Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 155
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy «Siz Xo‘qand ulamoyi kiromlarining Musulmonqul xunxo‘rlig‘idan faryodga kelib va shari’ati mustafoni orag‘a vosita qilib yozg‘an maxfiy xatlarini oldiq. Biz Toshkand ulamo va ashrofidin domla Solihbek oxund, mulla Yusufbek hoji, sarkardalardin Qosim va Niyoz qushbegilar, Karimqul va Muhammadrajab qo‘rboshi ham Qambar sharbatdorlar bir orag‘a o‘lturishib voqi’an Musulmonqulning zulm va taaddasi Xo‘qand fuqarosi va ayni zamonda bo‘lak shahar va qishloq, kent aholisi ustiga ham bag‘oyat oshib borg‘anlig‘ini muzokara va mukolama qilishdiq. Biz faqirlari ham Musulmonqul harakati behudasini shari’atga xilof, yurt va el uchun muzir, xalo-yiqning osoyish va umr guzaronlig‘i vajhiga xalaldir deb bildik. Bul ma’niga ul tojdor amiralmo‘’minin muvofaqat ko‘rsatsalar ul beparhez g‘osibi taxtu saltanatning haydalmog‘i behroqdir va yana Toshkand mardumlari bul to‘g‘rida haqiqat tomonida sobit qadam bo‘lmoqqa til berishurmiz. Basharti siz kiromlar ul beparhez zolimning mingboshiliq vazifasidin tard etishka azdilu jon bel bog‘lag‘an bo‘lsalaringiz, biz faqirlarning aqli qosirimizg‘a bir andisha keladir. Andog‘ki, Toshkand Xo‘qand hukumatidin yuz o‘girgan bo‘lib xudnafsiga0 mustaqillik e’lon qilsin. Bu taqdirda itoatdin bosh to‘lg‘ag‘an Toshkand ustiga albatta Musulmonqul zolim qo‘shin tortar. Ushbu qo‘shin orasig‘a siz kiromlar o‘z odamlaringizni ko‘broq kirguzishka ko‘shish qilib va yana janobi tojdor ham birga kelsinlar. Qo‘shin Toshkandga yetkan ba’dida bizlar tashqaridin va sizlar ichkaridin bo‘lib Musulmonqulni oradin ko‘targaymiz. Bul maslahat faqirlarning aqli qosirlarimizg‘a ko‘b tafakkurlar ba’dida kelib, yana ra’yi savob o‘zlarida bo‘lg‘ay. Ammo bul taqdirda qon to‘kilmasdin muddao husulg‘a kelurmu deb o‘ylaymiz. Boz maxfiy qol-mag‘aykim, Toshkand begi bo‘lg‘an zot borasida andisha lozim ermas, zero ul odam fuqaroning osoyishi yo‘lida jonbozliq qilg‘uchi kishidir. Bizlar limaslahatan nima desak, ul bo‘yin to‘lg‘amas. Inshoolloh, bu andishamiz kiromlarga ma’qul tushkan taqdirda janobi tojdorning hamray’larini olmoq va imkoni bo‘lsa ul janobning ismi shariflaridin bizlarga pisandnoma yozmoq marjudir. Toki bizlar ishonch birlan muddaog‘a shuru’ qilayliq». Bu xat Xudoyorning qo‘lig‘a tekkandan keyin xatda ko‘rsatilgan tadbirni juda ma’qul topdi va tezlikda o‘z ismidan tashakkur va pisandnoma yo‘lladi. Ijobatni olg‘andan so‘ng yuqorida mazkur Toshkand ashroflari bir majlis qurib o‘lturishka Normuhammad qushbegi (Toshkand hokimi)ni ham chaqirdilar. Majlisda xondan va ulamodan oling‘an murojaatnomani o‘qub Normuhammad qushbegiga eshitdirdilar. Majliska yig‘il-g‘anlardan Yusufbek hoji va domla Solihbek oxundlar qushbegining pir, deb inobat qilg‘an odamlari bo‘lg‘anlari uchun elning osoyishi va mamlakatning obodlig‘i nomiga bu taklifni, ya’ni Qo‘qong‘a qarshi isyon etkan bo‘lib turishni ul o‘z bo‘ynig‘a oldi. Bundan onglashiladirkim, Normuhammad qushbegi ham o‘zi-ning valine’mati bo‘lg‘an Musulmonqulning tutkan siyosatini yurt manfaatiga xilof deb bilibdir. Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qo‘qondan bosh toblab o‘z oldig‘a mustaqil hukumat e’lon qilg‘an bo‘ldi va Yusufbek hojilarning o‘ylag‘an tadbirlari ayni kutkan natijalarni bera boshladi. Itoatdan bosh tortqan Toshkandga qarshi Musulmonqulning tepa sochi tik turib, adab berish niyatida safar jabdug‘ini tuzdi. Toshkandga qarshi ayniqsa g‘azablangan bo‘lib ko‘rin-guchi Xudoyor ham bu safarning tadorikini barobar ko‘rishdi va Musulmonqul bilan birlikda Toshkand ustiga chiqdilar. Yo‘l ustida ham Toshkand bilan yashirincha so‘z olishib, xatti-harakat chizishib turishdilar. Musulmonqul ilg‘ori Chirchiq bo‘yiga kelib yetkanda, qushbegi boshluq Toshkand yigitlari ham suvning berigi yuzida yov kutib turg‘an edilar. Tush chog‘ida ikki yov bir-birlarig‘a qarshi kelishdilar. Qo‘qonliqlar dam bermayino Toshkand qo‘shuni miltiqlarg‘a o‘t berdi. Musulmonqul kutmagan joyda qo‘shunidan bir durkumi o‘z ustiga hujum boshlab va bir firqasi Toshkand yigitlari tomoniga qochib o‘tdi. Musulmonqulning o‘z yigitlari (qipchoqlar) sarosimalikda qolib, Musulmonqulning mudofaasini-da va |
ma'muriyatiga murojaat qiling