Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti kurs ishiga topshiriq
Download 13.28 Kb.
|
2. 3 Kurs ishiBaliqchilik,uning iqtisodiy ahamiyati - копия
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI KURS ISHIGA TOPSHIRIQ Talaba :Xusanova Dilafro'z ISHNING mavzusi: Baliqchilik uning iqtisodiy ahamiyati Kimyo yo’nalishi 211-21- guruh talabasi Xusanova Dilafro'z Mavzu:Baliqchilik uning iqtisodiy ahamiyati Reja 1.Baliqlar haqida umumiy ma'lumot 2.Baliqchilik 3.Baliqlarning inson hayotidagi ahamiyati 4.Baliqlarning iqtisodiy ahamiyati KIRISH Baliqlar (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Baliqlarning qadimgi ajdodlari lansetnikka oʻxshash sodda tuzilgan xordalilar boʻlgan. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo boʻlgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. Oʻlja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana borib yoʻl bilan baliqlar kelib chiqqan. Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, 109 tadan ortiq turi mavjud qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Baliq sezgi organlari ko'z, quloq, burun, mo'ylov va yon chiziqlardan iborat. Baliq uzoqni ko'rolmaydi. U bir metr uzoqlikdagi narsalarni ko'roladi. Ammo o'roqsimon o'simtaning qisqarishi tufayli u 12 metr uzoqlikdagi narsanini ham ko'ra oladi. Baliq eshitish organi ichki quloqdan iborat. Suv zich muhitda bo'lgani uchun baliq juda yaxshi eshitadi. U hatto qirg'oqdagi qadam tovushinini ham eshita oladi. Hamma hayvon sigari uning ham hid sezish qobiliyati kuchli. Ba'zi baliqlarda mo'ylov ham bor. Mo'ylov his tuyg'u vazifasini bajaradi. Yon chiziqlar nerv hujayralaridan iborat. Yon chiziqlar orqali oldindagi to'siqlarni, harakatlanayotgan o'ljan bemalol sezadi. Agar baliq ko'r bo'lib qolsa, yon chiziqlar orqali bemalol yasha oladi.Baliqchilik — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va boshqalar)ning biotexnikasini ishlab chiquvchi fan. Baliqchiliktabiiy suv havzalari baliqchiligiga va sunʼiy hovuz baliqchiligiga boʻlinadi. Baliqchilikda suv havzalarining meliorativ holati yaxshilanadi, baliq sunʼiy urchitiladi, baliqpar tuxum qoʻyadigan va yosh baliqchalar oʻsadigan joylarda tegishli sharoit yaratiladi; baliqlarning tuxum qoʻyadigan joylari tozalanadi, daryo toʻgʻonlariga baliq yoʻli yasaladi, sunʼiy tuxum qoʻyish joylari tayyorlanadi. Tabiiy suv havzalarida baliqlarni sunʼiy urchitish, ovlanadigan baliqlar miqdorini koʻpaytirish yoki ularni yangi zot baliqlar bilan almashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus baliq zavodlari quriladi. Baliq oʻstirish maqsadida suv omborlaridan foydalanish, boshqa zot baliqlarni mazkur joyga olib kelib iqlimlashtirish ham Baliqchilikning asosiy vazifasidir. Buning uchun suv omborlari baliq ovlashga xalaqit beradigan buta va maxsus oʻtlardan tozalanadi, yosh baliqchalarni koʻpaytirish uchun baliqchilik pitomnigi quriladi. Baliqlar maxsus hovuzlarda ham oʻstiriladi. Bunday hovuzlarda baliqni urchitish, boqishdan tortib uni isteʼmol qilinadigan darajaga yetkazguncha boʻlgan jarayonlar amalga oshiriladi. OʻzRning daryo va koʻllarida 106 turdagi baliqlar mavjud (zogʻora baliq, doʻngpeshona, sudak, okcha, tobonbaliq, ilonbosh, choʻrtan, laqqa baliq, qizilkoʻz va boshqalar). Oʻzbekistonda Baliqchilikni sanoat asosida rivojlantirish 1937-yildan boshlangan. Oʻsha yili Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida "Toshkent baliq chavoqlari xoʻjaligi" tashkil etildi. Keyinchalik bu xoʻjalik baliq chavoqlarini baliq xoʻjaliklari va tabiiy suv havzalari uchun ham yetkazib bera boshladi. 1946-yil Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi Kengashi huzurida Baliqchilik xoʻjaligi bosh boshqarmasi tashkil etildi. 1946-yildan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida baliq yetishtirishga moʻljallangan Damachi hovuz baliqchilik xoʻjaligi tashkil etildi va ish1960-yillargacha baliq mahsuloti asosan, Orol dengizi, dengiz yaqinidagi koʻllar va Sirdaryo hamda Amudaryodan ovlanar edi (yiliga oʻrtacha 25 — 28 ming t). Respublikada faqatgina karp baligʻi yetishtirilar va hovuzlardan olinadigan hosil 15 — 18 s.ga dan oshmas edi. 1961-yilda Xitoydan keltirib, iqlimlashtirilgan oʻsimlikxoʻr baliqlardan oq doʻngpeshona, oq amur, targʻil doʻngpeshona turlari bu yer sharoitiga tez moslashib, keyinchalik baliq yetishtirishning keskin rivojlanishiga zamin yaratdi. Hozirgi davrda respublika baliqchilik xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan baliqlarning 60— 70% oʻsimlikxoʻr. Oʻsimlikxoʻr oq amurdan kanal va kollektorlarni oʻtlardan tozalashda biologik meliorator sifatida foydalaniladi. Oʻsimlikxoʻr baliq turlari Sirdaryo va Amudaryoda ham tabiiy urchib, koʻpaymoqda (ayrim doʻngpeshona baliqlarning ogʻirligi 80 kg gacha boradi). Respublikadagi suv omborlari ham baliqchilikni rivojlantirishda maʼlum ahamiyatga ega. Har yili Toʻdakoʻl suv omboridan 500, Chimqoʻrgʻon va Jizzax suv omborlaridan 70—100 t gacha baliq ovlanadi. Hozirgi "Oʻzbaliq" korporatsiyasi tizimida 8 birlashma (Quyi Chirchiq "Baliqchi" tajriba-namunaviy baliqchilik birlashmasi, Moʻynoq, Xorazm va Jizzax baliqchilik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston baliqchilik xoʻjaliklari birlashmasi va boshqalar), 7 kombinat (Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Damachi va Navoiy baliqchilik kombinatlari), 10 baliqchilik xoʻjaligi: Andijon, Namangan, Fargʻona, Beshariq, Gulbogʻ (Namangan viloyati), Yangiyer (Sirdaryo viloyati), Kogon (Buxoro viloyati), Forish (Jizzax viloyati), Uzun (Surxondaryo viloyati) xoʻjaliklari, shuningdek Toshkent xonbaliq (Boʻstonliq tumani) xoʻjaligi, Xorazm viloyatida Toʻrtkoʻl fermer xoʻjaligi, baliq chavoqpari yetishtirish davlat xoʻjaligi (Yangiyoʻl), Ixtiopatologiya markazi (Toshkent), Chinoz baliq omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, ulgurji savdo omborxonalari va boshqa bor (1999). OʻzRda umumiy maydoni 12 ming ga boʻlgan sunʼiy koʻl va hovuzlarda 22 ming t. tovar baliq mahsulotlari yetishtirish imkoniyatlari bor. Yetishtiriladigan baliq turlarini koʻpaytirish, sharoitga mos turlarini olib kelib, iqlimlashtirishda "Oʻzbaliq" korporatsiyasining Suv havzalari jonivorlarini oʻrganish instituti ("Akvakultura") xoʻjaliklarga yaqindan yordam beradi(yana q. Baliqlar)ga tushirildi.Baliqlarni planetamiz bo’yicha iqtisodiy ahamiyati nihoyatda katta. Hayvonlardan olinadigan jamiki mahsulotlarning 17 %i baliqlarga to’ri keladi. Baliqlardan oziq ovqat maxsulotlaridan tashqari ular qoldiqlardan hayvonlarga berish uchun “baliq uni” tayyorlanadi. Ko’pgina turlari jigaridan (treskasimonlar, akulalar) shifobaxsh va texnik baliq yoi olinadi. Tangalaridan sun’iy sadaf olinadi. Akulalar, skatlar, som, beluga, ketalar terisi teri-galenteriya sanoati uchun qimmatli hom ashyo hisoblanadi. Baliqlardan olinadigan ikra eng to’yimli ozuqa xisoblanadi.Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste'mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi. O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go‘shtini ko‘p yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqdan ko‘plab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur bo‘lgan Omega - 3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega. Shuningdek, baliqni iste'mol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda hisoblanadi: yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmotoid artritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda, erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, jigar uchun foydali hisoblanadi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to‘kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Odatda, daryo balig‘ini qovurib iste'mol qilamiz. Ammo bunda yurak va tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko‘rinishda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo‘shib qaynatma sho‘rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga o‘rganing. Ammo qovurma baliqqa ko‘ngil ketaversa, zaytun moyida yengil qovurib, dimlab qo‘ygan ma'qul, vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon bo‘ladi. Baliq olayotganingizda avvalo uni tanlay bilish lozim, yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda bo‘ladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib ko‘ring, ezganda xuddi rezinka singari o‘z holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, o‘tkir hidli, go‘shti yashil yoki sarg‘ish bo‘lsa, yaqinlashmang. Sovutgichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin. Baliqning go‘shtidan tashqari uning moyi ham organizm uchun koni foyda hisoblanadi. Baliq moyidagi D vitamini organizmga kalsiy va fosforning o‘zlashishini faollashtiradi. D vitaminisiz kalsiyga boy mahsulotlar ham foydasiz bo‘ladi. Ayniqsa, qish mavsumida. Chunki D vitamini quyosh nuri ta'sirida organizmga sintezlashadi. Bundan tashqari, D vitamini asab sistemasini tinchlantiradi va tutqanoq tutib qolishidan asraydi. 5.Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% gacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho oziqa mahsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari vitamin, baliq yogi va boshqa maxsulotlar olinadi. Ovlanadigan baliqlarning 90% ga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Тinch okeanidan 40%, Atlantika okeanidan 45%, Hind okeanidan 10% va Shimoliy muz okeanidan 5% baliq tutiladi. Rossiya baliqchilik sanoati yuqori taraqqiy etgan mamlakat hisoblanadi. MDHning suv havzalarida 1000 tur baliq yashasa, shundan 150 turi ovlanadi. Bizda eng muhim ovlanadigan baliqlar — seldlar, zogora baliqlar, treskalar, lososlar, osetrlar, sudak va hamsadir. Hozirgi vaqtda Rossiyada faol ov, ya’ni yil bo’yi tutish keng rivojlangan. Buning natijasida baliqchilik korxonalariga baliq uzluksiz kelib turadi. Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini ko’paytirish uchun davlatimiz bir qancha choralarni ko’rmoqda: 1. Baliqlarning ko’payish joylarini ximioya qilish. 2. Suv havzalarini ortiqcha loy va suv o’simliklaridan tozalab turish. 3. Daryo, ko’l va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqova suvlardan, neft quyilishidan qo’riqlash. 4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 avgustdagi «Baliqchilik tarmogida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’grisida» gi № 350 va 2004 yil 28 oktabrdagi «Biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish hamda olib kirish ustidan nazoratni kuchaytirish to’grisida»gi № 508 sonli qarorlari O’zbekistonda baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlarining biridir. Oxirgi yillarda O’zbekistonning suv havzalarida Amur daryosidan amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda bir qancha baliqchilik xo’jaliklarida zogora baliq, laqqa baliq, kumushtovon, sharq oqchasi, okhayroq (jyerex), qizilko’z (plotva), ilonbosh, sla (sudak), cho’rtan baliq va boshqalar ovlaniladi. O’zbekiston “Qizil kitobi” ga respublikamiz suv havzalarida uchraydigan 84 tur (kenja tur) dan 18 tur mahalliy bakiqlarimiz kiritilgan. Ular togrisidagi malumotlar 1-jadvalda oz ifodasini topgan. Download 13.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling