal - "Ashraqat" bilan boshlanadi (ma`lumki, "Badoe` ul-bidoya" ham shu g’azal bilan boshlangan edi). Alisher Navoiyning bu g’azalga bunchalik e`tibor berishining sababi nimadag’ Buning asosiy sababi, bizningcha, shundan iborat bo’lsa kerakki, g’azalda inson va Alloh taolo, inson va koinot, inson va komillik, insonning o’zligini hamda Oliy haqiqatni tanishi kabi falsafiy masalalar tasavvufiy idrok va talqinda berilgan. Bu masalalar esa dunyoqarashning asosiy falsafiy tamoyillari bo’lib, ularning badiiy in`ikosi butun she`riyatda amalga oshirilgan. Shu jihatdan bu g’azal "Xazoyin ul-maoni" xazinasining kaliti vazifasini ham o’tagan ko’rinadi.
Chunki bu g’azalning asl mohiyatiga etgan kishi "Xazoyin ul-maoni"da bayon etilgan badiiy tafakkur mahsulini yaxshi anglab oladi.
G’azalning birinchi bayti husni matla` bo’lib, unda shoir butun g’azalda ifoda etmoqchi bo’lgan fikrning mohiyati - mag’zini hamda "jomu may"ning botiniy - tasavvufiy ma`nosini bayon etgan.
"G’aroyib us-sig’ar" devonidagi "Ey, nubuvvat xaylig’a xotam bani Odam aro" misrasi bilan boshlanadigan na`t g’azalda Rasululloh Muhammad (s.a.s.) hazratlaridan, ul nabining fazilatlaridan bahs yuritilgan. Bunday g’azallar "Xazoyin ul-maoni" tarkibidagi har bir devonda ham bor.
Alisher Navoiy she`riyatidagi tasavvufiy mavzular insonni komillik sari intilishlarini islomiy falsafa nuqtayi nazaridan badiiyat qonuniyatlari doirasida bayon etadi.
Alisher Navoiy she`riyati-g’azallarida ijtimoiy, siyosiy hayotning muhim muammolari, o’sha davrdagi turli tabaqa vakillari haqidagi mulohazalar, go’zal axloqqa doir pand-nasihatlar ham qalamga olingan.
Alisher Navoiy g’azallarida ijtimoiy-siyosiy hayotning muhim muammolaridan bo’lmish jamiyatni boshqarish, boshqaruvchilarning qanday bo’lmog’i lozimligi haqida diqqatga sazovor mulohazalar bayon etilgan. Jumladan:
Yordin ayru ko’ngul mulkedurur sultoni yo’q,
Mulkkim, sultoni yo’q, jismedururkim joni yo’q.
Bu baytda asosiy diqqat ko’ngulning yordan ayrilmog’i mumkin emas, chunki ko’ngul mulkining joni-sultoni yordir, degan fikrga qaratilgan bo’lsa-da, ammo shoir bu fikrni kuchaytirish maqsadida uni ijtimoiy-siyosiy hayotdagi hodisa - mamlakatning sultonsiz (boshqaruv boshlig’i ma`nosida) bo’lishi mumkin emasligi, ya`ni sulton (boshqaruv boshlig’i) mamlakatning joni ekanligi bilan qiyoslaydi. Bu bilan Alisher Navoiy o’zining jamiyat va uning boshqaruvi (sulton, shoh) to’g’risidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ifoda etadi. Shuning bilan birga, boshqaruv boshlig’i - shoh, sultonning qanday fazilatlar sohibi bo’lmog’i lozimligiga ham e`tiborni qaratib, shunday yozadi:
Vasl ila qilg’il buzuq ko’nglum ilojinkim, qilur Shoh adl etmak bila vayronalar ta`mirini.

Download 51.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling